UzPoster
18 avgust 2023

Sardor ketdi! Kimga aza – kimga maza? – RTdan va'z

Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham!

MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar bo‘lib turibmi oxir?

RT: Matchonboy, sen jonajon o‘zbekistonimizda xafta ichida nima ishlar bo‘lganini mendan so‘ra. Koshki bilmasaydim, bilganim qursin!

MS: Og‘o qisqosinnon qoyting. O‘lgan qotqonlrdan oyting.

Osmon musappa nyus

Olmaliq. 48 yosh o‘zbek erkak 56 yoshli o‘zbek erkakni so‘yib tashadi. Biri go‘rda¸ biri qamag‘da.

Farg‘onada 10-sinf o‘quvchisi o‘zini  arqon bilan osib o‘ldirdi.

Andijonda Farg‘ona kanaliga cho‘milish uchun borgan 20 yoshli yigit cho‘kib o‘ldi.

Surxondaryoda «Farg‘ona azot» AJning omborxonasi yonib kul bo‘ldi.

Qo‘yliq bozorida skuter xaydovchisi  milisaning beliga otvyortka tiqib oldi.

Toshkentda ichida yo‘lovchilari bor avtobus katta tezlikda stolbaga urildi.

Jizzaxda bog‘cha direktori pichoqlanib o‘ldirildi.

Navoiyda  bolasini 90 mln so‘mga sotgan ona ushlandi.

MS: Quri o‘lgan qotqonnan so‘llisiz. Shumxovor hammasi. Neujeli yaxshiroq xovor yo‘q.

RT: Bor shunday yaxshi xabar. Masalan, Benzin narxi yana oshdi

AI-92 narxi yana 600 so‘mga oshirilib bir litri uchun 9200 so‘m bo‘ldi

MS: Benzin qimmatlog‘oni zaprapkachila uchun yaxshi xabar bo‘lsa garak. Man baribir gozda yuraman. Indi og‘o sizam goza mining. Uzunroq xabar ayting.

2001-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan To‘xtaev Muxammadali Rustam o‘g‘li, Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining ta'siriga tushganligi, hamda aylanma yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib, ushbu tashkilot safiga qo‘shilganligi, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotganligi aniqlandi.

MS: Ibi boxtim tiyrdin qoro

Masjidda o‘g‘irlik

Istanbul aeroportida masjidda uxlayotgan yo‘lovchilarning pullarini o‘g‘irlagan O‘zbekiston fuqarosi B. Mahmudov va uning dugonasi politsiya xodimlari tomonidan aeroportda qo‘lga olindi. 

MS: Tochno o‘zbekmi. Lekin, man bilgan o‘zbek o‘g‘illiq atmiydi. O‘zi novvi bo‘lvadi?

RT: Turkiyaning Istanbul xalqaro aeroporti namozxonasida o‘zbekistonlik erkak machitda uxlayotgan  odamning pulini o‘mardi. O‘g‘irlik aeroport  kuzatuv kameralariga yozilib qoldi. Machitdagi o‘zbek o‘g‘risi haqidagi video Turkiya matbuotida yoritildi.

Bu isnodli voqea joriy yilning 4 avgust kuni sodir bo‘ldi.

Shu kuni o‘zbekistonlik rijol B.Maxmudov va uning dugonasi terminaldagi masjidga kirdi. Ayni shu vaqtda masjidda bir necha kishi uxlab yotgan edi. Maxmudov uxlayotgan erkaklardan birining sumkasini olib, uni do‘stining yoniga olib bordi va sumkadagi pullarni cho‘ntagiga solib, sumkani yana uxlayotgan kishining boshi tomonga qo‘yib qaytdi. Shu tariqa u o‘margan pullarini masjid tahoratxonasiga kirib, sanab chiqdi. Enasi aytgan unga, yerdan topsang ham sanab ol, bolam deb. Bularning hammasi kuzatuv kamerasi xotirasiga yozildi.

MS: Oxir zomon bo‘lib, bulani navchun yer yutmiydi og‘o?

RT: Masjidda o‘g‘irlik qilish o‘zbeklar sevgan ermak.

Joriy yilning 3 mart kuni Xo‘jaobod “Jome masjidi”ga kirib ketgan xo‘jaoobodlikning narxi 1.500.000 so‘mga teng bo‘lgan “BIKETRAGON” veligini buloqboshilik o‘g‘ri o‘marib ketuvdi. Joriy yilning  fevralida esa, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi masjidda o‘zganing kiyimidan 9 million so‘m pul o‘g‘irlagan rijol qamoqqa olingandi.

