Asosiy mavzular
15 dekabr 2023

Prezident nabirasining emchagi – RTdan va'z

Mana xafta aylanib siz bilan yana yuzma yuz, betma betman. Yaxshimisizlar azizlar. Tashqarida qahraton sovuq bo‘lsa ham, diydoringiz issiq.

MS: Anajon dayan suvuqlar galdi. Xonqada minus 20. Ashak o‘ldiradon suvuq. Nichiksizla yoshulli, yoshi kichchi doyilo, mo‘chchi oybika ham xo‘jik brrilo. 

Video sovuq haqida parcha

Kecha taniqli bir  firqa amaldori  Eltuzning yutubdagi kanalida Rassom Tuz va'zlarini qoldirmay xar xapta ko‘rib borishini aytdi. Bugun xu anavi tepadagi idorada  ishlaydigan samarqandlik tanishim ham shunday dedi. Ruscha aytmoqchi «priyatno udivlen» (xayron bo‘laroq sevindim) O‘tkan xaftadagi sonini 276  ming kishi ko‘ribdi. Salim  G‘afur banditlar haqida yozganiizni  milliondan  ziyod odam tomosha qilgan. Umuman kanalga 600 minga yaqin odam obuna bo‘lgan. Prosmotrlar million-million. Aytgan gaplarimga jon qulog‘ini tutayotgan, ko‘rsatgan tasvirlarimni astoydil ko‘rayotgan el borligidan mamnunman. Shu tariqa biz o‘zimizni topamiz. 

MS Navoiy oto novvi davadi og‘o…

Navoiy «El netim topgay menikim men o‘zimni topmasam» deb aytgan.

MS: Og‘o, shu har nomojjumada doklod o‘qiysiz. Nerdan chiqadi bigap. Yevreyla zakaz barami yo?

Matchon suqilish shu o‘rinda bu «va'z» g‘oyasi qaerdan kelgani va kimdan ilhomlanganimni aytib, ustoz haqqini xalol qilsam. Ustoz hazrat Behbudiiyni o‘qib, bu loyihaga qo‘l uruvdim. Ustoz lutf qilib, «Gazetaga maqola yozilsa oz odam o‘qiydi, ammo buni teatru qilib ko‘rsatilsa o‘qishni bilmaganlar shuuriga ham yetib boradi» deb yozgan edilar. 

Behbudiyni o‘qib 

Millatning shakllanish bo‘sag‘asida Behbudiy kabi irfon mash'alini qo‘lida ko‘targan va buning uchun umrini fido qilgan oydinlar borligi menga doimo taskin beradi. «Terminator» filmida xujumga nishon bo‘lib bombalangan terminatordan bir zarra qolsa ham o‘sha zarra yana  terminatorga aylanadi. Millat ham shunday. Agar birgina odam jaholat deofoliatsiyasidan omon qolsa u odamning atrofida yana millat shakllanadi. Huddi bir qoshiq uyitqi atrofida sut zarralari birlashib qatiq bo‘lgani kabi. 

Aziz do‘stlarim. Birimiz totor, birimiz tojik birimiz qipchoq, yana birimiz turkman. Shu el bayrog‘ini ko‘targan Chusovitina kabi o‘ris, ukrain va beloruslar ham bor oramizda. Turli inonch vakillari va hech bir mafkuraga inonmaydig‘onlar bor. Ammo barchamizni shu millat vatandoshligi biriktiradi. So‘zlarim shior kabi otashin bo‘lganidan uzr so‘rayman. Bu shunchaki gap emas, nafsilambirdir. Bugun tong chog‘i ichimdan ich ichimdan keldi bu so‘zlar. Bugun va'z tagidagi komentlarni o‘qib elga uzatgan qo‘lim istiqboliga yuz minglab qo‘llar uzatilayotganini ko‘rib chandon quvondim. Endi aytilgan so‘z qadri «avvalgilarga o‘xshamas». 

Mana bu esa bir millatdosh va'z videosi ostiga qoldirgan izoh. 

