Asosiy mavzular
12 oktyabr 2023

Xalq banki Mo‘ynoq filiali raxbari xomtalash qilgan pullar

Eltuzga Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani filiali rahbariyati ustidan bankning bir necha xodimlari yo‘llagan shikoyat maktubi va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushdi.

Maktubga ilova qilingan ko‘plab bank hujjatlari va bank xodimlari iddaolariga ko‘ra, Xalq banki Boshqaruvida departament direktori lavozimida ishlab kelayotgan va 2017-2019 yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida rahbar bo‘lgan Amangeldi Saparbaev mansab mavqeyidan foydalanib, o‘z ota-lonasi va qarindoshlari nomiga ko‘p miqdorda noqonuniy kreditlar ajratgan. 

“Bugungi kunda ushbu kreditlar muammoga aylangan va garov mulklari yetarli emas. Ayrim kreditlar garovsiz koldirilgan. Natijada biz oddiy xodimlar xar tomonloma jabr ko‘rmoqdamiz” deyiladi jumladan bank xodimlari Eltuzga yo‘llagan maktubda.

Masalan, bank filialidagi muammoli kreditlarni qaytarmagani sababli 5-6 boshqaruvchilar ishdan bo‘shatilgan, xodimlar rag‘batlantirish (qo‘shimcha to‘lovlar)dan mahrum bo‘lgan, undiruv choralarini ko‘rgan xodimlarga esa ishdan olishgacha choralar ko‘rilgan.

“Nima qilishni bilmay qoldik –  birov kreditni undir deydi, boshkasi tegmaysanlar deydi – ikki o‘t orasida qoldik. Xalq banki Boshqaruvi Raisi Sh. Atabaevga murojaat yo‘llagan bo‘lsakda xech kanday natija bo‘lmayapti” deya yozadi maktub mualliflari.

Ularning iddaosiga ko‘ra, boshkaruvdagi rahbarlar jim o‘tirishgani sababi, Amangeldi Saparbaev ularni bir amallab ko‘ndirgan yoki rahbarning irodasiga qarshi bora olmasdan, davlat pulini joyiga qaytarishni o‘zlariga ep ko‘rishmayapti.

Eltuzga yuborilgan hujjatlar va dalillarga asoslangan ma'lumotnomaga ko‘ra, AT Xalq banki Boshqaruvida departament direktori Saparbaev Amangeldi Xadrbergenovich to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan 4 ta kredit katta muammoga aylanib shu kunga qadar so‘ndirilmasdan kelmoqda.

Birinchisi,  “MO’YNOQ INNOVATSION GOYALAR” MChJ ga chet davlatdan naslli qo‘ylar sotib olish maqsadida 1.235.000.000 so‘m kredit ajratilib, bugungi kunda 685.000.000 so‘m kredit qarzdorligi mavjud. Ushbu jamiyatning ta'sischisi bank Boshqaruvi xodimi A. Saparbaevning onasi G. Matmuratova hisoblanadi. Lekin kredit ta'minoti sifatida garovga qo‘yilgan 3 ta mol-mulklarning barchasi noqonuniy tarzda garovdan chiqarib yuborilgan va A.Saparbaev tomonidan tazyiq o‘tkazilib sudga berdirmasdan kelinmoqda. Kredit hisobiga chet eldan olib kelingan naslli qo‘ylar majburiy ravishda “Qonliko‘l” filialidan imtiyozli kreditlar chiqarilib sotilgan. “Qonliko‘l” filialida egalarining xabarisiz kredit mablag‘lari ajratilib yuborilgan va pullar jamiyat hisob raqamiga o‘tkazilib kelingan. Ushbu holatlar bo‘yicha bankning “Qonliko‘l” filiali boshqaruvchisi va bir necha xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushbu kredit besh yil muddatga ajratilgan bo‘lsada, garovga olingan mol-mulklar bir yil muddatga sug‘urtalangan. “MO’YNOQ INNOVATSION GOYALAR” MChJ ning AT Xalq banki Muynoq filiali oldida 685,0 mln. so‘m kredit qarzi mavjud. Kredit to‘liq ta'minotsiz holida qolgan. Undiruv choralarini ko‘rish imkoni yo‘q.  

Ikkinchisi, eng achinarlisi yuqoridagi kredit qarzi uchun garovda turgan “MO’YNOQ INNOVATSION GOYALAR” MChJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht zavodi kadastr raqami soxtalashtirilib A.Saparbaevning otasi X.Saparbaevning ta'sischiligidagi “UTKIRBEK GAZ OIL SERVIS” MChJ ning nomiga qandaydir yo‘llar bilan o‘tib qoladi va “BULVAR NUKUS STROY” MChJ ga 3.500.000.000 so‘mga sun'iy ravishda juda yuqori baholanib, bank krediti hisobiga sotilgan. Ushbu kredit Mo‘ynoq filiali kredit komissiyasiga A.Saparbaev tomonidan tazyiq o‘tkazilgan holda majburiy chiqarilgan. Bu to‘g‘risida bank xodimlari K.Yeshanov, A.Yesbosinov va sobiq boshqaruvchi R.Jienalievlar o‘z ko‘rsatmalarida tasdiqlamoqda.