Hayyom bovomiz aytganidek «Machitga borardim joynamoz va kavush o‘marish uchun»

Saodat asridayam Payg‘ambar ko‘z o‘ngida nomozxonlarni o‘marganlar bo‘lgan. Shulardan biri o‘z xassasiga mix qoqib, ilgak qilib olgandi. Nomozxonlarning kiyimini o‘g‘irlardi. Agar qo‘lga tushsa xassamdi mixiga ilakishib qopti. Uzr aka, deb qaytarib berardi.

MS: Davom atavering asirtirib og‘o. Lekin shu xovorlani damir yo‘lni izina soling.

Eng zaif temir yo‘l

2023 yil 6 iyul kuni  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raxbar xodimi qamaldi.

2023 yilning 12 iyulida prezident Mirziyoev «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi Husnutdin Xosilovni¸ korruptsiya¸ byudjet mablag‘ini o‘marish va  faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan oldi.

2023 yil 13 iyulida Zufar Narzullaev «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2023 yilning 12 avgust kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qurayotgan yo‘l o‘tkazgichning  uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalari qulab tushdi va davlatga  2 mlrd 760 mln. so‘mlik zarar yetkazildi.

Shu kuni Transport prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan jinoyat ishi ochdi.

2023 yil 13 avgust. “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bosh menejeri – bosh muhandisi Z. E. Maxamatov; “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish tresti” UK, 67-Ko‘prikqurilish otryadi ish yurituvchisi E. Yu. Muhitdinov; O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish tresti” UK, 67-Ko‘prikqurilish otryadi boshlig‘i R.K. Axmedov qamoqqa olindi.

2023 yil 14 avgust “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi 67 – ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyazov Zo‘r TV jurnalisti va operatorini  o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytda kaltaklab, kamerasini sindirdi.

2023 yil 15 avgust.  “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi 67 – ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyazovga qarshi jinoyat ishi ochildi.

Zo‘r TV jurnalisti va operatorini kaltaklagan «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi 67-ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyazovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tabiat xatosi bo‘lgan Nodir Eshniyazov JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblanmoqda.  Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jamiyat musori bo‘lgan Nodir Eshniyazovdan  uydan chiqmay o‘tirish¸ chaqirilganda g‘izillab tergovga kelish bo‘yicha tilxat olindi.

Eltuz biomusor Eshniyozov jinoyatini va dunyodagi eng zaif temir yo‘l shirkati bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

So‘roq paytida o‘lib qolsa, IIB xodimlariga hech qanday e'tiroz bildirilmaydi. Chunki Eshniyozov saxar, meningit va gepatit kasallariga chalingan. Koronadan yaxshi tuzalmagani uchun ichki to‘qimalari yemirilishni boshlagan. Tartibsiz jinsiy aloqa oqibatida bir qator venerik kasalliklarga ham chalingan.

Zo‘rTV jurnalistlarini urib aparaturasini sindirgan Temir yo‘lning ipirisqi  mulozimi ishdan haydaldi. Ochil Ramatovning o‘zi buyurdi yo‘q qilinglar deb. Endi gap bunday. Agar mabodo AQShda kimdir politsiyaga sakrasa, yozilmagan qonunga ko‘ra¸ o‘sha odam haqidagi info barcha politsiyachilar orasida tarqaladi. Uni sud qamamasa ham, baribir hayoti jahannamga aylantiriladi. Zo‘rTVdagi jurnalist bizlardan birimiz. Jurnalistga qo‘l ko‘targan bu mulozimni dalshe ta'qib qilaylik. Ismi kim ? Qaerda yashaydi? Uy adresi. Ota enasi, tog‘a ammasi, bola baqrasigacha bilvolaylik. Erta indin boshqa ishga o‘tsa, qarab turaylik. O‘sha ishga kirgan idorasini avra astarini ontarib tashaylik. Kasalga rak o‘simtasi qanday yopishsa, bizam hamjihat bo‘lib shu mulozimga yopishaylik. Toki qo‘shnilar undan yuz o‘girsin. Sutchi sut, etchi et sotmasin. Musorchi musoriniyam omasin. Ota enasi yuziga tupursin. Bollari undan voz kechsin. Xotini o‘ynashinikiga butunlay ko‘chib o‘tsin. Oxirida «o‘zimni osmoqchiman» deb do‘konga borsa, arqonam sotilmasin. Sizlardan iltimos, bu mulozim haqida nima bilsangiz, mening lichkamga tashang yoki kommentga yozing. Rassom Tuz etigini kiyib, jurnalist hamkasblariga  qo‘l ko‘targan ipirisqini tepkilash uchun oyoqqa qalqdi. Qoching anyaqqa Rassom Tuz kelyapti!