عبد الحق المطيع

Har bir yangi soni chiqsa, avvalo necha daqiqalik ekan deb, daqiqasiga karayman  chunki xech tugamasa, karab tinglayversam-tinglayversam. O‘zbek tilimning imkonidan, boyligidan zavqlanaversam-zavqlanaversam, shig‘irlarni QODIR MAHSUM kabi ifodali o‘qishidan qoyilqolsam-qoyilqolsam deyaveraman. RYeSPYeKT.

Yana aytsam xech charchamay gurzi-gurzi, to‘qmoq-to‘qmoq suzlar bilan yulg‘ichlaru, poraxo‘ru, muttahamlarning boshlariga solavering, solavering.

MS: Og‘o, qo‘ying bu gaplarni. Shu sovuqda prezidentni oxtiqi amjakini go‘rsatib rasm qo‘yibdi. Suvuq urmiymo, yosh narsa. Zomchodiyn amjak. 

RT: Prezident nabirasining emchagi internetdagi o‘zbek segmentini larzaga soldi. Beshga bir urib, eshshak bilan jimo qiladigan rijollar suruvi uvillab yerlarga og‘onadi.

Matchonboy qozonda bori cho‘michga chiqadi. Oshing xalol bo‘lsa ko‘chada ich. Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma. Bu dono xalqimiz to‘qigan maqollar. Emchak mavzusini esa prezident nabirasi Maryam Tillaevadan boshqalar ham ko‘tarmoqda.

MS 

Ëp bo‘yindo yotomon

Suvo kasak otomon

Suvo chishkan qizloni

Amjakinnan tortomon

Kulgi jingl

Matchonboy sen dunyoga shahvat ko‘zi bilan qarama. Marifat ko‘zi bilan qara.

MS: Sultonposhsho bilan Sherpajonni go‘zzi bilan qorosom bo‘lomi og‘o? Ina siza maktap maorip haqqinda sher. Diqidiq-diqidiq ot galdi, og‘om maktabdan galdi. Popoqini ayri qo‘yip, hammalara salom bardi.

Chuchvaradan maqsad

Chuchvaradan maqsad et yeyish, o‘qishga kirishdan maqsad, o‘qib kelajakda  yetuk mutaxassis bo‘lish.

Ammo chet elga o‘qishga borgan o‘zbek lyuboy ishga kirvolib «soqqa qilib» O‘zbekistonga uzatib turishi yozilmagan qonun.

Ko‘p xollarda yashash izni olish uchun lyuboy bir feyk kursga yozilib qo‘yishadi va qurilishda beton qorishadi. 

Maqsad o‘qish emas….

Ancha oldin AQSh taraqqiyot dasturi doirasida Atlanta shahriga bordim. Shahardagi Jorjiya universiteti jurnalistika fakultetida mehmon bo‘ldim.

Fakultet dekani «bizda bitta o‘zbek talaba bor. Umid granti bilan kelgan. Shuni  sizga ko‘rsatamiz deb uch kundan beri qidirib topa olmadik. Bu bola o‘qish o‘rniga pitstsa tarqatadi» dedi.

Oradan yillar o‘tdi. Davlat puliga o‘qigan bu talabadan jurnalist chiqmadi. 

Chunki yo ilm olish kerak, yo ishlab pul topish.

Jek London romani qahramoni Martin Iden kirxonada ishlaganida kitob o‘qishga rag‘bat va kuch topa olmaydi.

O‘tkan oy Janubiy Koreyadan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba majburan chiqarib yuborildi. Sababi bu o‘zbeklar o‘qishga «palonini qo‘yib», ishlab pul topish payida bo‘lishgan. O‘qish ham ularga «palonini qo‘ydi» Biru bir. 

Janubiy Koreyadagi Hanshin universiteti 22 nafar o‘zbekistonlik talabani amaldagi vizalari bo‘lishiga qaramay, majburan O‘zbekistonga qaytarib yubordi. 

Universitet o‘zbekistonlik talabalarni o‘qishdan chetlashtirish sabablari qatoriga immigratsiya hujjatlarini taqdim etmaslik, yotoqxonadan ruxsatsiz chiqib ketish, yomon o‘qish va odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslikni keltirgan.

Hanshin universiteti bunday chora muqarrar bo‘lgani, chunki ko‘pchilik talabalar immigratsiya uchun moliyaviy talablarga javob bermaganini bildirgan. 

