Asosiy mavzular
6 mart 2019

O‘zbeklar otasi Shayboniy nega unuttirildi?

“Milliy tarix” mohiyatan konstrukt ekanligi haqida ko‘p gaplashganmiz. Bugungi o‘zbek milliy tarixi o‘tgan asrning 20–40-yillarida Yakubovskiy va boshqa olimlar sa'y-harakatlari bilan kodifikatsiya qilingan, bugungi “bobokalonlar” ro‘yxati ham taxminan o‘sha davrda shakllangan (mustaqillik davrida bu ro‘yxat kichik o‘zgarishlarga uchragan).

Bu ro‘yxatdan juda ko‘p yirik tarixiy shaxslar tushib qolgan. Shulardan biri, o‘zbek millatining asoschilari qatorida bo‘lishga da'vogar davlat arbobi Shayboniyxon ro‘yxatdan tushish bilan birga “qora ro‘yxat”ga ham kirib qolgan. Uning merosini va tarixda tutgan o‘rnini tushunish uchun tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmayapti.

Yosh shoir Xurshid Abdurashid shu shaxsning tarix darsliklaridagi “taqdiri” haqida diqqatga sazovor she'r yozibdi. She'rni quyida keltiraman.

Kechir bizni, seni bobo qila olmadik,
O‘rgan eding axir kimning arpasini xom?
Manfaatlar eshigidan hatlayolmadik,
O‘zi mening bobommisan, Shayboniy bobom?

Soxta moziy aytib berdi boshqa hikoya,
Biz ishondik, zamon bizga shunday o‘rgatgan.
Avlod bo‘lib qilolmadik seni himoya,
Noming tarix tug‘ib ketgan qaro ro‘yxatda.

Kim yaxshi-yu, kim yomonga ajrar odamzot,
Keng emasdir andakkina fe'li xo‘yimiz.
Dashti Qipchoq bahodiri nahot bizga yot?
Haq-nohaqni ajratolmay chuvash o‘yimiz.

Yo temuriy saltanatni tuzarkan qayta,
Dasting qamchi tekkizdimi xalqqa ayovsiz.
Qachon tarix erkak bo‘lib rostini aytar,
Asl kechmish tiklanajak band-u tushovsiz.

Yo Boburga dunyo ko‘rish imkonin bergan
G‘olibliging o‘z boshingga tushdi qimmatga?!
Bu tuproqqa har bir o‘g‘lon shon bo‘lib kelgan,
Qanday tushib qolding, bobo, bunday qismatga?

Bobur Mirzo kabi sen ham ardoqli bizga,
Bir kun tarix niqobini yechib tashlaydi.
Shonli ajdod erursan sen millatimizga,
Turon aslo botiridan yuz o‘girmaydi.

Haqiqatin yutib yotar hozircha moziy,
Har to‘kisda bir ayb derlar hamma zamonda.
Bizni avf et, o‘pkalama, bobo Shayboniy,
Ikki qo‘chqor qaynamaskan bitta qozonda!

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
24 iyul 2017
Xalq orasida yirik ishbilarmondan ko‘ra ko‘proq kriminal avtoritet sifatida tanilgan G‘ofir Rahimovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan internetda u haqda ...
10 avgust 2018
“Uchinchi zarbada og‘riqdan, boshqa og‘riqlarga qaraganda “farqli” og‘riqdan “voh!” deya o‘rnimdan sakrab turganimni o‘zim ham sezmay qolaman. Bu safargi ...
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
11 aprel 2015
Qudrat Bobojon Ular, prezident Karimov nafratlangani va dangasalar deya atagani, ularni ovlashgan, lagerlarga, keyinchalik qaytish chiptasi evaziga mehnatga majbur ...
Bloglar
27 yanvar 2021
Darvozani tambalamagan ekanman. Chiroq yo‘q edi. O‘rnimda cho‘zilib, ko‘zimni yumib yotgandim. To‘satdan hovlimdan ayollarning bir-biri ...
27 yanvar 2021
“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi filmda buldozer daraxtzorni surib tashlaydi va ...
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq ...