Asosiy mavzular
8 oktyabr 2023

Ayrim Yevropa davlatlariga Rossiya avtomobillari kirishi taqiqlandi

Yevropaning bir qancha davlatlari tomonidan Rossiya avtomobillari kirishiga qo‘yilgan taqiq yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Mariya Zaxarova munosabat bildirdi. G‘arbning bu amali javobsiz qolmaydi deya bayonot berdi Zaxarova xonim.

Bundan bir kun ilgari, Eltuzning telegram kanalida bildirilganidek, jumladan Norvegiya Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarning mamlakatga kirishini taqiqlagan edi.

Faqat Yevropa Ittifoqi va Norvegiya vatandoshlariga, shuningdek xalqaro tashkilotlar va diplomatlarga tegishli avtomobil raqamlari istisno qilinishi mumkinligi bildirilgan. Bundan tashqari, chegarachilar favqulodda vaziyatlarda, masalan, ruslar dafn marosimiga kelsa, holat istisno qilinishi mumkin.

Matbuotda ayni paytda boshqa qo‘shni mamlakatlar, masalan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan avtomobillarda Norvegiyaga kirib borishga hech qanday to‘sqinlik yo‘qligi pisanda qilindi.

Mariya Zaxarova tilidan oqayotgan zahar bilan birga shu kunlarda Putinning so‘zchisi Peskovning dollar kursiga munosabati ham memlarga sabab bo‘ldi.

Putinning so‘zchisi Peskov Rossiyaliklarni dollar kursining o‘sishiga e'tibor bermaslik va bundan o‘pkalab, xafa bo‘lmaslikka chaqirgan edi.

«Darhaqiqat, nega endi oddiy krepostnoylar boylarning stolidagi kumush idishlarni sanashlari kerak? Bu itvachchalarga kim qo‘yibdi aralashishni? Ular yog‘och qoshiqlarini yalab, xo‘jayinlarining yemakxonasi derazalariga «tumshuqlarini kamroq tiqishlari kerak» deya sharxladi Rossiya prezidenti matbuot kotibi kalimasini zaharxanda bilan Nevzorov o‘zining telegram kanalida.

Shu o‘rinda eslatish joiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 4 oktyabrdagi rasmiy kursiga ko‘ra AQSh dollarining rasmiy kursi +15.89 ga oshdi va bir dollarga 12 ming 216 so‘mni tashkil qildi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. Biroq ayni paytda Rossiya krepostnoylari narxi oshgan AQSh dollarini 122 rubldan harid qilishmoqda.

Eltuz AQSh dollari narxining oshayotgani va g‘arbning Rossiyaliklarga munosabati bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzgatib boring, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
4 oktyabr 2017
4 oktyabr kuni tushdan keyin 67 yoshli mahkum jurnalist Solijon Abdurahmonov Qarshidagi Shayxali qamoqxonasidan ozod etildi. Foto: Huquq faoli ...
10 yanvar 2020
Dunyoni kim boshqaradi? Dunyoni siyosat boshqaradi. Siyosat birlamchi va qolgan hamma narsa o‘ninchi. Yurmaydigan mashinaning o‘rindig‘iga yangi charm qoplash bilan ...
12 yanvar 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
3 may 2017
Karimov davrida shahar chekkasiga chiqarib tashlangan Shomahmudovlar haykali yana markazga qaytarilmoqda. “San'at asari o‘laroq men bu haykal majmuasini hech ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...