Universitet agar ular noqonuniy ravishda qolsa, bu kelajakdagi xalqaro talabalarni ro‘yxatga olishda salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirgan. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuotga ma'lum qilishicha, talabalarning chiqarib yuborilishiga ularning Janubiy Koreyada o‘qish va yashash tartibini buzgani sabab bo‘lgan. 

Gap shundaki, ular o‘qish maqsadida borgan bo‘lsa-da, ishlashgan va shu sababli ko‘p marotaba dars qoldirishgan. Ularga ishlash mumkin emasligi va bu holat yana takrorlansa, qat'iy chora ko‘rilishidan ogohlantirilgan. 

Biroq talabalar bu ogohlantirishlarga qaramay, o‘z bilganidan qolmay «soqqa ishlashda» davom qilaverishgan. 

Deportatsiyadan bir necha kun oldin 8 nafar o‘zbekistonlik talaba ishdan qaytayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Voqea Koreyada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. 

MS: Mongloyi qoro biloni. Odomlo boravarmin yuripti shu yurtloro.

Mayli bu studentlar ikkichi va joxil bo‘lsa ham o‘z yurtdoshimiz. 

Kelib ishga kirib soxalarni botqoqqa botirib, cho‘ktirishda asqotadi bular.

Aziz yurtimizning aziz farzandi bilib qo‘yki seni vatan kutadi.

Nega banditlar rasmi gazetaga chiqadi?

MS: Og‘o ina Salim qomoqda yotibdi. Tozo yilni qomoqda kutadi. Lekin shu biratni rasmini chiqorg‘onda yuzini bijir-bijir atmadila. Sarapoyonda gashir o‘g‘illog‘on soqqolli Sopormatni yuzini bijir-bijir atvadila. Shuni chushunmadim og‘o. Sopormatni joni jon, Salimboyniki baqlajonmi?

Aksar o‘zbek jurnalistlari aybsizlik prezúmptsiyasi   tushunchasi nimaligini aniq bilmaydi. Bu tushuncha sud tizimi uchun protsedura ekanligidan xabarsiz. 

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevga 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida savol bergan jurnalist xotin «nega qo‘lga olinganlarning rasmi e'lon qilindi, nega yuzi bekitilmadi. Bu aybsizlik prezumptsiyasiga zid emasmi» deb savol berdi.

Menimcha, o‘zbek jurnalistlari dunyo matbuoti standartlaridan bexabar va ular xalqaro matbuotni kuzatmaydi. Masalan 13 dekabr kuni Bi Bi Si nashrida hali sud aybdor deb e'lon qilmagan xarbiy jinoyatchi Yan Petrovskiy surati e'lon qilindi. 

Xo‘sh, Bi Bi Si o‘zbek jurnalisti aytgandek, aybsizlik prezumptsiyasini buzdimi. Yo‘q albatta. Yana bir misol. AQShda Sayfullo Soipov portlash uyushtirib, 8 kishi o‘limiga sabab bo‘ldi. Sud jarayoni yillarni oladi. Ammo o‘sha kunning o‘zidayoq matbuot Sayfullo Soipov rasmini nashr qildi. Xo‘sh, matbuot qachon sud hukm chiqarib Soipovni aybdor der ekan deya  ikki yil kutishi kerakmi? Albatta yo‘q. 

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi qo‘lga olingan banditlar xususan Salim Abduvalievni yuzini bekitmasdan berganida hech qanday huquqiy muammo yo‘q. Bu juda yaxshi amaliyot.

Jinoiy olamni sakrallikdan maxrum qiladigan xolat. 

Ya'ni aybsizlik prezúmptsiyasi sud xodimlari uchun majburiyat yuklaydi xolos.  

Shu o‘rinda o‘zbek jurnalistlarining o‘z kasbini yuzaki bilishi va ko‘p xollarda umuman hech narsani bilmasligi o‘rtaga chiqdi. 

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevga  ham e'tiroz bor.

Toshxo‘jaev «IIB xodimlarida priveligiya (imtiyoz) bo‘lishi kerak deb xato aytdi.

Politsiya haqidagi xalqaro plakatlarda «U sizlardan biringiz, unda imtiyoz yo‘q. U faqat sizga yordam qiladi va himoya qiladi» deyiladi.

