Qo‘rg‘ontepa internatida bolalar urilgani surishtirilmoqda
Andijon viloyatidagi Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan bolalarning kaltaklanganligi yuzasidan surishtiruv boshlandi. 4 noyabr kuni Eltuzning telegram kanalida Qo‘rg‘ontepadagi Muruvvat uyida kaltaklangan himoyaga muhtoj bolalar aks etgan videoni e'lon qilingan edi.
Bugun Xolat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 12:05 larda, Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo‘lgan.
Hozirda holatga konuniy baho berish bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.
Ushbu holat bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha malumot taqdim etiladi, deyiladi rasmiylar xabarida.
Eltuz voqealar jarayonini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.