Asosiy mavzular
22 yanvar 2024

«Okean ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash'ali»

AQSh poytaxti Vashingtonda barcha davrlarning eng buyuk olimi, xorazmlik Abu Rayxon Beruniyga haykal o‘rnatildi. Haykalni xorazmlik haykaltarosh Jasvand Annazarov yaratdi. O‘zbek tadbirkorlari homiyligi va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi irodasi bilan bronzadan yasalgan bu haykal O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi oldiga o‘rnatildi.

Aslida Beruniy AQShning yuragi bo‘lgan Nyu Yorkdagi markaziy park qoq o‘rtasiga  haykali o‘rnatilishiga loyiq siymo. 1973 yili SSSR va Eronda Beruniy siymosi tushirilgan pochta markalari chiqarilgan. Beruniyni arablar arab olimi, Eronda esa fors olimi,  u tug‘ilgan O‘zbekistonda esa o‘zbek olimi deb bilishadi. 

Abú Reyxán Muxamméd ibn Axméd al-Beruníy o‘z ilmiy asarlarini arab tilida yozgan. U o‘z kitobida oy nomlarini turk tilida keltiradi.

Aynan Beruniy bois,  Xorazmning qadim madaniyati va adabiyoti arab istilochilari tarafidan vayron qilinganini bilamiz.

Beruniy  973 yilning  4 sentyabrida Xorazmning Qiyot shahrida tug‘ilgan va 1048 yili G‘azna shahrida o‘lgan va o‘sha yerda ko‘milgan.

OtvetitOtvetit vsemPereslatDobavit otklik
Tag‘in o‘qing
3 yanvar 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan savoliga javob beradi.
12 aprel 2016
Bugun Eltuz.com sayti O‘zbekistonning og‘riqli muammolaridan biri, o‘zbek so‘mini horijiy valyutaga ayirboshlash masalasini aks ettirgan rassom Elsevarning hajviy rasmini ...
20 iyun 2018
Siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 2003 yilning bahorida «Sangorod»ga etap qilinadi. «Asli davolanish muassasasi bo‘lishiga qaramay, bu zonada etapni kutib ...
15 iyun 2022
30 yildan buyon Toshkentda ishlayotgan turkiyalik 56 yoshli tadbirkor Ug‘ur Aqin (Ugur Akin) “New Life Insurance” MChJdan ikki million ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...