UzPoster
4 avgust 2023

Bosh vazirni katapulta qiladigan matbuot bormi?

MS: Ina damni olib, yengni chizg‘ab yana isha tushdi. Puling bo‘sa qanorda, dam olasan kanarda.

RT: Qaerda dam olish emas, qanday dam olish muhim. Eng muhimi yaxshi dam oldik.

MS: Yaxshi dam mehnatga hamdam. Og‘a siz dam olib durg‘on vohtingizda milisala boqchadagi yosh bollara aql o‘rgatib va'z o‘qidi.

RT: Bog‘cha bolalari uchun Ichki ishlar xodimlari tomonidan ma'ruzani uyushtirgan Toshkentning Uchtepa tumanidagi bog‘cha mudirasi va uslubchisi jazolandi.

MS: Axmaqla, yog‘ochkallala. IIB xodiymlarini kallasi kadi. bolalani kulinnan ushlab yo‘l qoidalarini tushuntirmiysizlami unnan go‘ra. Duzog‘o, ina amerikada amerikan driym degan vaj vo. O‘zbekistonda kimni nichik orzusi bo?

RT: Uchuvchining orzusi bitta. U ham bo‘lsa balandlik. O‘zbekistondagi pirduxtorlar orzusi esa chet do‘latdagi oltin aravasi bor shaxzodaga erga tegvolish. Ikki xaftadan keyin qaytib obkebtashasayam yor-yor aytib ota uyini tark etishdan kattaroq orzu hali o‘ylab chiqilmagan.

MS: Chet Eldamas , O‘zbekistonni ichindam o‘ynosha borishni toza uslugi chiqqonina 10 yildan oshdi. Yosama guyav ko‘chadan apgalinadi. 200 dollar atropinda. Guyav bo‘lib galinni uyinnan olib chiqodi. Gechda restoranda banket uyushtiriladi yasama giyav bilan. Oqshom o‘ynashni qo‘ynina giradi. Ikki uchisi tuyina taklif atgan, bormag‘anman. Biri viloyat adliyasinda ishlar adi, galinlaram ovrayli idorada ishliydi, jashab jatibdi qurmag‘iy bolagordonla.

+++

RT: Matchonboy, sen savol ber yaxshisi. Seni savollaring qiziq!

MS:  Bobolov Oqqo‘rg‘on hokimi bo‘lib, go‘tarildimi yo pastladimi?

RT: Buni tramplin deb aytsak bo‘ladi. Ëki kamon o‘qi otilishidan oldin, orqaga tortilganday gap.

MS: Garakli gashir akan bu Bobolo‘p. Sattoriy dayan bloggerni qamotqon odammi bi. Duz og‘a, yana bir savol. Bloger dayanni pul olib shantaj qilsa opporip qomob duribtilar. Bula shantaj qilib pul olmasa ochdan o‘ladiqu. Qo‘linnan bir ish galmasa. Hammani pil olosi galadi. Siz omog‘onmisiz?

RT: Ey piypl. Men Urganchda ALC telekompaniyasida ishlaganman. Birovni shantaj qilmadik. Palon pul ber demadik. Uy sotish e'loni¸ to‘yu tomosha reklamasi va tabriklardan kelgan puldan oylik oldik. Boshimiz tik, ko‘nglimiz xotirjam edi. Prokuratura, SNB bizni olti oy tekshirib, yarim tiyin kamomad topa olmadi. Buni Tursunxon aka biladi. Bu aka o‘sha paytda Xorazm IIB boshlig‘i edi. Birimiz jurnalistika, birimiz rassomlik, yana birimiz diplomatiyani tugatgan savodli yurt oydinlari edik. Shantaj bizga yarashmasdi. Ammo vaqt o‘tib, butun O‘zbekiston jurnalistikasi «pulga masala ko‘taradig‘on» savodsiz to‘nkalar qo‘liga o‘tdi. Bu to‘nkalarni tanqid qildik¸ la'natladik, so‘kdik. Chunki bunga haqqimiz bor edi. Karimov davrida 5 yil mustaqil televidenie ochib el dardini aytganmiz. Yeb qo‘ygan jayimiz yo‘q. Ammo hech kim tushunmadi. Bu avom bor pulini o‘sha balogir degan shantajchilar oldiga obkeb tashadi. Mana so‘nggi olti oyda bu g‘urbatillolar birin-ketin zindonband qilindi. Avom esa, bu to‘nkalardan qahramon yasab o‘tiribdi. Mana bu matnni 3 yil oldin yozganman. 2020 yilning yanvar oyida. Bu o‘ziga xos qizil karta edi. Ammo maydondagi ovsar balogirlar hech narsani tushunmadi.

