Asosiy mavzular
2 noyabr 2023

Calimboyga o‘xshashni orzu qilayotgan vazir

Hukumatdagi Eltuz manbalarga ko‘ra, sobiq AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.

Shuhrat Sodiqov shu yilning fevral oyida Bosh vazir kotibiyati rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U 2018 yilning avgustidan 2021 yilning noyabrigacha Axborot va Kommunikatsiya Texnologiyalari vaziri lavozimida ishlagan.

O‘zbekistonda Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, «Odnoklassniki» kabi tarmoqlar vaqtincha cheklanishi ortidan prezident farmoni bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Sodiqov lavozimdan olingan kuni kabinetidan uni DXX xodimlari to‘g‘ri «Gvardeyskiy»ga olib borishgan. Sodiqovni 10 kun davomida so‘roq qilishgan, biroq oraga Bosh vazir tushib uni javobgarlikdan olib qolgan.

O‘sha vaqtda prezident videoselektorlardan birida uni «xoin va sotqin» deb atagan edi.

Shuhrat Sodiqovni yaxshi tanigan Eltuz insayderiga ko‘ra, u AKT vaziri bo‘lib ishlagan davrda o‘z yordamchisini UCELL kompaniyasiga soxta hujjatlar bilan ishga joylashtirib, uning nomiga “oltin” kartochka ochtirgan.

Bu katrochkaga ish haqi sifatida har oy 100 mln so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib turilgan.

Yordamchisi esa ushbu pul mablag‘larini naqdlashtirib, Sodiqovning ayoliga har oy berib turgan.

Ushbu masala DXX tergovchilari tomonidan o‘rganilgan, biroq Sodiqov “afv” etilgani bois  «o‘yindan chiqarilgan».

Yordamchisi va boshqa shotirlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi Toshkent shahar IIBBga yuborilgan. Bu ish hozirga qadar yopilmay turilgani ishoniladi.                                                                             

Shuhrat Sodiqov o‘tgan oyning boshida o‘g‘li Ulug‘bek Muhammadjonovni uylantirdi.

To‘y Poytaxdagi Osiyo Grand to‘yxonasida, (Prezidentni dabdabali to‘ylar o‘tkazishni to‘xtatishga chaqiriqlariga qaramay) dabdaba bilan o‘tkazilgani aytiladi.

To‘yda Muhammadziyo degan hofiz “Qorasuvda ham pul ko‘payib ketdi”  va Shuhrat Sodiqovning oilasiga qarab “sizlarda ham pul ko‘payib ketdi” deya qo‘shiq kuylab berdi. (Eslatish joiz Qorasuv – Shuhrat Sodiqov istiqomat qiluvchi mahalla)

Shuhrat Sodiqovni yaqindan bilganlar haqiqatan ham unda pul ko‘payib ketganligini tasdiqlashadi.

AKT vaziri bo‘lib ishlagan davrida Toshkentning Qorasuvida uchta dang‘illama uchastka qurdi, ayoli va farzadlariga qo‘sha-qo‘sha mashinalar podarka qildi.

Oila a'zolari Salimboyga havas qilib, barcha mashinalariga 010 davlat raqamini taqib olishgan, deya iddao qiladi Eltuzning hukumat tizimidagi manbasi.

Ayni iddaolarning ayrimlarini mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlash imkoniyati Eltuzda yo‘q.

Tag‘in o‘qing
16 iyun 2024
Fazliddin Madaliev “Fazliddin Madaliev” fermer xo‘jaligi rahbari. U 17 gektar yerga g‘alla ekkan edi.Markaziy Farg‘ona cho‘llarida joylashgan ekin maydonlarida ...
12 yanvar 2016
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 11 yanvar kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida bo‘lib o‘tgan maxkamada sudlanuvchi Aramais Avakyan tergovda o‘ziga nisbatan ...
13 may 2016
Varshava tsirkining Toshkentdagi gastroli chog‘ida tsirkda tomosha ko‘rsatayotgan fillar quturib, tomoshabinlarga tashlangani haqida xabar tarqaldi. Voqeani o‘z ko‘zi bilan ...
29 oktyabr 2019
Joriy yilning oktyabridan O‘zbekiston maktablaridagi darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashi bilan boshlanadigan bo‘ldi. Bu haqda 25 oktyabr kuni Xalq ta'limi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...