Asosiy mavzular
30 avgust 2023

Shuxrat Bobojon o‘z kutubxonasini Urganch muzeyiga sovg‘a qildi

Rassom va jurnalist Shuhrat Bobojonov o‘zining tarix¸ tasviriy san'at va mumtoz adabiyotga oid kitoblar yig‘ilgan kutubxonasini Urganch zamonaviy san'at muzeyiga hadya qildi. Shu bilan birga rassom bundan 30 yil oldin chizgan «Arslon ovi» degan asarini ham muzeyga sovg‘a qildi. Rassomning bu sovg‘asi «Mening milliy merosga hissam» tadbiri doirasida amalga oshdi. Kutubxona va rassom asari taqdimoti xalqaro YUZUK tashkiloti rahbari tarixchi Dilbar G‘afforova ishtirokidagi tadbirda  joriy yilning 5 santyabrida bo‘lib o‘tadi.

5 may kungi tadbirda taniqli chex rassomi Otto Bubenechek va xozir AQShda yashayotgan rassom Davron Yo‘ldoshev asarlari xalqaro YUZUK tashkiloti hamda O‘zbekiston Chexiya do‘stlik jamiyati tarafidan muzeyga tuxfa qilinadi. Tadbirda  Chexiyanig O‘zbekistondagi favqulloda va muxtor elchisi qatnashadi.

«Urug‘ unib chiqishi uchun unumdor tuproq kerak.  Bolalikda o‘qigan kitoblarim bo‘liq tuproq kabi meni unib o‘stirdi. To‘rtinchi sinfda Mopassanning «Azizim» romanini o‘qib o‘tirganimni ko‘rib o‘qituvchi Norjon opa hayron bo‘luvdi, «bolalar shu kitobni o‘qiydimi» deb. Bolalar yo kattalar uchun kitob yo‘q. Yaxshi kitob va yomon kitob bor. Men yaxshi kitoblarni o‘qiganimdan minnatdorman. 20 yil oldin bu kitoblar Urganchdagi ustaxonamda turgandi. 20 yil asrab avaylangan kitoblar muzey kutubxonasidan o‘rin oldi. Bu kitoblarni bo‘lajak rassomlar o‘qishini istardim» dedi Shuhrat Bobojon.

Shuhrat Bobojon 1963 yilda Xorazmda dunyoga keldi

1984 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat instituti badiiy grafika fakultetini tamomladi.

Chingiz Axmarov, Malik Nabiev, Yanis Salpinkidi, Isfandiyor Haydarov, Ro‘zi Choriev, Abdumo‘min Boymatov va Shavkat Abdusalamov kabi atoqli rassomlar qo‘lida saboq oldi.

Institutni tamomlagach, Urganch shahar suratlar galereyasida bosh muhofiz sifatida ishladi va zamonaviy rangtasvir asarlarini to‘play boshladi.

1986 yilda “Xufiyona bo‘sa” suratini Moskvadagi “Pokazыvayut molodыe” ko‘rgazmasiga qo‘ydi.

Ushbu kartina 1987 yilda Tokiodagi ko‘rgazmada Yaponiya San'at Akademiyasining oltin medaliga sazovor deb topildi.

Ayni yili Shuhrat Bobojon Sovet Ittifoqi rassomlar ittifoqiga qabul qilindi.

Rassom “Ming bir kecha” nomi ostida fantastik sharqona realizm janrida suratlar yaratdi.

1988 yilda sharqiy Olmoniyadagi Reclam nashriyoti tomonidan chop etilgan o‘zbek xalq ertaklari kitobiga suratlar chizdi.

2010 yilda esa Shuhrat Bobojon Bryussel shahrida Andijondagi xunrezliklarning besh yilligi munosabati bilan “Andijon yomg‘iri” qum kompozitsiyasini namoyish etdi.

Shuhrat Bobojon nafaqat rassom, balki muxolifat faoli va jurnalist sifatida ham tanilgan.

Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Videolarimizga layk bosishni, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
6 aprel 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning moliya tizimi va tender «o‘yinlar»ini tanqid qilgani ortidan O‘zbekistonda ochiq tender savdolari bekor qilindi va davlat ...
17 oktyabr 2016
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston matbuoti bosh vazirning virtual qabulxonasini salkam «adolat uyi»ga tenglashtirib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Hozir har bir ...
3 sentyabr 2016
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning janozaci uning mulozimlari va mehmonlari ishtirokida Camarqandning Registon maydonida o‘qildi. Janozadan so‘ng uning jasadi so‘nggi ...
24 aprel 2017
«Yalla» guruhining sobiq solisti bo‘lgan Nargiz Bayxonova 24 aprel kuni Toshkentning Chig‘atoy qabristoniga dafn etildi. 70-80 yillar o‘zbek estradasi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...