Asosiy mavzular
17 fevral 2024

Eltuz taqillatgan eshikni Lola sotdi

Anjanliklar uyni «eshik» deydi.  O‘lib ketgan O‘zbekiston prezidenti  Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaeva egalik qilgan Beverli Hillzdagi hovlini «eshik» emas «qasr» desak yarashadi.

Eltuz muxbirlari bu uyga hali Lolaning otasi tirik paytida, 2015 yilning oktyabrida borib, eshigini taqillatib, «bu uy, mabodo, o‘zbek xalqining peshana teriga olinmaganmi?» degan savolni berishga jur'at qilgan edi. 

Shu kunlarda Karimovning  qizi Lola o‘z qasrini 36 million dollarga sotdi. Lola Karimova-Tillaeva hamda uning eri Timur Tillaev Beverli Hillzdagi 2011 yilda qurilgan Le Palais’ni 2013 yilda 32 million dollarga oluvdi.

Beverli-Hillz (Kaliforniya) ko‘chmas mulk reestriga ko‘ra, Le Palais nomi bilan tanilgan taxminan 4450 kvadrat metrlik ushbu saroy 36 million dollarga sotilgan.

Sotuvchi O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaeva va uning eri Timur Tillaevga aloqador shirkat bo‘lib chiqdi. 

Xaridorning shaxsi noma'lum. Balki bir kissadan yana bir kissaga o‘tgandir. 

Uy 2011 yilda Los-Anjeles hududida ko‘p sonli hashamatli uylar qurgan, Gigi va Bella Hadidning otasi Muhammad Hadid tomonidan qurilgan. Uy Beverli-Hillz mehmonxonasi qarshisida joylashgan bo‘lib, qo‘lda o‘yilgan frantsuz ohaktosh fasadi bor. Mulk hujjatlarida uning yettita yotoqxonasi borligi ko‘rsatilgan.

Karimov qizining bu qimmatbaho qasri, Lola Karimovaning Los Anjelesdagi The Harmonist deb nomlangan atir do‘konidan bir necha minutlik masofada joylashgan.

2020 yilning avgustida Amerika matbuoti Lola Karimova-Tillaeva Hollivud tepaliklaridagi uchta villasini sotuvga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Eltuz muxbiri Lola Karimova o‘z otasi prezidentligi davrida uning eshigini qoqib, shuncha million pulni nima uchun Los Anjelesdan qimmatbaho villalar sotib olishga sarflagani haqida so‘ragan edi. 

2015 yilgi o‘tkazilgan Eltuz jurnalistlarining surishtiruvda O‘zbekiston Moliya vazirligining sobiq xodimi Shermamat Abdullazoda ham ishtirok etgan. 

Hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Shermamat Abdullazoda, O‘zbekiston Moliya vazirligida ishlagan vaqtida, unga O‘zbekistonda ba'zi savdo firmalarining barcha soliqlardan ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘lgan maxfiy hujjatlar uchraganligini aytib bergan edi. 

Lola Karimova yashayotgan uyning bozordagi bahosi o‘sha 58 million AQSh dollarida baholangan. 

Anvar Shermamatni esa bir savol o‘ylantiradi: Lola Karimova shuncha katta miqdordagi pulni qaerdan oldi va North Crescent Drive ning 900 manzilidagi bunchalik qimmat uyni qaysi manbalar hisobiga ta'minlab turibdi?

33 millionga sotilgani aytilayotgan qasr Karimova-Tillaevlarning ushbu mavzedagi yagona ko‘chmas mulki emas.

«Eltuz» 2020 yilning 5 iyulida Los-Anjelesda juda qimmatga baholangan uchta investitsiya ob'ektlari bir vaqtning o‘zida sotuvga qo‘yilgani haqida yozdi. 

Hashamatli ushbu villalar 5.995 milliondan 6.495 million dollargacha bo‘lgan narxlarda taqdim etilgan. 

Ushbu uchta obektning barchasi biznesmen Timur Tillaev va uning homiy rafiqasi, marhum prezident Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevalarga tegishli bo‘lgan.

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2019
«2006 yilning o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistondagi hamma zonalar boshliqlari birinchi yordamchisi etib MXX vakillari tayinlanadi. Bunga 2005 yil may oyida ...
18 aprel 2020
«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi. 109 ...
11 fevral 2020
Ijtimoiy tarmoqda «Ilhom» teatridan binoning olib qo‘yilishiga qarshi norozilik ortidan 11 fevral kuni Madaniyat vazirligi teatrning o‘z o‘rnida qolishini ...
29 mart 2017
Mirziyoevning kuyovi Otabek Shaxanov, O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga rasmiy safari chog‘ida o‘zbek delegatsiyasi tarkibida ko‘rindi. 22-mart kuni tasvirga olingan prezident ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...