Shu bilan birga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevning jurnalistlarga oshkora ma'lumotlar bergani olqishga loyiq.

MS: O‘zi hammani kallasi kadi bo‘lib, bandit-bandit o‘yin o‘ynop boshladilo. Birisi o‘ris yurtdo vechniy ogonni o‘chirsa, yana birisi somoletni ichinda vog‘irdi atip ishtonini chiqorib go‘ttini xotinloro go‘rsatdi. Iloyim biloni go‘ttina sizloq chiqqiy.

Osmon musappa nyus

Nyu Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Hodisa 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu York – Toshkent reysida sodir bo‘ldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yo‘nalish bo‘ylab muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi. 

MS: Uchoqda ichmaslik kerak. Yuz gramm viskining 10 ming metr balandlikda besh yuz gramm ichganchalik ta'siri bo‘ladi.

“Oramizdan chiqsa gar, millatni yaxshi sevguvchi, biz oni dushmon bilib  taffoncha birlan otamiz.”

Bu misralarni buyuk millatsevar yozuvchi Abdulla Qodiriy bundan 100 yil muqaddam yozgan edi. Darvoqe, uni millatchilikda ayblab 1937 yili otib tashlashgan. Bugun ulug‘lanib haykallari qo‘yilgan Usmon Yusupov Qodiriyni otib o‘ldirgan troyka sudi tashkilotchilaridan biri edi.

MS: Og‘o, qomoqda petux atilgan Akrom Malik dayan urod yezalak mo‘llobachcha ham Qodiriy otomizo tazzak otibdi

Jadidlarga qarshi xujum ortida Rossiya maxsus idorasi turganligi haqida menga aytishdi. 

Toshkentda o‘tayotgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Sovet hukumati va qizil bolshevizmning jadidlarni qatag‘on qilgani haqidagi oshkora gaplar kremlga yoqmagan ko‘rinadi. 

Bundan oldin Rossiya propagandasinining O‘zbekistondagi karnaylaridan biri bo‘lgan jurnalist Chernogaev mamlakat mustaqilligi uchun kurashganlar reablitatsiyasiga qarshi chiyillagan edi. 

“Tilda, fikrda, ishda birlik” degan g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid otalar  millatni  jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yuli   G‘arb uslubidagi bilim va ma'rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar va fe'lan vesternizatsiyani qo‘llab chiqishdi. 

Jadidlar lideri Fayzulla Xo‘ja  o‘zbek yoshlari bit bosgan Moskvada emas, balki  ilg‘or davlatlarda, xususan Germaniyada ilm olsin deya yuzga yaqin yosh yigit qizni chet elga  o‘qishga yuborgan edi.

Ammo Fayzulla Xo‘ja otib tashlandi. Germaniyada o‘qib kelganlarning ko‘pi qamoqlarda o‘ldi. Otildi, surgun qilindi.

O‘zbekistonni uzoq vaqt boshqargan rahbarlar, xususan Sharof Rashidov kreml talabi bilan jadidlarni qoralovchi nutqlar bilan muntazam chiqib turdi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin jadidlarga qiziqish ko‘paydi, ammo Karimov boshqaruvining so‘nggi yilarida jadidlar yana taqiq ostida qoldi.

2022 yilga kelib jadidlarga munosabat  davlat darajasida yaxshi tarafga o‘zgardi. Buxoro shahridagi tarixiy maskanda Jadidchilik tarixi muzeyi tashkil etishga kirishildi. 

Jadidlar  tarixiga oid ilmiy va badiiy asarlar, “Tarixning noma'lum sahifalari”, “Qatag‘on qurbonlari” nomli ko‘p jildli xotira kitoblari nashr etila boshlandi. 

O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan 1030 dan ziyod mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlandi. 

Sud tarafidan oqlangan oydinlar  orasida bugun Akram Malikov degan sobiq zek va diniy radikal hujum qilayotgan Qodiriy ham bor.

Tarix takarruri. Stukach mulla aspirant yozuvchi Qodiriyga tashlandi

Toshkentda istiqomat qiluvchi fuqaro  Akrom Malikov (zeklar orasidagi klichkasi, petushok,  A.M Akrom Malik va xk ) FBdagi o‘z sahifasida  ulug‘ yozuvchi Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» asariga xujum qildi.

