Asosiy mavzular
26 oktyabr 2023

MTRK xaridlarini kim nazorat qiladi?

Bundan 6 yil avval ya'ni, 2017 yilning 24 iyulida 60 yoshni qarshi olgan prezident Shavkat Mirziyoevning tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida qurilgan «O’zbekiston-24» kanali o‘z tarjimai holini shu tariqa boshlangan edi.

O‘zbekiston prezidenti 2017 yilning may oyida bergan takliflari ushbu kanalning ochilishiga asos bo‘lgandi.

Albatta, shunday bo‘lgach, prezident ko‘magi va davlat byudjeti hisobidan ushbu yangi loyihada ko‘zda tutilgan barcha xarajatlar: bunda efir binosini jihozlashdan tortib eng so‘nggi rusumdagi yangi texnika va texnologiyalarni xarid qilib o‘rnatishgacha bo‘lgan barcha xarajatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanganini hech kim inkor qilmaydi.
Ammo tanganing ikkinchi tomonida javobsiz qolayotgan tilsiz savollar bugungi dasturimizga mavzu bo‘ldi. To‘g‘ri-da, kim bozordan bir poy poyabzalni ikki poy narxida xarid qiladi?
Albatta, bunday jumboqli savdoni yo beli og‘rimay pul topadigan yo uning ortidan yaxshigina manfaat kutadigan kishi amalga oshiradi.

Aftidan MTRKning amaldagi raisi Alisher Xodjaev ham xuddi shu yo‘lni tutgan ko‘rinadi.
“O’zbekiston-24” kanalining dastlabki faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar yuqorida aytganimizdek, to‘liq koplab berilgan bulsa-da, ammo Rais MTRKning hisobida bo‘lgan 52 mlrd so‘mni hech uylamasdan go‘yoki xarid xarajatlari deb ishlatib yuborishga ruxsat berganligi o‘ta tashvishli deb aytilmokda.

Bu haqda malum qilgan MTRKning sobiq rais o‘rinbosari Farhod Ro‘zievning aytishicha, beiz ketgan milliardlab so‘mning taqdiri hech bir mas'ulni bezovta qilmayotganligidan afsusda…
Ayni paytda O‘zbekistonda ayrim rahbarlarning «qo‘shningni ko‘zi qisiq bo‘lsa, sen ham unga bemalol shunday qarab ishingni qilaver ohangida yo‘l tutilayotganligi ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Tajribada ayon bo‘lgani shuki, bir necha o‘n yillab rahbarlik tizginini hech kimga bermasdan yo‘l tutilishi ko‘plab ko‘ngilsizliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmokda.
Birinchidan, jamoa orasida unga nisbatan norozilik kayfiyati urchiy boshlaydi. Ikkinchidan, sohada uzoq vaqt saqlanib qolishi o‘ziga tegishli bo‘lgan vakolatlardan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish istagini kuchaytiradi.
Bu jamiyatga ham, davlatga ham ancha qimmatga tushadi. Natijada mamlakat iqtisodi, uning byudjeti kun sayin tanazzulga, taqchillikka yuz tutib, tashqi qarzning kun sayin sun'iy oshib ketishiga imkon yaratadi.
Bizga murojaat qilgan sobiq mulozimning mulohazalari har qancha haq bo‘lmasin yillar davomida shu paytgacha MTRKning davlat xaridlari bilan bog‘liq hisob-kitob ishlari na hisob palatasi, na parlament kun tartibida ko‘rib chiqilmagan.

Bu esa MTRK raisining hisobdorlik mas'uliyatini butkul yo‘qotgan. Boshqacha aytganda mushugini birov pisht demagach, o‘zi xon, ko‘lankasi maydon bo‘lavergan. Oqibatda aksariyat byudjet pullari ana shunday sababsiz maqsadlarga, bir to‘da qo‘shtirnok ichidagi korchalonlarning istak-mayllaridan boshqa hech narsaga ortmayotgani oddiy holga aylangan. Xo‘sh, 52 milliard so‘mning taqdir nima bo‘ladi? Sohaning jonkuyari Farhod Ro‘ziev ancha yillar shu masalada kurashib charchaganini aytadi.
Kun sayin korruptsiya botqog‘iga botayotgan MTRK tizimining boshqaruvdagi rahbarlari davlat byudjetini o‘marishdan, uning kuyi mansabdorlari esa ijod ahlining qalam haqiga kuz tikib, rizqiga ko‘z olaytirishdan tiyilmayotgani nohaqliklarning, begunoh achchiq ko‘z yoshlarning to‘kilishiga sabab bo‘lmoqda.

Xulosa o‘rnida ikki og‘iz so‘z: joriy yilning o‘tgan yaqin oylar oralig‘ida referundim o‘tkazish orqali Davlat Konstituttsiyasi yangilandi, Prezident saylovi o‘tkazildi. Ana shunday katta siyosiy jarayonlardan so‘ng mamlakatda xalq katta o‘zgarishlarni kutgandi.

Bu rahbarlar masalasidagi islohni. Toki, uzoq yillar bir sohada mansab kursisida qolib ketgan, yangilikdan yiroq, yangi O‘zbekiston deb yuritilaetgan davlatning ravnakiga befarq bo‘lgan rahbarlar almashmas ekan, yurt ertasi haqida jon kuydirish be'mani va befoydaligicha qolaveradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyul 2017
Xiva yodgorliklari 19 may kungi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tag‘in «rekonstruktsiya» qilinadigan bo‘ldi. Qarorga ko‘ra Xiva xonining yozgi «Nurillaboy» ...
5 noyabr 2021
O‘zbekistonda internetdagi bir qancha tarmoqlarning bloklab qo‘yilishi ko‘plab foydalanuvchilarning keskin noroziligini keltirib chiqarishi ortidan bu ishga aloqador ko‘ringan ayrim ...
3 sentyabr 2018
Gruziyadan chemodon ichida yashirinib Turkiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 27 yashar F.T. ismli ayol ushlandi. Turk nashrlarining 1 sentyabr kuni ...
23 oktyabr 2020
Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining feysbuk sahifasida 22 oktyabr kuni yozishicha, Zangiotadagi 21-koloniyada saqlanayotgan onasining sog‘lig‘i ancha yomonlashgan va unga ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...