MS: Og‘o nishatish garak. Buni yo‘l izi bormi?

RT: Matchonboy aslida Britaniyadagi kabi pablik media kerak bizga. Bu media reklama qo‘yib odamni zada qilmasligi uchun Bi Bi Si solig‘i degan soliq bor.

MS: Bi Bi Si nalo‘gi kimlara solinadi?

RT: Britaniya podshoxligida yashaydurg‘on mardum hatto ikki ko‘zi ko‘r bo‘lsa ham, Bi Bi Si solig‘ini to‘laydi. Agar uyingizdagi televizor, kompyuter yoki qo‘lingizdagi tilpon ekrani tsvetno‘y bo‘lsa siz yiliga 159 funt to‘laysiz. Mabodo uyingizdagi yagona olat oq-qora bo‘lsa, 53, 50 funt chig‘orip berasiz. Qoida televizor, nastolnыy yoki portativnыy kompyuter, mobil telefon, planshet yoki telepristavkalar uchun ham bir xil. Xullas, dazmolingiz radioga ulangan bo‘lsa ham to‘laysiz. Ko‘rlar bu summaning yarmini to‘laydi.

YouTub, netfliks¸  Amazon, Prime Video yoki sehrgarning tosh oynasida ko‘rsangiz ham baribir to‘laysiz.

To‘lamaganlarni obchiqib istolbaga osishadi. Osishmasayam kelgan jarima summasini ko‘rib o‘zingizni o‘zingiz osasiz. (uksus ichasizmi, pozddi tayiga tashaysizmi, tanlov sizdiki)

2019 yili 122 ming mahkama 114 ming qaror chiqarib Bi Bi Si nalo‘qini to‘lamagan mardumdi jazoladi.

MS: Naya garak bu nalo‘q?

RT: Soliqdan tushkan pul Bi-bi-si televideniesi, radiosi, veb-saytlari¸ podkast va  iPlayerdagi prilojeniyalarga sarf bo‘ladi.

Mardum to‘lagan 159 funtdan  77 funti televideniyaga, 28 funti  radioga, taxminan  15 funt –  vebsaytlarga ketadi. Qolgan 8,5 funt soliq yig‘ish va nalo‘qdan qochganlarni ov qilishga sarp bo‘ladi.

2019 yili 3 milliard 700 million funt soliq yig‘ildi.

MS: Nishatdila bu pulni?

RT: Bu pulga Bi-bi-si xalq uchun pablik yoyin qiberadi. Bosh vazir va boshqa vazirlarni ur to‘qmoq qiladi. Davlat pulidan tramvayga bilet yoki to‘tisiga yem olgan deputatlarni ishtonini tushirib ketiga hiyor tiqadi. Annaqsa, hiyor bu bodringdi kattasi.

MS: Go‘ttina gashir diqadi akandon. Vula go‘ttim og‘ridi dap vog‘irdi atmimi?

RT: Ko‘ti og‘rigan vazirlar yoki parlament matbuotga bosim qilmasligini ta'minlash uchun Qirolicha raxmalli injilga qo‘l qo‘yib, qasamdi ichib ketgan. Undan tashqari qirolicha maxsus xartiya chiqarib Bi Bi Sini asrayman deb ketkan. Xozir qirol qarab turibdi.  Bir vaqtlar Tetcher xola Bi Bi Sini tishlamoqchi bo‘lganida tishi singan edi. Xozir Tetcher go‘rda. Bi Bi Si esa (o‘zbek xizmati emas) gullab yashnab yotibdi.

Qirolicha xartiyasiga ko‘ra, Bi Bi Si elni uchta narsa bilan ta'minlashi kerak.

1. Informatsiya bilan. Mabodo Bosh vazir Shovvozsoyda qasr qursa yoki kuyoviga eshik abersa buni xalq Bi Bi Sidan bilishi kerak.

2. Xalqni tarbiyalashi kerak. Har xil aqlli ko‘rsatuvlar qilib xalqni mol bo‘lib ketishini oldini olishi kerak.

3. Xalqdi ko‘nglini ko‘tarishi kerak. Kansert pansert deganday.

Britaniya podshohligi mardumlari puldi to‘lab qo‘yib «davay haqiqatdi gapir» deyishadi va Bi Bi Si haqiqatni gapiradi.

Hech qanaqa soqoltoy balogirga o‘limlik pulini oborib berib, «ashi pulga muammomni yoritib ber» deyilmaydi.

Britaniya mardumlari o‘z armiyasini qanday boqsa, matbuotini ham ashnaqa to‘ydirib qo‘yibdi.

