Asosiy mavzular
24 oktyabr 2023

Korruptsiyaga botgan MTRK

Videoda ko‘rganingiz O‘zbekiston Milliy Teleradio Kompaniyasi (MTRK) tizimida 25 yil faoliyat yuritib shu dargohdan pensiyaga chiqqan sobiq rais o‘rinbosari Farhod Ro‘zievning gaplari….

Bir necha yil muqaddam tasvirga olingan bu suhbat MTRKda hech qachon nashr etilmagan.

MTKRda  ishlayotgan ijodkorlarga yaxshigina qalam haqi  ajratiladi. Bu maoshdan tashqari.

Ammo, Eltuzga shikoyat qilgan MTRK xodimiga ko‘ra, original ko‘rsatuvlari deyarli yo‘q bo‘lgan mas'ullar yuqoridagi pullarni o‘zlashtirish maqsadida bir ko‘rsatuvga «10 martagacha qalam haqi yozib olishlari oddiy holga aylangan».

Bu xuddi hali dunyoga kelmagan farzandingizga nafaqa puli olishga o‘xshaydi.

«Teletomoshabin qachongacha siyqasi chiqqan ko‘rsatuvni ko‘rishi, kechadan qolgan taomni isitib yeyishi kerak,» deya yozg‘iradi MTRK xodimi.

Birgina mana shu dasturning o‘zida ham ko‘chirmakashlik emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri «O‘zbekiston24» kanalidan o‘g‘irlangan lavhani tepa qismini xiralatib, viloyat kanalidan uzatib, ortidan birov tayyorlagan materialga gonorar yozib borilgan. Ham «O‘zbekiston24» kanalidan, ham viloyat telekanalidan ayni ko‘rsatuvni berilishidan qanday naf bor?

Mansabdorlarning bu kabi kirdikori yaqinda Qashqadaryo TVsida o‘tkazilgan moliyaviy taftish davomida aniqlangan.

Viloyatdagi bunday nomaqbulliklarni yashirish, bosh hisobchining jinoiy harakatlariga sherik bo‘lib, ularning bu kabi qo‘pol xatolarini tuzatish uchun MTRK tizimidan yil davomida bir necha bor «maxsus» ishchi guruh borib, hujjatlardagi kamchiliklarni to‘g‘rilab chiqishgan.

Xotamtoylikka qoyil qolmay iloj yo‘q.

Taftish ishining biryoqlama ko‘rilishiga manfaatlar to‘qnashuvi yo‘l bermayotgani yanada achinarli.

Aslida bir necha milliard so‘m talon-toroj bo‘lib ketgan joydan 100 mln so‘mga yetar-etmas kamomad, o‘zlashtirish aniqlangani ham hisob-kitob bilan bog‘liq ko‘plab muammoli masalalar yopib yuborilgan degan xulosaga yetaklaydi.

«Nima hozir avvalgidek qilni qirq yoradigan mutaxassislar kammi yoki ularning ko‘zi bog‘liqmi? Tergov ishlarining yuzaki olib borilgani yetmaganidek,  sud surishtiruvda mansabdor J. Tuychiev faoliyatiga huquqiy baho berish o‘rniga undan guvoh sifatida foydalanayotgani-chi,» deydi Eltuzga murojaat qilgan MTRK xodimi.

Qadimda qozining oldiga ishi tushib borgan kishi muammosini tezroq hal kilish uchun qoziga qirq tanga, Jinoyatga aloqador bo‘lgan odam esa yuz tanga beribdi.

Shu payt ishni paysalga solayotgan qozining ishdan ko‘ngli to‘lmagan birinchi kishi: – Qozi janoblari, qirqib-qirqib gapiring desa, shunda qozi: – shoshmang, bu yerda yuz bor, xotir bor degan ekan.

Bu voqea o‘tmishda bo‘lgan esa-da, sud ishlaridagi bugungi ayrim tushinarsiz holatlar kishi dilini ranjitadi. Umuman bu holatni viloyat televideniesi miqyosidagina emas, balki MTRK tizimida kuzatilaetgan manzara deyish mumkin.

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2021
Falsafaning katta bobosi Heygel “Bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi”, degan edi. Ammo bir kontsertning o‘zida korruptsioner hokimlar ikki ...
13 noyabr 2017
Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 yoshli Xayrulla Normetov «o‘ris diniga kirib ketgani uchun» xotinining qorniga pichoq tiqqanini iddao qilib, ...
11 mart 2021
Andijon shahrida yashovchi B.B. qizida OIV (odam immun tanqisligi virusi) aniqlangani bo‘yicha “Eltuz”ga murojaat qildi.  Unga ko‘ra, hozir 17 ...
22 noyabr 2018
Shu yilning 23 noyabrida Urganch tumani ma'muriy ishlar sudi jurnalistlar uyi musodara qilingani yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib chiqadi. Mahkama ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...