Диққат! Элтуз суриштируви
Ota – Abduvali Abdullaev qidiruvga berilgan. O‘g‘il – Rahmatulla Abdullaev bir qator sudlarga ayblanuvchi sifatida qatnamoqda. Ota-bola sanoqsiz tadbirkorlardan aldov yo‘li bilan millionlab dollarni olib qo‘ygan. Banklardan davlatning millionlab dollarini o‘zlashtirgan. Ammo o‘g‘il hamon ochiqda yuribdi. Mablag‘lar egalariga va davlatga qaytarilmagan. Nurafshon prokurori Sanjar Solihov ota-bola jinoyatchilarni qamashni talab qilmoqda. Ammo sud tizimidagilar Abdullaevlarni himoya qilayotgan qudratli shaxslarga qarshi bora olmasliklarini aytadilar. 29 yashar Rahmatulla Abdullaev prezident maslahatchisi o‘rinbosari Jobir Azimovning akasiga kuyovdir. Abduvali va Rahmatulla Abdullaevga yana bosh prokuratura va ichki ishlar vazirligidagi yuqori amaldorlar yordam bermoqda. Nega? Bu haqda Eltuz surishtiruvi tez kunlarda. Ota – bola Abdullaevlar va Jobir Azimovdan jabr ko‘rganlar bo‘lsa Eltuz botiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Eltuz – el og‘ziga elak tutma! Элтуз – эл оғзига элак тутма!