«O‘zini armiyasini boqolmagan xalq birovning armiyasini boqadi» Bu aqlli gapni yana boshqacha aytsak ham bo‘ladi. O‘z matbuoti kishanlangan  xalq boshqa birovning matbuotini o‘qiydi. Mana masalan Toshkentda yashaydigan sharafli jurnalist Aleksey Volosevichning maqolasini 404 qilishibdi. (Ëshligimda yomon bollar men uchirgan varrakni rogatkadan tosh otib urib tushirishardi. 404 degani shu) Bu haqda aqlli o‘zbek xalqi allaqachon maqol to‘qigan.

Oyni etagi bilan to‘sish deyiladi bu. Bu maqol yozilgan paytda kambag‘allik bo‘lgani uchun qashshoqlar ichki ishton  ekonom bo‘lsin, baribir etak tagida ko‘rinmaydi deb ishtonsiz yurishgan masalan yozdi kunida. Etagini ko‘tarib oyni to‘smoqchi bo‘lgan odamning ko‘ti ko‘rinib qolgan.  (ba'zan ko‘ti, ba'zan oldi. Qag‘dan qorashga bog‘liq bu).

Xullas Alekseyning maqolasini kim 404 qilgan bo‘lsa uning ko‘tini hamma ko‘rib bo‘ldi. «biravdi armiyasini baqishlik» haqidagi matalning yana bir varianti. O‘zining rahbarini tanqid qila olmagan el biravdi yoshullisini elashtiradi. Shunaqa, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. 36 million elakdi qaag‘dan olasiz. Bo‘libam internet zamonida. Maqolalarning 404 bo‘lishidan eng avvalo o‘sha rahbar aziyat chekadi.

Navoiy birat aytuvdilarku. Agar sen gazeta o‘qib ogox bo‘lmasang shoxliging tagiga suv ketadi deb. Shunaqa degandilarmi Navoiy bobomiz? Nima devdilara???

(Reklama)

Raxmalli Islom Karimovni ashnaqa qib qo‘yishuvdi. Ya'ni xabarlardan uzib qo‘yishgandi. Mayli o‘lganlar haqida gapirmaylik. Go‘rida ters ontarilib, Samarqand obidalariga zarar parar yetkazib yurmasin.

Volfram

Bir voxtlar Portugaliyada ham ashnaqa rahbar o‘tgan. Nemisni urushi paytida o‘z davlatini neytral deb e'lon qilganu, ammo urishayotgan har ikkala taraf bilan birma bir uchrashganda «aslida sen tarapman» deb volframni sotavergan. Volfram bu lampochkaning ichidagi prujina yasaladigan, urishga zaril metall. Portugaliyada tagi mo‘l bo‘lgan. Ashi raxmallini ati Salazar edi. Majlislarda korruptsionerlarni kalamush deb aytib, yomon so‘kib qo‘yardi, go‘ring nurga to‘lgur.

Ammo 1968 yili endi stulga o‘tiraman deganda ontarilib tushib miyasi lat yedi. Ërdamchisi atay stulni tortib qo‘ygan ham deyishadi. Shundan keyin Salazarning yonidagi mo‘ylovli vazir hukumatni o‘z qo‘liga olib haqiqiy prezidentni izolyatsiya qilib qo‘ydi. Ammo barcha vazirlar ochered bilan Salazarning oldiga kirib o‘z ishlari haqida rahbarga «doklad» qilib turishdi. Bu bir teatr edi. Salazar uchun bir nusxadan iborat gazeta nashr qilinardi har kuni. Bu gazeta «Yangi Portugaliya degan jannatdan daraklar» deb nomlangan. Har kuni Salazar ertalab bu gazetani o‘qib dunyo va o‘z yurtida bo‘lgan voqealardan «xabardor» bo‘lgan. Negadir mo‘ylovli vazir Amerika asronavti Armstronning oyga qo‘ngani haqidagi xabarni ham Salazar bilishini istamagan. Pol yuvadirg‘on xotinning ketini shappatlab «oy kabi yuzing bor» dep podxod qilarkan Salazar raxmalli.

(Oy Portugal tilida luna va ayni paytda qizlarga komlpiment sifatida ishlatiladi) Shunda farrosh xotin men oy bo‘lsam, siz astronavt  Armstrong kabi ustimga qo‘nib «aqqa baqqa yurourasmi» degan. (askiyani iti) Salazar mo‘ylovli vazirni chaqirib AQSh astronavtlari oyga qo‘nganini nega «Yangi Portugaliya» matbuoti yozmadi deb tergagan.

1970 yili Salazar o‘ldi. Ko‘p savol beravergani uchun bo‘g‘ib o‘ldirildi degan asossiz gaplar ham yuradi. Birovlar esa Salazarga ataylab dori berishmay qo‘yishgan. Dori yetishmovchiligidan o‘ldi deyishadi. Menga qolsa Salazar axborot tanqisligidan o‘ldi.

