Asosiy mavzular
13 noyabr 2020

Dunyo dardiga darmon topayotgan ikki turk qissasi

“Ug‘ur” degani eski turkchada “muvaffaqiyat”, “omad” degan ma'no beradi. 

Ug‘ur hali uch yosh ekan, ishchi oilaning farzandi o‘laroq Iskanderundan Germaniyaga ketdi. Bu 1965 yil edi. Onasi va otasi nemis tilida yaxshi gapirmasdi. Shu bois, uyda faqat turkcha gaplashdilar. 

Ug‘ur o‘z tengdoshlaridan nemis tili borasida oqsadi. Nemis ta'lim tizimi keskin va shafqatsiz. O‘qituvchilar “Bu bola o‘qiy olmaydi”, deb hukm chiqardilar. Ug‘urni zaif o‘quvchilar o‘qiydigan hauptschulega yuboramiz, dedilar. 

Germaniyaga Turkiyadan ishchilar ko‘chib kelgan ilk yillar edi. Ko‘chmanlarning o‘n minglarcha farzandlari nemis tilini yaxshi bilmagani uchun shu tariqa yaxshi ta'limdan mosuvo qolgan arosat bir davr edi.

Ammo Ug‘ur omadli edi…

Uning nemis qo‘shnisi dunyodagi eng ezgu va mehribon ayol edi. Qo‘shni nemis ayol Ug‘urni qo‘lidan tutib, uning ota-onasi o‘rniga maktab majlisiga bordi. O‘qituvchilarga qarata “Bu o‘quvchini hauptschulega yuborishga haqlaringiz yo‘q”, dedi. 

“Bu qobiliyatli o‘quvchi. Bir oz ustida ishlang”, dedi qo‘shni. “Faqat darsda olgan baholariga qarab uni aqlsizlar maktabiga yuborishga qaror qilibsiz. Bu bola balki hammamizdan ham ko‘ra aqllidir. Faqat tilni yaxshi bilmaydi. O‘z fikrini ifoda qila olmaydi. Unga yana bir imkoniyat berishga majbursiz”, dedi qo‘shni xotin. 

Qo‘shni xonimning astoydil intilishi Ug‘ur hayotining o‘zgarish nuqtasi bo‘ldi.  O‘qituvchilar bu qo‘shnining gaplarini inobatga olishdi. Ug‘urni yana imtihon qildilar. Ug‘ur o‘zining zakiy va bilimdon ekanini ko‘rsatdi. 

Kyoln universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirdi. Professor bo‘ldi. Professor Ug‘ur Shohin. Uning hayot yo‘lida bir go‘zal qiz chiqdi. Bu qizning ismi O‘zlam edi. O‘zlam To‘rachi. “O‘zlam” degani eski turkchada “sog‘inch” ma'nosida. 

Tanishdilar, bilishdilar. O‘zlam Istanbulda dunyoga kelgan edi. Otasi vrach edi. Ug‘urning ota-onasi kabi O‘zlamning oilasi ham Germaniyaga ko‘chib kelgandi. O‘zlam otasi yo‘lidan ketib,Saar universitetida tibbiyotni o‘qigandi.  

Ug‘ur O‘zlamga uylandi. 2008 yilda bu ikkisi Biontech biotexnologiya shirkatini ochishdi. Saraton kasaliga davo topamiz, deya mujodala boshlashdi. Ularning tadqiqot natijalari shu qadar umid beruvchi ediki, Germaniya dori sanoati devlari – Andreas va Thomas Strüngmanndiqqatiga sazovor bo‘lishdi. 

Dori sanoati ortidan milliarder bo‘lgan aka-uka Strungmanlar Ug‘ur va O‘zlam shirkatiga 180 million dollar hajmida boshlang‘ich sarmoya kiritdi. Buning ortidan AQShning Fidelity sarmoya shirkati investitsiyasi jalb etildi.