Xullas, uch yarim milliard so‘m kredit mablag‘lari 19.07.2022 yili “UTKIRBEK GAZ OIL SERVIS” MChJ ning Xalq banki Qo‘ng‘irot filialidagi bank hisob raqamiga tushadi va shu kunning o‘zida taqsimlanib yuboriladi. Shundan 654,0 mln so‘mi “MO’YNOQ INNOVATSION GOYALAR” MChJ ning kredit qarzi to‘lanadi, 700 mln so‘mi 19.07.2022 yili bankning Qo‘ng‘irot filialiga A.Saparbaevning ishonchli vakili Madreymov Quralning nomidan 6 oy muddatga omonatga solingan bo‘lsada, ertasiga 2022 yilning 20 iyulida naqd pul ko‘rinishda chiqim qilinib olib ketiladi.

Ushbu chiqim qilingan 700 mln so‘m Ichki ishlar bo‘limining qo‘riqlash xizmati tomonidan ro‘yxatga olinmagan. 1 mlrd 500 mln so‘mi, ta'sischisi  “MO’YNOQ INNOVATSION GOYALAR” MChJ bo‘lgan “QO’NG’IROT QISHLOQ QURILISH GISHT” MChJ ning kredit qarzi so‘ndirilgan. Matmuratov Rustam Saparbaev Amangeldining onasi G.Matmuratovaning to‘qqan ukasi hisoblanadi.  “BULVAR NUKUS STROY” MChJ ning 25.09.2023 yil xolatiga bank oldida 3.500.000.000 so‘m asosiy kredit qarzi, 775.168.518 so‘m hisoblangan foizi jami 4.275.168.518 so‘m kredit qarzi mavjud. Qarzni so‘ndirish uchun garov mulklari yetarli emas.

Uchinchisi, A.Saparbaev Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i lavozimini egallab turgan vaqtida qalin do‘sti va biznes sherigi bo‘lgan, kelib chiqishi Qo‘ng‘irot tumanidan bo‘lgan Allashov Kallibek Yarilkaganovich boshqargan “Saparov Sharapatdin” FX ga A.Saparbaev o‘zining g‘isht zavodiga zarur bo‘lganligi uchun ekskavator sotib olish va naslli qoramollar sotib olish maqsadida AT Xalq banki Oqmang‘it filiali tomonidan 2018 yilning 6 fevralida 36 oy muddatga 2,4 mlrd sum imtiyozli kredit ajratilgan. Lekin kredit shartnomaning muddati o‘tib ketishiga qaramay bugungi kunga qadar kredit qarzlari to‘lanmasdan 980 mln so‘m kredit qarzdorligi mavjud. Kredit to‘liq so‘ndirilmagan bo‘lsada A.Saparbaev tomonidan ekskovator (pogruzщik) garovdan chiqarilib, otasi nomidagi “UTKIRBEK GAZ OIL SERVIS” MChJ ning balansiga o‘tkazib yuborgan. Bugungi kunda Nukus tumani Kerder OFY da joylashgan eski molxona tashlandiq holida qoldirilgan. Garov mulki nolikvid hisoblanadi.

 To‘rtinchisi, “Baxtli oqshom” MChJ Xalq banki Muynok filiali krediti hisobidan Qo‘ng‘irot tumanida ko‘p qavatli o‘y joylar qurilgan edi. Ushbu qurilgan uy joydan quruvchi bilan kelishib 4 xonali uyni o‘z qarindoshi nomiga rasmiylashtirib olgan. Jamiyatning kredit qarzi shu kungacha qaytarilmasdan kelinmoqda.

Eltuz ushbu nomi keltirilgan kredit hujjatlarini tegishli huquqni ximoya qilish organlariga huquqiy baho berish maqsadida taqdim etilishini maqsadga muvofiq hisoblaydi. Sababi A.Saparbaev bankning yuqori lavozimlarida ishlab turib, o‘z lavozim mavqeidan foydalanib boylik orttirish maqsadida o‘z qarindoshlari nomidan juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini ajratilishiga noqonuniy yo‘llar bilan erishib talon-taroj qilgan va Xalq banki filialiga 5 mlrd 891 mln. so‘m juda ko‘p miqdorda zarar keltirgan. Xalq banki davlat banki hisoblanadi, har bir ajratilgan kredit qaytarilishi lozim.

Yuqoridagi holatlar Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani filialidagi o‘z ismini oshkor etishni istamagan xodimlarning murojaati va ularning iddaolarini tasdiqlovchi dalillar va hujjatlarga tayanib tayyorlandi. Eltuz bank raxbariyati va tegishli idoralardan rasmiy munosabat kutadi.

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
3 mart 2021
Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Katta Karchin” MFY “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan. Hudud aholisiga 2019 yilda barcha xonadonlar ichimlik suv ...
15 avgust 2018
Dunyoda eng uzoq muddat turmada bo‘lgan jurnalist Muhammad Bekjon Jasliq qamoqxonasini tark etgach, uni Toshkentning Zangiota turmasiga etap qilishadi ...
5 dekabr 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...