Asosiy mavzular
1 oktyabr 2023

Bella Mafiya – Gulnora Karimova xalqaro jinoiy guruh onaboshisi bo‘lgan

Shveytsariya prokuraturasi O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovani yuzlab million dollar pora yuvish bilan shug‘ullangan xalqaro jinoiy guruhni boshqarishda aybladi.

Rasmiylar 2005-2013-yillarni o‘z ichiga olgan tergov davomida 780 million Shveytsariya franki (857 million dollar) qiymatidagi aktivlarni musodara qilgan.

Karimova 2014-yildan beri O‘zbekistonda qamoqda o‘tiribdi. U O‘zbekistonda davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor deb topilgan.

Lekin Gulnora Karimova telekommunikatsiya shartnomalari bilan bog‘liq poraxo‘rlik ayblovlarini rad etib keladi.

Gulnora Karimova otasi prezidentligi paytida mislsiz qudrat va nufuzga ega edi.

Shveytsariya ayblovi Rossiya telekom shirkatining O‘zbekistondagi filialini boshqargan ismi oshkor etilmagan tadbirkorga ham qaratilgan.

Shveytsariyada Gulnora Karimova O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga kirish evaziga pora olganlikda hamda Shveytsariyadagi bank hisoblari va boshqa mamlakatlarda pul yuvishda ayblanmoqda.

Eltuz Gulnora Karimova nomi atrofidagi korruptsiya va pul yuvish jinoyatlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2021
Orzu qanotida  yoshlik ham o‘tdi Xuddi tong tumani yo uyqu misol. Ko‘krak qafasida Erk qushim, Cho‘tir istibdodning tagida  Patlari ...
15 fevral 2023
O‘rusiya shaharlaridan birinda bir qizaloq yashardi. Sochi sariq, ko‘zi ko‘m-ko‘k qizgina. Bir kuni shu qizning otasiga voenkomatdan povestka keldi. ...
25 yanvar 2016
Qamoqxona boshlig‘i o‘rinbosari poraxo‘r bo‘lib chiqdi “Huquq” gazetasining yozishicha, Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha ...
25 yanvar 2021
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘cha bolalariga har kuni maqom va milliy kuylar eshittirish taklifi bilan chiqdi. Endilikda maktabgacha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...