MS: Bosing gozni og‘o!

Beton argument

O‘tkan asr to‘qsonlarida Boltiq bo‘yi xalqlari mustaqil bo‘lamiz deb chiqqandi. Ayniqsa ashag‘ tarafni shoir yozg‘uvchilari yomonam faol edi. Yevtushenko degan o‘ris shoir «poet v rossii bolshe chem poet» (Shoirning roli shoirlikdan ham katta) deb turuvdi. Shunda men atrof jonibdagi shoirlarga xuddi hozir otiladig‘on vulqon tog‘iga qaraganday ilinj bilan qaradim. Bir shoir og‘am bor edi. Xozir o‘lib ketgani uchun ismini bermay qo‘ya qolay.  Shu og‘amning uyida o‘tiribmiz. Unga qarab «qani endi otiling vulqon bo‘lib» dedim ta'ma bilan. Bu og‘am  o‘z jur'atsizligini bo‘yniga olarkan, shiftga qarab barmog‘ini bigiz qilib «beton argument»aytdi. Shiftga yog‘och bolor to‘sinlar o‘rniga metall trubalar qo‘yilgan edi. «Bu trubalarning dokumenti yo‘q. O‘g‘irliq mol. Kelib tekshirsa, kamida 3 yilga qamaydi. Sotsialistik mulkni talon taroj qilding» deb. Shu bois qisib o‘tiraman» dedi. Menam boshqa ta'na qilmadim.

Muddao: Elga kayvoni¸ yurtga katxudo, qiyomatga qozi bo‘lmoqchi odam oldin o‘zini elakdan o‘tkazsin. «Uch yil burun juda dag‘al bir ish qilib» qo‘ymaganmidi? Huquqiy savodi va advokatlik litsenziyasi bo‘lmagan xolda pul olib «seni qamag‘dan qutqaraman» der ekan, bu xolat mavjud qonunlarga zid ekanligini bilmasmidi? «Mana oka, sizga qarshi kompromat. Shuni e'lon qilsam, ishdan haydalib qomalasiz. 70 ming do‘llar bersangiz, og‘zimga qatiq ivitaman» deyish shantaj ekanini va bunday shantaj uchun jazo qonunida kattagina qamag‘ muddati belgilanganligini bilmasmidi? Palon mamlakatda yer qimirlabdi¸ ashinga ehson qilinglar, deb o‘z plastik kartasini qo‘yish, eng kamida «firibgarlik» deb atalishiga aqli yetmaydimi? «Seni muammongni yoritib beraman, mana shartnoma hisobimga palon million ko‘chir» deyish jurnalistik maslak qoidasiga zid ekani va ta'magirlik deb malakalanishini bilmasmidi. Xlestyakovning xizmatkori Osipga o‘xshab, tovuq¸ bir savat tuxum yoki bir chelak pomidorni ham olaverish¸ nazari pastlik ekaniga aqli yetmasmidi? Bularni bilish uchun xat savod va farosati yetarli bo‘lganlar qamalgani yo‘q. Shu kunlarda sanab o‘tganim, 15 yoshini nishonlagan Gazeta.Uz yo‘lboshchisi Azamat Otajonovning yoki sharafli jurnalist Aleksey Voloseevichning birorta qusuri bor deya olmaysiz. Har shoir Cho‘lponu, har qochgan Furqat emas. «Xayt!» deb osmonga sakrashdan oldin, borib tushadigan joyni ham o‘ylanglar.

MS: Hatto Sergilidayi somsachi soqoltoy doyi ham vaziyatga to‘g‘ri baho berdi. O‘ylanish garak.

Hullas, kanalimizga layk bosing, obuna bo‘ling!  

San'at darslari

«San'atsiz hayot vahshiylikdir». Buyuk  iqtisodchi Karl Marksning bu gapi to‘g‘riligiga O‘zbekiston misol bo‘la oladi. Toshkentda ko‘cha devoriga chizilgan Mona Liza rasmini maktab direktori «behayo» deb o‘chirtirdi, TVdagi kinoda o‘pishganlar bijillatildi va rassomlik o‘qishlarida ishtonsiz qizlar chizilishi taqiqlandi. Qo‘qon teatri binosidagi qizlardi rasmiga paranji kiyg‘izildi. Buning fonida bir birini bolta, ketmon, pichoq, lom va armatur bilan urib o‘ldirayotganlar. Ësh bolani og‘ziga berayotgan imom. Hokim va zam.hokimlarga tinimsiz berib tashagan jurnalist xola. Butun dunyoga eng tormozsiz g‘arlarni yetishtirib berayotgan O‘zbekiston barq urib yotibdi. Fotihabegim «Onangni so‘kay» deb qo‘shiq aytsa zavqdan irg‘ishlaydigan to‘da… Nega ilgari yaxshigina madaniyatli mamlakat bo‘lgan O‘zbekiston bundaqa ajinaxona bo‘p ketdi. Chunki bitta xujrada zo‘rlangan, savodsiz, xizbut – madvazir lavozimida. Yana bitta kallavarang bosh vazir. Chunki ilimi bilimi yo‘q. Hech kim prezident qarorlarini o‘qimaydi. Prezident qarorida tasviriy san'atni targ‘ib qilish, deyilgan, (Anjanchada qilish degani bu qilinglar, degani). Yaxshiyam men borman, sizlarning baxtingizga. San'at tarixidan saboq berib turaman.

Bugungi darsimizni «Minilgan urg‘ochi eshak» deb nomlayman. (Daptarga yozinglar) Bugun Per Syubleyra degan, 1699-1749 yillarda yashab o‘tgan,  frantsuz rassomining ijodi haqida aytib beraman. Oralaringda kimdir Parij, Rim yoki Piterda yashasa, muzeyda bor rasmlari, borib ko‘rsalaring bo‘ladi.

Bo‘lg‘usi rassom Frantsiyaning Sen-Jil-dyu-G‘ar shahrida tug‘ildi. 1726 yili Per Syubleyra Parij rassomlik  akademiyasiga kirib «Muso payg‘ambar va mis ilon» (Moses and the brazen serpent) degan rasmi uchun oltin medal olib bitirdi.  Uni mashxur qilgan asarlardan birini gertsog Sen–Enyan buyurdi. Bu asarlar yozuvchi  Lafonten masallari asosida yaratildi. Asarlardan biri «Egarlangan urg‘ochi eshak» deb ataladi. Per Syubleyra  bu asardan ikkitani yaratdi. Bittasi Piterdagi Ermitaj muzeyida, yana biri bitta boy ota kolektsiyasida.  Endi bolajonlar yaqinroq kelinglar. Kun issiq suv ichib olinglar. Suv bu obi hayot. (video) Nima deyotgandim,  Rasm haqida gapirayotgandim.

Ikki rassom o‘rtasidagi eshshak

Taniqli bir rassom uzoq safarga ketishidan oldin xotini bilan birov jinsiy aloqa qilmasin deya chotining orasiga eshshak rasmini chizib ketardi. Rassomning fikricha, «Agar ashi ishti qilishsa»  rasm yedirilib, o‘chib ketadi va hiyonat fosh bo‘ladi.

Ammo bu xotinning o‘ynashi ham rassom edi. O‘ynash «ashi ishti» qilishdan oldin xotinning choti orasidagi eshshak rasmini o‘z rasm daftariga kopiya qilib oldi. «Ashi ishti» bitkazib xotinni ustidan tushgandan keyin, aynan o‘sha joyga eshakni rasmini chizib qo‘ydi. O‘ynash rassomning qitmirligi tutib eshshak ustiga ikkita egar ham chizdi.

Komandirovkadan  qaytib kelgan er «Qaniy, ko‘raylikchi nimao‘ldi» deb xotinining chotini ochib qaradi. Eshshakning rasmi joyida. Ammo diqqat bilan qarasa, egar ikkita bo‘lib qolgan.

Buni ko‘rgan rassom o‘zini eshshakday his qildi.

Shu bilan bugungi darsimiz tamom. Suv ichib olinglar bolajonlar. Suv bu obi hayot.

(Boqcha opa videosi)

Chug‘ulchilik portali

MS: Og‘o, hamma chug‘ul. Navchun vunnin?

RT: Rossiyaliklar qisqa vaqt ichida besh mingta chaquv xati, ya'ni donosni xaker bola yolg‘ondakam ochgan internetdagi «Moy donos» portaliga yuborishdi. Qo‘shni, qarindosh, er yoki xotin ustidan yozilgan chaquvlar.

«Moy donos». portali tashqi ko‘rinishidan «Gosuslugi» davlat xizmatlari prilojeniyasiga g‘irt o‘xshaydi.  Bu  feyk portalni Rossiyadan qochib ketgan aytishnik bacha yasagandi.  Odamlar buni rost deb o‘ylab, chaquv xatlaridan yomg‘ir yog‘dirishgan.

Bittasi «Bolam garajdan otverka o‘g‘irlab keladi» deb chaqqan.

MS: Agar shunnin feyk «portal» O‘zbekistonda bo‘lsa novvi bo‘laradi?

RT: Qarindoshlarga xudo berardi. Chaqimchilik milliy xususiyatga aylanib ketgan allaqachon.

