Asosiy mavzular
17 oktyabr 2023

Baxti Tashkentskiy Markaziy osiyoga «smotryaщiy» etib tayinlandi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy”, “Baxti Yangiabadskiy” taxalluslari bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev 14 oktyabr kuni o‘zining 52 yoshini Qibraydagi uyida yuzlab o‘zbekistonlik va xorijiy jinoyat olami avtoritetlari davrasida qarshi oldi.

Uning tug‘ilgan kuniga xorijdan Levan Tbilisskiy (Levan Tsintsadze) boshchiligida jinoyat olamining bir guruh avtoritetlari kelganlar. Mehmonlar orasida Soyib Jalalabadskiy boshchiligidagi Qirg‘iziston jinoyat olami avtoritetlari ham bo‘lganlar.  

Baxti Tashkentskiy uyida uning tug‘ilgan kunini nishonlash barobarida jinoyat olami vakillarining norasmiy majlisi – “o‘g‘rilar sxodka”si ham bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonlik yagona “vor v zakone”ni videoqo‘ng‘iroq qilib, butun dunyodan 100 ga yaqin jinoyat olami avtoritetlari va o‘g‘rilar tabriklaganlar.

Tabriklaganlar orasida bir biriga dushman bo‘lgan Shakro Molodoy (Zaxariy Kalashov), Taro Oniani (Tariel Guramovich Oniani) va Merab Suxumskiy (Merab Djanveladze) ham bor. 

Rossiyada bir-biri bilan urush holatida bo‘lgan mazkur vorzakonlar Baxti Tashkentskiydan ular o‘rtasidagi janjalga “treteyskiy sudya” bo‘lishni (hakamlik qilishni) so‘raganlar.

Ularning bunday iltimos bilan chiqishlariga Baxti Tashkentskiyning o‘g‘rilar o‘rtasidagi urushda hech qachon hech bir taraf tomonini olmagani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, sobiq SSSR hududlaridagi avtoritet o‘g‘rilar Baxti Tashkentskiyni butun Markaziy Osiyoga smotryaщiy etib tayinlaganlar.

Baxti Tashkentskiy uyidagi “cxodka” Qirg‘izistonda “vor v zakone” Kolya Kirgiz (Qamchibek Ko‘lboev) Bishkekda maxsus kuchlar tomonidan otib tashlanganidan o‘n kun so‘ng bo‘lib o‘tgan.

Qirg‘izistonlik avtoritet Soyib Jalalabadskiy bilan suhbat chog‘ida Baxti Tashkentskiy hamkasbi Kolya Kirgizning o‘limidan taassuf bildirgan, ammo uning so‘nggi paytlarda siyosatga aralashgani noto‘g‘ri bo‘lganini eslatgan.

Sovetlar paytida shakllangan qarashga ko‘ra, “qonundagi o‘g‘rilar” hech qachon siyosatga aralashmaydi va siyosatni “kir ish” deb bilishadi. 

Qudratullaev Baxtiyor Zaparovich 1971-yil 14-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hali 26 yashar ekan, 1997 yilda «vor v zakone» («qonun o‘g‘risi») tojini kiygan. Uning «cho‘qintirgan otalaridan» biri «Ded Hasan» Rossiyada mafiyaboshi edi.

Baxti Tashkentskiy O‘zbekistonda jinoiy dunyoni birlashtirish va unda o‘z tartibini o‘rnatishga intildi. Ammo tez orada yangi qonundagi o‘g‘ri mag‘lubiyatga uchradi, chunki o‘sha vaqtga kelib prezident Karimov deyarli barcha mahalliy axloq tuzatish koloniyalarini «qizil» aylantirgan edi. 

Ya'ni O‘zbekistondagi barcha koloniyalar koloniya ma'muriyati  joriy etgan tartib bilan ishlay boshladi. Bu davr ichida Baxtiyor Qudratullaev bir muddat Rossiyada istiqomat qildi.

Baxti Tashkentskiy bir necha yil ichida sobiq Sovet Ittifoqi hududida jinoyat olamining nufuzli shaxsiga aylandi.  U hamisha o‘g‘rilar mafkurasiga amal qilib keldi va hech qachon siyosatga aralashmadi.

Baxti Tashkentskiy hayoti davomida turli ayblar, jumladan giyohvand moddalarni tashish va iste'mol qilish, qurol-yaroq saqlash va qamoqxona ichki tartibini buzish ayblovlari bilan bir necha bor sudlangan.

Baxti Tashkentskiyni oxirgi yillarda ko‘pincha estrada yulduzlari yoki siyosiy arboblar o‘rab olgan fotosuratlarda ko‘rish mumkin.

Video: https://youtu.be/InFeq3-xiUQ?si=yFmKSgqbIECBA2cD

Eltuz O‘zbekistondagi o‘g‘rilar olami, jinoiy guruhlarga yaqin shaxslar va kriminal avtoritetlar faoliyatiga oid voqea va xodisalarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
20 mart 2020
20 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirilgani qayd etilgan shaxslar soni 33 nafarga yetdi. Dastlab O‘zbekiston epidemiologiya markazi Frantsiyadan qaytgan ...
19 noyabr 2024
Ukrainaga Rossiya hududlarini yakson qilishga rasman izn berildi. Rossiyada oziq-ovqat narxlari oshdi. Shvetsiyadagi avtoshirkatga shohdor bug‘u hujum qildi. Jizzaxlik ...
27 mart 2019
27 mart kuni o‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Murod Xonto‘raev uchinchi bor pichoqlandi. Sportchining jarohati jiddiy emasligi bildirildi. Xonto‘raev dastlab ...
1 oktyabr 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...