Anons
25 noyabr 2023

Diqqat! Eltuz surishtiruvi

Ota – Abduvali Abdullaev qidiruvga berilgan. O‘g‘il – Rahmatulla Abdullaev bir qator sudlarga ayblanuvchi sifatida qatnamoqda. Ota-bola sanoqsiz tadbirkorlardan aldov yo‘li bilan millionlab dollarni olib qo‘ygan. Banklardan davlatning millionlab dollarini o‘zlashtirgan. Ammo o‘g‘il hamon ochiqda yuribdi. Mablag‘lar egalariga va davlatga qaytarilmagan. Nurafshon prokurori Sanjar Solihov ota-bola jinoyatchilarni qamashni talab qilmoqda. Ammo sud tizimidagilar Abdullaevlarni himoya qilayotgan qudratli shaxslarga qarshi bora olmasliklarini aytadilar. 29 yashar Rahmatulla Abdullaev prezident maslahatchisi o‘rinbosari Jobir Azimovning akasiga kuyovdir. Abduvali va Rahmatulla Abdullaevga yana bosh prokuratura va ichki ishlar vazirligidagi yuqori amaldorlar yordam bermoqda. Nega? Bu haqda Eltuz surishtiruvi tez kunlarda. Ota – bola Abdullaevlar va Jobir Azimovdan jabr ko‘rganlar bo‘lsa Eltuz botiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Eltuz – el og‘ziga elak tutma! Eltuz – el og‘ziga elak tutma!

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2019
Deputatlikka nomzodini qo‘yishga uringan, biroq rad etilgan shahrixonlik shifokor Otabek Ahliddinovning saylovni tanqid qilgani uchun unga bosim bo‘layotgani haqidagi ...
12 fevral 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
22 fevral 2017
18 yil qamoqda bo‘lgan taniqli jurnalist, 63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqdi. ...
7 may 2018
Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, jumladan, Germaniya, Osiyoda esa Yaponiya atom elektr stantsiyalari o‘rniga qayta tiklanadigan muqobil energetikaga o‘tish qat'iyatini ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...