(Buyuk extimolda hujum buyurtma asosida bo‘ldi) 

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, Qodiriyga hujum  shu kunlarda jadidlarning ulug‘lanishiga qarshi bo‘lganlarning  xizmat topshirig‘i asosida amalga oshgan.  Toshkentda o‘tayotgan jadidlarga bag‘ishlangan tadbir va kelasi yilning jadidlar yili deb atalishi rejalangani jadidlardan dushman yasab kelgan kontorani tashvishga solgan va u o‘z qaramog‘idagi mullabachcha A. Malikov qo‘li bilan «oshga zaxar» solgan.

Abdulla Qodiriy «Mushtum» jurnalida Julqunboy taxallusi ostida mulla imomlarni  haqli tanqid qilgan va ularning millat dushmanlari ekanini fosh qilgan. Bu tanqid liniyasi «O‘tkan kunlar», «Mexrobdan chayon» va «Obid ketmon» romanlarida izchil rivojlanib boradi.

Qodiriy 1937 yili otib o‘ldirilishidan oldin mulla va eshonlarning tahdid nishonida bo‘lgan.

Mullabachchalardan tarkib topkan va jadidlikning ziddi bo‘lgani uchun «qadimchi» deb atalgan bu degenerat to‘da turli yo‘llar bilan Qodiriyga hujum qilib kelgan. 

Bu mullalar  yog‘och otga minib naryoqqa ketvorgan bo‘lsa ham, ular objuvozidagi juldirvoqi avlod  A. Malikov  tamsolida  Qodiriyga hujumni davom ettirmoqda. 

A. Malikov  qamoqda ekanida Eltuz nashrida uni himoya qilgan maqolalar nashr qilingan. Ammo A. Malikov qamoqdan chiqib o‘z ta'birida «DXX bilan aka uka bo‘lgani» ortidan Eltuz yutub kanalida namoyish qilingan «Avtobus» satirik multfilmlar seriyasi  ustidan jinoiy ish ochilishini so‘rab, O‘zbekiston huquq tartibot organlariga rasman murojaat qilgan.

O‘z arizasida jumladan Malikov satirik serialni «mavjud tuzumga qarshi xoinlik namunasi» deya 1937 yil chaqimchiligi ruhidagi jumlalarni qo‘llaydi.

Eltuz bu hujumni ignore qildi. A. Malik kabi singan bir umurtqasiz biologik massaga e'tibor qaratmadi. Ammo so‘z mavzusi ulug‘ jadid yozuvchisi Abdulla Qodiriy bo‘larkan, masala kattalashadi. 

Dang‘aralik adabiyotshunos Rahimjon Rahmat  A. Malikning Qodiriyga qarshi chiqishini «dushmanlik» deb ataydi. 

Bilamizki, dushmanning katta kichigi bo‘lmaydi. Bunday viruslar hali ziif paytida dezinfektsiya qilinmasa katta epidemiya keltirib chiqarishi mumkin. 

A. Navoiy nomli o‘zbek tili instituti aspiranti, fuqaro A. Malikov tolibon va IShIDning aksil milliy g‘oyalari asosida jadidlik, G‘arb liberal demokratiya qadriyatlari va Qodiriyga qarshi chiqadi. 

Bir vaqtlar o‘qiganim «Ming bir kecha» kitobi personaji «Iroqning mevalari shirin shakar» deydi va chotini orasidan najosat olib atrofga ota boshlaydi.

A. Malikovning Qodiriyga hujumi xuddi shu manzaraga o‘xshaydi. 

A. Malikovning IShID (Iroq, Shom Islomiy Davlati) g‘oyalarining maftuni ekani sud jarayonida o‘z isbotini topkan edi. 

Shu bilan birga A.Malikov o‘zining stukach, quloq provakator ekanligini bekitib ham o‘tirmaydi.

