Asosiy mavzular
1 fevral 2024

O‘zbekiston Rossiyaga porox xomashyosi sotmoqda

Ukrainadagi bolalarni o‘ldirayotgan o‘ris poroxini O‘zbekiston ta'minlamoqda, bu O‘zbekistonni urush jinoyatchisi sifatida sanktsiyalar botqog‘iga abadiy cho‘ktirishi mumkin.

Porox ishlab chiqarish uchun o‘risga paxta tselyulozasi zarur. Buni sanktsiyalarga zid tarzda Rossiyaga O‘zbekiston sotmoqda. Shu tariqa O‘zbekiston Rossiyaning bosqinchilik urushiga sherik bo‘lmoqda.

Go‘daklarni o‘ldirayotgan o‘ris boltasiga sop bo‘lishdan manqurt mulozimlar uyalayotgani ham yo‘q.

Ukraina mustaqilligini yo‘q qilish va ukrain go‘daklarini o‘ldirish uchun o‘ris askariga qurol ishlab chiqaradigan Rossiya zavodlari porox va snaryad uchun O‘zbekistondan xom ashyo olmoqda.

2020 yili O‘zbekiston Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi Qozondagi porox zavodi bilan shartnoma tuzgan. Bu shartnoma asosida O‘zbekiston Rossiyaga poroxning asosiy komponenti bo‘lgan paxta tsellyulozasini yetkazib bermoqda.

Xalqaro sanktsiya ostidagi Rossiya harbiy zavodlari porox ishlab chiqarish uchun O‘zbekistondan olgan paxta tsellyulozasidan nitrotsellyuloza olishadi. Bu modda porox asosini tashkil qiladi.

Ikkinchidan o‘zbek tsellyulozasi Ukraina shaharlarini bombalayotgan tank zaryadlari uchun ham ishlatilmoqda.

O‘zbekiston tarafi rioya qilishi kerak bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, tsellyuloza Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekistonning bu taqiqni aylanib o‘tib, Rossiya harbiy zavodlariga taqiqlangan tovar yetkazib berishi xalqaro jinoyatdir.

Qozon porox zavodi rahbari «O‘zbekiston porox yasash uchun xomashyo yetkazib berayotgan asosiy postavщik» deya matbuotga faxr bilan bildirdi.

O‘zbekiston tomoni esa jim.

Umuman O‘zbekiston deputatlari o‘ris propagandonlarini qarg‘ab sannash o‘rniga, urushni xom ashyo bilan ta'minlayotgan o‘zbek paxta jalloblari tanobini tortsa bo‘lar edi.

Aynan O‘zbekiston o‘ris miltiqlari, kichik kalibrli artilleriya, tank va aviatsion zambaraklar, raketa zaryadlari, hamda dengiz artilleriyasi uchun qurol yaratishda jinoiy sheriklik qilmoqda.

Hali urush boshlanmagan 2019 yili O‘zbekiston Rossiya xarbiy zavodlari uchun 48 tonna tsellyuloza otgan bo‘lsa, bu raqam Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushidan keyin 1225 tonnaga yetdi va 2019 yilga nisbatan 25 marta ko‘paydi.

Farg‘onadagi bitta zavodning o‘zi 2023 yili Permdagi porox zavodiga 79 tonna xom ashyo jo‘natgan.

Bundan tashqari Rossiyaning Aleksin shahridagi kimyo zavodi ham urush quroli yasash uchun O‘zbekistondan xom ashyo olgan.

Ukrainaga musibat keltirayotgan Tambov porox zavodi ham sanktsiyalarni aylanib o‘tayotan O‘zbekistondan paxta olmoqda.

Rossiya urushini qo‘llab quvvatlab, sanktsiyalarni aylanib o‘tib, porox zavodlariga xom ashyo yetkazib berayotgan o‘zbek shirkatlari ortida O‘zbekiston davlati turibdi.

Masalan Farg‘ona kimyo zavodi muassisi O‘zbekiston milliy bankidir. Bank zavodning yuz foiz egasi.

Urushga xamirturush bo‘layotgan Farg‘ona zavodi rahbari esa Rossiya grajdanlari Rustam Mo‘minov va Mixail Gluxovdir. Yana bir rahbarning ismi Viktoriya Rustamovna Mo‘minova… Har xolda o‘sha manqurtning valadi bo‘lsa kerak.

«O‘ris bizni bosib olmoqchi» deya qarg‘ab sannayotgan fuqaro va deputatlar o‘z davlatining neytral degan maqom ramkasidan chiqib urush jinoyatchisiga aylanganini bilmaydi ham. Agar O‘zbekiston Rossiyani porox xomashyosi bilan ta'minlamaganida extimol, Rossiya omborlaridagi o‘q dorilar ham,  bu dahshatli urush ham allaqachon tugagan bo‘lar edi. O‘zakdan chiqqan o‘t yomon, o‘zingdan chiqqan dushman yomon degan qirg‘iz maqoli bor.

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2022
Karimova egalik qilgan mol-mulkni O‘zbekistonga qaytarish haqidagi Fransiya qaroriga Islom Karimov e'tiroz bildirib chiqdi. 15 fevral kuni O‘zbekiston Adliya ...
28 iyun 2016
Bu haqda bayonot tarqatgan «Ezgulik» jamiyatining bildirishicha, jazo muddati uzaytirilgan G‘anixon Mamatxonov hozirda huquq faoli Kattaqo‘rg‘ondagi 7-sonli tergov izolyatorida ...
4 iyun 2020
Bobil insoniyat tarixidagi eng qadimiy, eng yirik shaharlardan biridir. Uning tarixini kuzatarkanmiz, urbanistik markazlarning uzluksizligini va davomiyligini ko‘ramiz. Bobil ...
4 iyun 2018
O‘zbekistonning 90 foiz bozorini egallagan qo‘shma korxona shaklidagi “O‘zBAT” aktsiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha 1 trillion so‘mdan ortiq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...