Asosiy mavzular
30 sentyabr 2023

Generalning korruptsiyaga aloqadorligi haqidagi iddaolar

Eltuzga kelib tushgan anonim maktubda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash departamentidagi korruptsiya va noto‘g‘ri boshqaruv haqida so‘z boradi.
Departament xodimlari tomonidan yozilgan maktubda departament rahbari, general Bahodir Mirzarahimovning qilmishlarini tekshirish talab qilingan. 
Xodimlar general Mirzarahimovni departamentda misli ko‘rilmagan korruptsiya, qarindosh-urug‘chilik va adolatsiz muhitini yaratganlikda ayblaganlar.
Ularning ta'kidlashicha,  general Mirzarahimovning rahbarligi davrida transport tizimida falokatlar va baxtsiz hodisalar soni ortgan va natijada yil boshidan buyon ko‘plab insonlar halok bo‘lgan. 
Ular ilgari surgan da'volarni tekshirish imkoni Eltuzda yo‘q.
Eltuz maktubda ilgari surilgan iddaolar yuzasidan Bahodir Mirzarahimovga minbar berishga tayyorligini bildiradi.  
“Assalomu aleykum Eltuz jamoasi,
biz IIV transportda xavfsizlik taminlash departamenti xodimlari siz orqali muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevga, prezident maslahatchisi Qodirov Doniyor Baxtiyorovichga va sektor boshlig‘i Sergey Gordeevga bizni rahbar, general Mirzarahimov Bahodir Yuldashevich Mirzarahimov ustidan shikoyat arz kilmokchimiz.
Bahodir Yuldashevich Mirzarahimov shaxsiga to‘xtalsak. U Moskva oliy harbiy qo‘mondonlik institutida tahsil olib, avval Mudofaa vazirligi, so‘ng MXX “Lochin” harbiy qismiga rahbarlik qilgan.
Zamon zayli bilan 3 yil avval IIV tizimiga kelib qoldi.
Sohani bilmaydigan, tajribasiz rahbar boshqaruvi natijasida tizim parokandalikka uchradi, mislsiz korruptsiya, tanish-bilishchilik, majburiy mehnat, adolatsizlik, zulm va bosim domida qoldi.
Bunday vallomat va kibrga mukkasidan ketgan shaxs rahbarligi oqibatida temir yo‘llarda yil boshidan 30 yaqin go‘dak, erkak va ayollarni poezd urib ketdi.
Korruptsiyaga o‘zi bosh bo‘lishi natijasida vokzallarda “Afrosiyob” poezdlari bileti sun'iy defitsit qilindi. Oqibatida pora bermasdan bilet olish imkonsiz bo‘lib qoldi.
Aeroportlarda narkotrafik, tilla, qimmatbaho toshlar va telefon kontrabandasi cho‘qqisiga chiqdi.
Lekin, barcha holatlarda ko‘z yumiladi, sababi “dolya”ni Bahodir Mirzarahimovning shaxsan o‘zlari oladilar.
Kadr masalasida “klyuchevoy” lavozimlarni o‘zining ko‘z-quloqlari bo‘lgan harbiylar bilan to‘ldirish bilan ovora.
Kuniga uch mahal issiq ovqat, qora va qizil ikra, viski shotirlari va ularning xizmatidagi shotirlari tomonidan yetkazilib turiladi.
Vazirlik rahbarlarini va administratsiya xodimlarini bir tiyinga olmaydi, har ikki gapida «Men SNB generaliman» deb do‘q uradi.
Hurmatli rahbariyat, sizdan iltimos, Bahodir Mirzarahimov faoliyatini xolisona o‘rganib chiqib, uning bu sohada ishlash masalasini ko‘rib chiqsangiz.»

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2020
​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bunday gaplarni aytib o‘tibdi: ...
28 iyun 2016
Toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovich va Namangan shahridan 22 yashar Abrorjon Ustaboev Ayubxon o‘g‘li Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan ...
4 sentyabr 2020
Hafta aylanib yana takiyamni kiyib sizga qarab og‘iz juftladim. Televidenie bo‘yicha o‘tgan treninglarimda mentor ohang, ya'ni aql o‘rgatish tomoshabinni ...
4 oktyabr 2017
4 oktyabr kuni tushdan keyin 67 yoshli mahkum jurnalist Solijon Abdurahmonov Qarshidagi Shayxali qamoqxonasidan ozod etildi. Foto: Huquq faoli ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...