Fuqaro A. Malikov 2020 yil 21 noyabrda yozgan maktubida (Maktub nusxasi Eltuzda bor) o‘zining DXXga stukach bo‘lib yollanganini tan olgan edi. Maktubda A. Malikov 2020 yil iyun oyida o‘zi jazo o‘tayotgan  –  48-sonli manzil-koloniyaning koreys millatiga mansub o‘zini Ilya Vasilevich deb tanishtirgan DXX zobiti bilan suhbati ortidan «ularning taklifiga rozi bo‘lganini» e'tirof qiladi. Ushbu maktubda A. Malikov o‘z otasi, Pskent masjidi imomining ham o‘z vaqtida SNB hamkori bo‘lgani va bunday hamokorlik ular uchun oilaviy qadriyat ekanini urg‘ulagan. 

Maktubda yana ta'kidlanishicha, shu «do‘stona» suhbatdan keyin u ozodlikka «uslovniy» chiqarilgan. Maktubdan iqtibos:

«Ilya Vasilevich shu maqolalarni tahlil qilib, javob maqola yozib berishimni iltimos qildi, rozi bo‘ldim.

U men bilan “tanishganidan xursandligini” aytib, xayrlashdi. Men ish joyimga qaytdim. Kun bo‘yi o‘ylanib yurdim.

Orada Shuhrat Musaev degan vloger keldi. U bilan yarim soat gaplashdim.  Suhbat otam va DXX xodimlari nazoratida bo‘lib o‘tdi. Otam meni boshqarish uchun garov edi.

Shunday qilib, 25 avgust kuni afv etilganim ma'lum bo‘ldi,

Menga juda go‘zal muomala qilindi. Bu iltifotlardan hayron qolmadim, tabiiy. Kun.uz.ni ham o‘zlari olib kelishdi. Aynan ularning ta'kidi bilan shaxsimni siyosiylashtirmaslik haqida hammadan iltimos qildim.

Shu tariqa ozodlikka chiqdim, ya'ni qamoq jazosi “protsentga” – majburiy ishda ishlab, olgan oyligimning 20 foizi davlat hisobiga o‘tishi shartligi belgilangan holda «ko‘chaga chiqdim».

O‘sha davr DXXning qattiq nazoratida bo‘ldim.

Menga biriktirilgan rahbar bilan yaqindan “aka-uka” bo‘ldim. U kishi davlatning sodiq xodimi ekaniga ishonchim bor. Va boshdan oyoq xayoli faqat xizmat uchun yo‘naltirilganligini, juda malakali xodim ekanligini ko‘rdim.

U inson men uchun  faqat rasmiy emas, shaxsiy do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish harakatida bo‘ldi. Doim Muhammad Solihning xoin ekanligini menga singdirishga intildi.»

Maktub mobaynida A. Malikov DXX zakaziga ko‘ra,  Asilbek ODIL taxallusi bilan muxolifatga qarshi  maqolalar yozganligini faxr bilan tan oladi. 

«Bu maqolalar mening qo‘rqoqligim yo xoinligimning emas, balki DXXning o‘ziga nomunosib bo‘lgan uslubi uchun bir isbotdir. Otam DXXning hamkori, lekin Allohni rozi qilishni ham istaydi. DXXni xafa qilsa, hayoti xatar ostida qolishini biladi, shuning uchun ularga bo‘ysunadi. Menga bu gaplarni oshkor qilsang, o‘zingga, oilangga kelajakda yomon bo‘ladi, deyilgan.

A. Malikov o‘z maktubida «yolg‘iz» emasligi, kontora bilan hamkorlik qiladiganlar ko‘pchilik ekanini iddao qiladi:

«Hozir ko‘plab siyosatchilar umumiy reja asosida harakat qilmoqdalar: Kamoliddin Rabbimov DXXning xorijdagi ishchisi sifatida O‘zbekiston haqidagi agressiv qarashlarni yumshatadi, hech bir tutumga ega bo‘lmagan, qiyin terminlardan iborat «tahlillari» bilan xalq ongini manipulyatsiya qilyapti»

Ta'kidlash lozimki, bu o‘z ta'birda kontora «hamkori» fuqaro A. Malikov iddaosi edi. Shu o‘rinda Stukachlar yolg‘on gapirishi ehtimolini ham soqit qilmanglar.

Fuqaro Akrom Malikov 2016 yilning 22 iyulida hibsga olingan, keyinchalik sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 159-moddasi – konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va 244-moddasi – jamoat xavfsizligiga xatar soluvchi materiallar tayyorlashda sud qarori bilan aybdor deb topilgan edi. 