MS: Endi siza bir  sovol. Bizaram matbuot nalo‘qi to‘lasak navo‘ladi?

RT: O‘zbekiston o‘z mustaqil matbuotiga ega bo‘ladi. Xo‘janiyoz xoji otaning kolbasasini soatda sakson reklama qilmaydigan, Bosh Vazir Abdulla Oripovni tanqid qiladigan matbuot.

MS: Otomni yoninda bo‘ladi, og‘o. Baloni ballikam bo‘miydi. Bu xolq podxolim bo‘lib galdi, podxolim bo‘lib getadi. Ina shantajchi aperist blogerla pochkalab qomolib yotibdi. Qomoqom do‘lip getdi. Shulara yordom barish yo‘lini atmiysizmi og‘o. Bo‘ji bo‘jiga bo‘o‘o‘ dayannin.

RT: Birov qamalsa (odam o‘ldiribmi, tuhmat yoki terrorizmni propaganda qilibmi¸ o‘limga chorlovchi nashid tarqatibmi, parqi yo‘q) uni qamag‘dan olib chiqish uchun qimmat advokatga pul sarplash kerak emas. Bo‘libam O‘zbekistonda. Uni obchiqish uchun akterlik (xalq orasida lo‘lilik deyiladi) maxorati bor  ena (ona, aya, buvi, oyi, mamochka) lozim. Shu «mamochka» yerlarga og‘onab yig‘lab dodlab «bachamdi gunoyi yo‘o‘o‘q» deb izillab bersa va buni videoga olib tarmoqqa qo‘ysangiz ishning yarmi bitdi xisob.

Qamag‘dagilardan becharashka yasashga ixtisoslashgan nashrlar bu videoni qo‘lma qo‘l qilib tarqatib tashaydi. Xatto bibisi va ozodlik ham «onaning ko‘z yoshlari» degan ro‘montik sarlavha qo‘yib «maqola» qiladi. Ammo bitta «og‘onab dodlash» bilan ish bitmaydi. Har safar appelyatsiya paytda turli ishonarli qilib¸ ichida monologlar bilan qo‘shib chatib emotsiya dozasini ko‘tarib turish kerak. Bo‘masa publika ishonmay qoladi. «Prezidentga yalinma» deyilgani juda original chiquvdi. O‘zbekistonda sudga ta'sir qilishning yagona yo‘li shu.

Lekin hamma «mamochkalar»da ham akterlik mahorati yo‘q. Yana konyunktura degan narsa (publikaga o‘ynash)ni  bilishmaydi. Segmentdan kelib chiqib, «lo‘lilik qilish» kontentidagi aktsentlarni qaerga qo‘yish, kerak bo‘lsa odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish uchun malaka lozim. Shu extiyojdan kelib chiqib, Qo‘qon shahrida «balasi qamalgan onalar uchun  pullik mahorat maktabi» ish boshladi. (Teatrga ilk asos solingan joy ham Qo‘qon ekanligini unutmang) Bu maktabda ikki xafta o‘qisangiz to‘lagan pulingizga achinmaysiz. Qolaversa advokatga ketadigan puldan ekonom qilasiz. Huquqbuzar, bezori, xuligan, terrorchi, bo‘bik so‘bik, qotil va pedofillarning enalari shoshiling! Kursimizda «jaylar soni sanog‘li». Elimizda «yig‘lamagan bolaga emchak yo‘q» degan maqol bor. Shu maqolni «Yig‘lamagan enaning bolasi qamag‘dan chig‘maydi» deb o‘zgartirib kurs sloganiga aylantirdik.

MS: Og‘o, sho‘rda durib, alni ochip, uring potyani!

Assalom O‘zbekiston – Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
4 mart 2020
Milliylik bilan assotsiatsiya uyg‘otadigan yana bir atribut — paxta guli tushirilgan choynak-piyola. Bu choynak-piyola dizayni o‘tgan asrning 60-yillarida ishlab ...
14 dekabr 2020
Vazifasidan vaqtincha chetlatilgan Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov ijtimoiy mediada chiqish qilib, bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevni korruptsiyada aybladi. Bosh ...
10 dekabr 2020
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning kichik zalida 18 yil davomida taqiqda bo‘lgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” filmining taqdimoti kamtarona va odmi ...
13 may 2023
Turkiyaning Yalova (Yalova) shahar savdo-tijorat va sanoat palatasi o‘zbek shoiri va siyosatchisi Muhammad Solihni «turk dunyosini birlashtirish uchun qo‘shgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...