Navbatda inglizlarning Janus Henderson va Germaniyaning MIG Fonds sarmoya shirkatlari bor edi. Ular ham pul tikdi. Yevropa investitsiya banki va Germaniya hukumati moliyaviy qo‘lladi. 

Ikki turk qurgan shirkat Bill Geyts e'tiboriga tushdi, Bill & Melinda Gates jamg‘armasi 100 million dollar tikdi. Shirkat AQShning Nasdaq texnologik birjasiga chiqdi. Shu kunda Biontechda 1100 kishi ishlaydi. Ulardan 400 nafari olim. 

Viruslarga taqlid qilingan nanoparchalarni yaratdilar. Kishilarni maxsus vaktsina bilan emlab, saraton xastalariga umid berdilar. 60 dan ziyod patent olishdi. Shirkatning bugungi qiymati 9 milliard dollar. 

Germaniya va AQShdagi tibbiyot sohasidagi nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritishdi. Turkiyani keyingi 20 yilda boshqarayotganlar uyalsin deya yozayotganim yo‘q. Bu ikki olimga Turkiya bir narsa bermadi, lekin mintaqadagi Eron hukumati ularni taqdirladi. Bundan 5 oy oldin Tehrondagi tantanada Eronning tibbiyot sohasidagi eng katta sovrinini Ug‘ur Shohinga taqdim qildilar. 

Biontech boshqaruvida ilmiy kengash bor. Bu kengashni shveytsariyalik professor Rolf Zinkernagel boshqaradi. Professor Zinkernagel tibbiyot sohasidagi Nobel mukofotisohibidir. 

Shu kunda butun dunyoda koronavirus vaktsinasi yaratishga juda yaqinlashgan to‘qqiz shirkat bor. Ulardan biri Biontech!

Profesor Ug‘ur Shohin va O‘zlam To‘rachi shirkati bo‘lgan Biontech Xitoynig ulkan sarmoya shirkati – Fosun International bilan kelishuv imzoladi. Xitoy boshlamasiga 135 million dollar sarmoya kiritdi.

Fosun shirkati buning evaziga Biontech shirkati yaratgan vaktsinaning Xitoyda sotilishida sherik bo‘ladi.

Bundan tashqari, Biontech AQShning Pfizer shirkati bilan ham shartnoma imzoladi. Pfizer 120 millionni boshlamasiga berdi va yana 185 million dollar berishni zimmasiga oldi.

Bu pul evaziga Pfizer Biontech vaktsinasining Xitoydan boshqa butun dunyoda sotilishiga sherik bo‘ladi.

Biontechning ilmiy nomi “BNT162” bo‘lgan vaktsinasi klinik sinovini aprel oyida boshlaydi.

Germaniya yaratgan imkonlar zaminida yetishgan ikki turkning dunyoni qutqarish ehtimoli bor.

“Germaniya bizni qizg‘anadi, rashk qiladi”, deganlar esa ikkita shpagat orasidan ham niqobni tarqatolmadi, ukaginam. Bir paytlar “Germaniya  achchiq qismat vatani”, der edik. Tariqat-jamoat-o‘ta johillar koalitsiyasi sababli Turkiya “qalampirli vatan” bo‘ldi.

Yeniçağ gazetasi muxbiri Yilmaz O‘zdil (Yılmaz Özdil) maqolasini “Eltuz” tarjima qildi.

Tag‘in o‘qing
25 mart 2016
Daraxtlar himosi uchun imzo yig‘ayotgan ekologik harakat faoli Farida Shafiullinaning so‘zlariga ko‘ra shahar ma'murlarining keyingi harakati mutlaqo mantiqsiz: «Shaharga ...
23 yanvar 2017
O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ...
8 aprel 2020
17 yildan buyon Britaniyada istiqomat qilayotgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori¸ professor¸ agrokimyogar, tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) 5 ...
6 aprel 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning moliya tizimi va tender «o‘yinlar»ini tanqid qilgani ortidan O‘zbekistonda ochiq tender savdolari bekor qilindi va davlat ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...