Qamoqqa olingan paytda Akrom Malikovning cho‘ntagidan «Islom davlati» jangari guruhining qora bayrog‘i surati joylashtirilgan flesh-karta topilgani sud tergov hujjatlarida yozilgan. 

2017 yilning 13 yanvarida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi Akrom Malikovni Jinoyat kodeksining 159-moddasi – konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va 244-moddasi – jamoat xavfsizligiga xatar soluvchi materiallar tayyorlashda aybdor deb topib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan edi.

Akrom Malikning 2015 yilda muxolifat lideri Muhammad Solih bilan elektron pochta orqali yozishgani ham jinoyat sifatida malakalangan.

Malikov qamoqda paytida Muxammad Solixdan uzoqlashgani va mavjud tuzumni yoqlashi haqida kamida ikkita xat chiqarib internetda nashr qiladi.

Malikovning o‘z yozma iqroriga ko‘ra, u Solih boshchiligidagi muxolif partiya ichiga sizib kirib uni zararsizlantirish va obro‘sizlantyirish  maqsadini ko‘zlagani haqida «DXXni v kurse» qilgan.

Malikovning yozma iqroriga ko‘ra u turli taxalluslar bilan Turkiyada istiqomat qiluvchi shoir va muxolifat arbobi Muhammad Solixni haqorat qiluvchi matnlarni muntazam e'lon qilib keladi.

Malikov aynan Muxammad Solix va uning yozuvchi do‘stlari sa'yi harakati bilan shartli ravishda qamoqdan ozod qilingan edi. 

Eltuz muxbiri shaxsan Xurshid Davronga chiqib, A. Malikovni ozod qilish petitsiyasiga imzo qo‘yishga ko‘ndirgan edi.

Malikov terroristik jamiyat sifatida xalqaro ro‘yxatlarga kirgan ekstremistik tashkilotlarga moyilligini yashirmaydi.

Akrom Malikovning jinoyat ishi bilan 2018 yili tanishgan mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich uning Abdulloh Nusrat taxallusi bilan e'lon qilgan maqolalarida davlatning shariatga asoslangan formatini yoqlashi va o‘z maqolarida  ijobiy aks ettirilganligini yozgan edi.

“Biz fabrikatsiya qilingan har qanday uydirma jinoyat ishiga qarshimiz va odam sodir qilmagan ishi uchun jazo o‘tashini qoralaymiz. Shu jumladan Akrom Malikni ham. Lekin Akrom Malikdan konfet yasash kerak emas”, deb yozgan edi Volosevich.

Bu so‘zlari ortidan Volosevich maqolasida Akrom Malikov yozgan maqolalarning ruscha tarjimasi qo‘yilgan. 

Malikovnning o‘zbek oydinlariga hujumini tarix takrori deb atadim maqola boshida. Bitta misol keltirsam. 

O‘zbekiston arxivlarida jadidlarga qarshi yozilgan chaquvlar bor. Ular orasida 19 yashar student Madhiddin Solixovich Muhammadovning chaquvi uslub jihatdan Malikov yozganlari bilan aynan.

Ëzuvchi Bulgakov aytganiday «qo‘lyozmalar yonmaydi» Sharmandaga shahar keng emas.

MS. Og‘o, sho‘rda tormozni g‘orch attirib bosib, alni ochip, uring potyani.

Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
1 aprel 2019
O‘zbekiston rasmiylari AQSh Mehnat departamenti o‘zbek paxtasini bolalar majburiy mehnati vositasida yetishtirilgan mahsulotlar “qora ro‘yxati”dan chiqargani to‘g‘risida faxr bilan ...
16 aprel 2018
Islom Karimov davrining o‘ziga xos ramzlaridan biriga aylangan so‘kong‘ich va urong‘ich hokimlar bugun ham bu maqomini boy bergisi kelmayotganga ...
24 noyabr 2023
Toshkentda o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan professional boks kechasi tadbirkor-mafiozi G‘ofir Rahimovga xalq nazaridan chetda qolmaganini ko‘rsatish uchun yaxshina bir fursat ...
27 yanvar 2021
«Eltuz» qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi filmda buldozer daraxtzorni surib tashlaydi va o‘rnida hashamdor saroy paydo ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...