AQSh politsiyasi o‘zbek pedofilini ushladi
Pittsburgda istiqomat qilib kelgan o‘zbekistonlik Maqsudjon Qosimov ijtimoiy tarmoqda FBR va Kranberi politsiyachilari tarafidan ochilgan soxta 15 yoshli qiz sahifasiga kirib, unga shahvoniy videolar yo‘llagan va yaqinlik taklif qilgan. Shundan so‘ng (go‘yoki) rozi bo‘lgan qiz bilan uning uyida uchrashish niyatida bir necha kilometr narida joylashgan Kranberi shahriga ketayotganida qo‘lga olingan.
O‘zbekiston vatandoshi shu tariqa pedofil jinoyatchilarni aniqlash va hibsga olish uchun atay uyushtirilgan “tadbir” to‘riga tushgan.
15 yoshli qiz bilan yaqinlik orzusi uni qamoqqa olib borgan… Maqsudjon maqsadiga yetdi. Mahalliy matbuotga ko‘ra, bu 23 yashar yigit shahvoniy suratlarni yosh qizaloqlarga ham jo‘natgani tekshirilmoqda.
Ayrim vatandoshlarning AQShda o‘zini juda ham xunuk tutayotgani haqida gapirganimizda, albatta, bir qator e'tirozlar bo‘ldi. Kimdir bizni yangi kelayotgan vatandoshlarga nisbatan adovatda, kimdir musulmonchilikka to‘g‘ri kelmas harakatlarda aybladi.
Mana sizga oqibat. Hech shubhasiz, bu yigitning kelajagi (Amerikadagisi) juda ayanchli. Unga nisbatan olg‘a surilayotgan ayblov AQShda juda ham qat'iy choralar ko‘rilishini nazarda tutadi.
Yigitni ma'lum muddat qamoq jazosi va undan keyin shubhasiz deportatsiya kutyapti. Zero uni AQSh jamiyati uchun o‘ta xavfli deb topishlari aniq.