Navoiy zamhokimi muhtoj qolib boyga yordam berdi
Eltuzning Navoiydagi mobil muxbiriga ko‘ra, videodagi ayol Navoiy shahar «Umid» MFY, I.Karimov ko‘chasi 88a-uy, 54-xonadonda yashovchi Axmad-Oxunova Gulnora Haqberdievna bo‘ladi.
U o‘ziga to‘q, sharoiti yaxshi bo‘lsa-da, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan doimiy ravishda moddiy yordam olib keladi.
Chunki, mobil muxbirimizning aytishicha, Gulnora Haqberdievna Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari Malika Mamadiyorovaning yaqin dugonasidir.
Malika Tojievnaning aralashuvi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslarga yordam berish maqsadida tuzilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi Gulnora Oxunovaga yordam berib kelmoqda.
Yo‘qsil fuqarolarga 300-500 ming so‘m mablag‘ ajratilayotgan bir paytda, tanish bilishi bor fuqarolarga millionlab mablag‘lar muammosiz ajratilmoqda ekan.
Eltuz.com