MS: Og‘o sho‘rvoni yuzina chiqmog‘on chmolarga maslahat baring!

Layfxak:

Yangi tekin  uy kaliti va unga qo‘shib kosa tovoq¸ gilam va bir dunyo sovg‘a salom olishni istaysizmi? Albatta istaysiz. Chunki tekin bo‘lsa lom yutish asosiy hayot shioringiz. Bitta ujas vayrona uyni topasiz. Sotvosangiz ham bo‘ladi kepak narxiga. O‘sha ujas uy ichidan turib, video yozib, Eltuzga yuborasiz. Eltuz buni e'lon qiganidan keyin hokimning kalishi ichiga cho‘g‘ tushganday bo‘ladi. Darrov ikki qovun¸ to‘rtta tarvuz¸ bir qop un ko‘tarib borib, sizni yo‘qlaydi. Temir yoki tunuka daptarga yozadi. Xotingizni qashshoq xotinlar daptariga qari enangizni tekin umra spiskasiga qo‘shadi. Uyingizga eridan ajrab keb o‘tirgan qayinsingilni yoshlar daptariga yozadi. Uydagi qurt qumursqa¸ bit va kaltakesaklar qizil kitobga kiritiladi. Keyin hokim sizga uy beradi. Uyning kalitini olib, hokim bovo bilan rasmga tushasiz. Qari ujas enangiz tishsiz og‘zini ochib, hokimni duvoi pataxa qiladi. Bu media uchun. Ammo yangi uyni olib, nomingizga o‘tkandan keyin ham, vayrona uydan voz kechmang. Bir muddat o‘tib, spektaklni povtor qo‘yasiz. Bu paytda sizga kalit bergan hokim yo qamalib ketgan bo‘ladi, yo ko‘tarilib zam bo‘lib ketadi. Yangi hokimga ham «qashshoqparvar» degan piar kerak. Qarabsizki, ikkita namunali uy sizniki. Endi, odatimizga ko‘ra har narsaning uch martasi ma'qul. Qo‘l uch marta yuviladi. Taloq uch marta aytiladi. Xullas sizda yana bitta shans bor. Eltuzga video yuvorishni unutmang. Dunyoda faqat O‘zbekistoida qashshoqlarga qayishish vazirligi bor. Yutganing seniki. Chaynaganing dargumon.

Kollektiv ong

MS: Og‘o bilani ongi assi yo‘q!

RT: Kollektiv ong qachon paydo bo‘ldi? G‘or davrida yashagan odamlarni turli instinktlar ochlik, seks, qo‘rquv tuyg‘ulari boshqargan. Ammo bu har kim uchun individual tuyg‘ular edi. Qabila boshlig‘i o‘z fuqarolari bir vaqtning o‘zida bir xil qo‘rqishi¸ bir xilda sevinishi va hammasi qabila boshlig‘ining xotini, qizi, o‘g‘li va kuyovlarini bir xilda sevishi kerak edi. Bu kollektiv ongni shakllantirish masalasi qabiladagi eng ishyoqmas dangasa bo‘lgani uchun kuf-sufchilik qilib, kun ko‘radigan kinnachi koxinga topshirildi. Koxin har xafta oxirida va'z qilib itoat¸ sabr va qabila boshlig‘iga so‘zsiz bo‘ysunish haqida gapiradigan bo‘ldi. «Qabila boshlig‘ining oilasi bu dunyoda kayf qivotgan bo‘lsa, sizlar o‘lgandan keyin undan ham zo‘r kayf qilasizlar. Qashshoqlik sizning oliy martabangiz» degan slogan o‘shanda paydo bo‘ldi va samara berdi. Ashnaqa qilib kollektiv ong paydo bo‘ldi. Bu usul xozirgi kunda Shimoliy Koreya va muxtaramlar jit qivotgan istonlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. 35 million loxga bitta loxotron yetadi.

MS Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting

Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
12 avgust 2018
Bugun rassom Tuz o‘zbek tibbiyot tizimida avj olgan korruptsiyani hajv ostiga oladi. Rasman bepul bo‘lsa-da, O‘zbekistonda tibbiy xizmat amalda ...
9 dekabr 2023
Aziz vatandoshlar, Barchangizni 2023 yil 9 dekabr, Shanba kuni, soat 16.00-20.00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati ...
26 sentyabr 2019
Shoir va jurnalist Mahmud Rajab taqdiri borasida O‘zbekistondagi mahalliy jurnalistlarning jur'ati Xorazm viloyati IIBning u haqdagi rasmiy bayonotlarini e'lon ...
3 aprel 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...