Asosiy mavzular
5 noyabr 2023

Qo‘rg‘ontepa internatida bolalar urilgani surishtirilmoqda

Andijon viloyatidagi Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan bolalarning kaltaklanganligi yuzasidan surishtiruv boshlandi. 4 noyabr kuni Eltuzning telegram kanalida Qo‘rg‘ontepadagi Muruvvat uyida kaltaklangan himoyaga muhtoj bolalar aks etgan videoni e'lon qilingan edi. 

Bugun Xolat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Xabarga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 12:05 larda, Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo‘lgan.

Hozirda holatga konuniy baho berish bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi  tomonidan ishchi guruh tuzilib, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha malumot taqdim etiladi, deyiladi rasmiylar xabarida.

Eltuz voqealar jarayonini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
8 iyun 2018
«Zarafshon» zonasiga etap qilingan siyosiy mahkum Muhammad Bekjon 2002 yilning bahorida ayni modda bilan tuhmat qilib ayblangan Rustam Mamatqulov ...
4 noyabr 2019
4 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA saytida prezident Shavkat Mirziyoevning qizi Saida Mirziyoevaning tug‘ilgan kuni sharafiga ...
10 iyul 2017
6 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat sud-huquq tizimini keskin tanqid qilishi ortidan O‘zbekiston sudyalari xalqqa murojaat bilan chiqdi. ...
3 oktyabr 2018
Yaponiyaning NHK, TBS va JNN axborot manbalari xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, Andijon viloyatida tug‘ilgan va Yaponiyadagi kasb-hunar kollejida chet ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...