Asosiy mavzular
14 fevral 2024

Abror Muxtor Aliy tergov bilan faol hamkorlik qilmoqda

Tergov jarayonidan xabardor insayderlarning aytishicha, diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) tergov oldi surishtiruvida tergovchilar bilan faol hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonda ziddiyatli chiqishlari va og‘zi buzuqligi bilan tanilgan diniy bloger Abror Muxtor Aliy va uning sherigi bundan bir hafta muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudi qarori bilan 15 sutkaga qamalgan edi.

Bloger Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195 (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) moddalarida ifoda qilingan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Eltuz manbasining aytishicha, Abror Muxtor Aliyning tergovchilar bilan suhbatda “jinoyat olami” vakillari haqida shunchalar batafsil va sahih ko‘rsatmalar berayotgan ekanki, tergovchilar ma'lumotlar oqimini qog‘ozga tushirishga ham ulgirishmayotgan ekan.

Shuningdek, tergovchilar hozirda yutubda Abror Muxtor Aliy chiqishlariga eng ko‘p izoh yozgan, uning sodiq muridlari to‘liq ro‘yxatini ham shakllantiribdi. 

AOKA huzuridagi monitoring markazi Abror Muxtor Aliyga eng ko‘p izoh yozgan niklar ortidagi real shaxslarning ism va familiyalarini aniqlab, ularni tarjimai hollari bilan birga tergovga taqdim etgan.

“So‘z minglagan shaxslar haqida borayapti,” – dedi tergov jarayonidan xabardor manba. – “Izoh yozganlar monitoring markazi nazoratida oldin ham bo‘lgan.”

Ular orasidan davlat idoralarida ishlayotgan davlat xizmatchilari ham aniqlanib, ularning ishi alohida yurituvga olingan.

“Izoh yozganlar orasida ayollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi,” – qo‘shimcha qildi manba. – “Bu ayollar orasidan Turkiya, BAA, Hindiston va boshqa yana qator davlatlarda qizlarni fohishalikka majburlashda gumon qilinib, qidiruvga berilgan bir necha shaxs ham chiqib kelgan.”

Eltuz manbasi faraziga ko‘ra, aftidan ko‘chadagi birodarlarimni sotsam, zora chiqarib yuborishar, degan umid Abror Muxtor Aliyga tinchlik bermayotganga o‘xshaydi.

Yutubda jonli yoyin qilib, unga qarshi fikr bildirgan, o‘zgacha fikrda bo‘lganlarni sotish qanchalar maroqli edi Abror Abduazimovga.

To‘y-marakalarda dasturxon to‘rida o‘tirish, har yil bittadan xotin olish, o‘zbek tadbirkorlarini qo‘rqitish, tovlash va talash qanchalar masrur etardi uni.

Islom tsivilizatsiyasi markazi sobiq xodimi, bloger Abror Abduazimov o‘tgan yil fevralida bloger Nikita Makarenkoga tuhmat qilganlikda ayblanib, sud qarori bilan, 500 dollarga yaqin jarimaga tortilgan edi.

Avvalroq 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va o‘tgan yil oxirida ozodlikka chiqqan bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jaev Abror Muxtor Aliy bilan tortishuvdan so‘ng hibsga olingani xabar qilingan edi.

Abror Abduazimovning 2022 yil yanvarida 3 yilga ozodligi cheklangan boshqa bloger – Miraziz Bozorov ishiga ham aloqasi bor.

O‘zbekistonda tanqidiy chiqishlari uchun ko‘plab bloger va jurnalistlar qamalayotgani va jarimaga tortilayotganiga qaramay, YouTube tarmog‘ida 700 mingdan ziyod obunachiga ega va tez-tez provokatsion postlar joylaydigan Abror Abduazimov 2023 yil fevraliga qadar biror marta sudlangan emas.

Biz suv osti kemasimiz, degandi o‘zining cho‘kmasligiga ishora qilgan edi diniy blogerning o‘zi.

Abror Muxtor Aliy qamalganidan ko‘p o‘tmay feysbuk yuzerlaridan birining qoldirgan izohi uning bu aytganlariga javobday yangradi: “Suv osti kemasi teshilganga o‘xshaydi”.

Balki Abror Abduazimov 15 kundan keyin qo‘yib yuborilar, balki unga jinoyat ishi ochilar. Bunisi Eltuzga qorong‘u. Eltuzga yon bo‘lgani, teshilgan kemani yamash endi qiyin bo‘ladi.

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2018
Shvetsiya poytaxti Ctokholm shahrining shimolida joylashgan Akalla mavzeida 30 aprel kuni terror akti rejalaganlikda gumon qilingan uch toshkentlik va ...
13 may 2019
Negadir keyingi paytlarda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) haqida gap ketganida beixtiyor yodimga Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning mazmunan ...
16 mart 2017
So‘nggi vaqtlarda mamlakatda korruptsiya mavzusi faol muhokama etilayotganiga ishora qilgan Kun.uz sayti Kommersant.uz internet nashriga asoslangan holda iqtisodchi ekspert ...
9 sentyabr 2019
O‘zbekistonning eng mashhur mehmonxonasi ancha arzon narxda sotuvga qo‘yilganiga bir necha oy bo‘lganiga qaramay, shu paytgacha uning xaridori topilayotgani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...