Ismoyil tabib jamoasi jurnalistlarni do‘pposladi
8 sentyabr kechki soat 17 lar atrofida Pop tumani Oqtepa o‘rmon bo‘limi 28 konturiga borgan Aspekt 24 jamoasi o‘zidan shifokor yasab olgan – Ismoil tabib oilasi va qarindoshlari tomonidan do‘pposlandi.
Ismoil tabib jamoasi jurnalistlar jamoasini telefon va kameralarini ham tortib olganlar.
Jurnalistlar bu joyga Sarvar Yahyoev ismli shaxsning murojaatini o‘rgangani borgan bo‘lishgan.
O‘zini mazkur yerlar egasi deb tanitgan Ismoil tabib va jamoasi Aspekt 24 operatori va yana bir xodimiga pichoq bilan hamla qilganlar.
Jurnalistlar tog‘ oralab qochib, shifoxonaga yetib borishgan. Jamoaning ikki a'zosi tunni shifoxonada o‘tkazgan.
Tabiblar jamoasi a'zolaridan qanchalik talofat ko‘rilgani haqida Eltuzda ma'lumot yo‘q. Bu taraf fikri hozircha yopiqligicha qolmoqda. Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang!