Asosiy mavzular
4 sentyabr 2023

CamDU Kattaqo‘rg‘on filialida beton plitasi talabalar ustiga quladi

4 sentyabr kuni ertalab Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida beton plitasi talabalar ustiga qulab tushgan darslar noma'lum muddaga qoldirilgan.

«Hammayoq qon,  asosan qizlar bo‘lgan. Jabrlanganlarning ota-onalari ham tashqarida kutib turgan ekanmi, bolasining ahvolidan xabar olish uchun yugurib qolishdi, qaysilaridir o‘qituvchilar bilan mushtlashib ham qoldimiey. Juda vohimali bo‘ldi, terakt bo‘ldimi deb o‘yladim rosti. . , » dedi guvohlardan biri.

Ayni paytda Samdu Kattaqo‘rg‘on filialida talabalarning telefonlari olib qo‘yilgan.  Hech qanday video va rasm olishga qo‘yishmayapti dedi Eltuz mobil muxbiri.

Sal ilgari xabar berganimizdek, Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zalida bugun ertalab yangi talabalarni tanishtirishga bag‘ishlangan yig‘in bo‘lib o‘tarkan binoning beton plitasi talabalar ustida qulab tushgan.

Eltuz mobil muxbiri, eng og‘ir jarohat faqat oyoq va qo‘l sinishi, dedi.  Bino haqiqatan juda eski edi. Aynan men o‘sha yerda edim. Adashmasam, u binoning qurilganiga 30-40 yildan oshdi va biz yangi bino bitguncha shu binoda o‘qib turgandik.  Ikki kishi jarohatlangan,  oyog‘i singan yoki to‘pig‘i chiqqan. Hammani o‘zimiz tashqariga olib chiqdik. Eltuz voqea tafsilotini o‘rganishda davom qilmoqda.

RASMIY MA'LUMOT: Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialining Kattaqo‘rg‘on shahar A.Temur ko‘chasi 27-uyda joylashgan o‘quv binosi sobiq SamDChTI akademik litseyi binosi uchun qurilgan bo‘lib, 2008 yilda foydalanishga topshirilgan.
2008-2018 yillarda SamDChTI qoshidagi akademik litsey sifatida, 2019-2021 yillar davomida Kattaqo‘rg‘on shahar 7-son maktabi faoliyat olib borgan.
2021 yilda Samarqand davlat universiteti Katttaqo‘rg‘on filiali tashkil etilishi munosabati bilan mazkur bino filial balansiga o‘tkazilib, 2021-2022 yillar davomida, ya'ni 2021 yil dekabr oyidan 2022 yil avgust oyigacha bo‘lgan muddatda mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan hamda 2022 yil sentyabr oyidan foydalanishga topshirilgan.
2023 yil 4 sentyabr kuni mazkur binoning faollar zalida Mustaqillik darsi o‘tkazilayotgan vaqtda soat 9.28 da zalning tom qismidan, sahna qismining o‘ng burchagida 1 dona plita talabalar va o‘qituvchi bo‘lmagan joyga tushib ketgan. Natijada 2 nafar 1-kurs talabalari plita bo‘laklarining tegishi natijasida yengil tan jarohati olgan.
Ushbu talabalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ushbu talabalarning umumiy ahvoli yaxshi ekanligini ma'lum qilamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 dekabr 2019
Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Imomalining Dushanbe shahri hokimi sifatidagi ilk rasmiy tashrifi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi. Bu tashrif prezident Imomali ...
22 iyun 2016
Rassom Tuz va Elsevarlar qatoriga Kirpi taxallusi bilan ijod qiladigan yosh rassom ham qo‘shildi. Shu kunlarda Toshkentda istiqomat qiladigan ...
17 dekabr 2023
Rassom Tuz
1 sentyabr 2015
Ya'ni¸ javobni aniqlashtirsak qadimiy haykalni o‘zbek jangarilari Tolibon siyosiy irodasiga ko‘ra vayron qilishdi. Bu men uchun yangilik bo‘lgan yo‘q ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...