Asosiy mavzular
5 aprel 2024

Kitob o‘qimaydigan hokim – RTdan va'z

RT: Mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzma yuz betma betman. Siz azizlar diydoriga musharraf bo‘lganimdan baxtiyorman.

MS: Nichiksizla, mo‘chchi oybika xo‘jik brrila.

RT: Mana yilning to‘rtinchi oyiga ham qadam qo‘ydik. Keldingmi aprel. Endi bizga qo‘rqinchlimas sovuq hamda sel.

MS: Idala gullabdi og‘o. Yuring bir tiyinnan o‘tib galali. Girganda bir dulli o‘lib girali, chiqqonda bir dulli bo‘lib chiqoli

RT: Jiyda gullagan paytda undan chiqadigan ifor odamni esini og‘dirishi mumkin. Sen yaxshisi o‘rik gullagani haqida gapir Matchon Suqilish

MS: Olmo gullabdi og‘o.  Xozoris olmo. Ëqinda pishadi. Olmo pishganda galing, tiyina chshganda galing. Soqqollarim jumalak, belima chshganda galing. Pora olg‘on hokimla qomoqo chshganda galing.

RT: Matchonboy Xorazm olis joy. Bir ming bir yuz kilometr.

MS: Galing dapam oytmiyman, galmang dapam oytmiyman. Agar hiyol atsangiz ko‘nglingiza chishganda galing. Og‘o, nichik bizni ijod.

Matchonboy, bir narsa yozish uchun oldin o‘qish kerak.

MS: Lenin buvo oytvadi. O‘qish, o‘qish va yenam bir marta o‘qish dap.

RT: O‘qish, o‘qish, o‘qish. Bu gapni anjancha qilib Lenin aytgan 1918 yilda. Lekin 2024 yilda Toshkentning eks hokimi Ortiqxo‘jaev umuman kitob o‘qimasligini aytdi.

MS: Og‘zi qiyshiq bo‘lsom, kitob o‘qimosom boy so‘llasin. Plli pl topor, plsiz dardisar. Bar poroni o‘ldir buxoroni.

RT: Matchonboy, sen aytgan maqolda o‘ldir fuqaroni bo‘lishi kerak.

MS: Lekin xozir ulli yoshullig‘a pora barib Buxoroni buzib yotibdilo.

RT: Maqol hom yangi mazmun kasb etdi.

Poraxo‘riston nyus

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlovchi shaxs Andijon shahrida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning moliyaviy holati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida, MChJga qarashli dorixonalar tomonidan dori vositalarini belgilangan referent narxlardan qimmat narxlarda sotish orqali iste'molchilardan 2,1 mlrd. so‘m ortiqcha pul olinganligi holati aniqlangani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani bekor qilib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur mansabdor shaxs 22,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam 7,5 ming AQSh dollari olganligi ham ma'lum bo‘ldi.

MS: Poroxo‘r nerda xozir

RT: Qamag‘da. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

MS: Quri shu, o‘shshi birat olibmi poroni ?

RT: Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, arxitektor “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” idorasining Andijon viloyati filiali direktori lavozimida ishlovchi o‘zining otasi bilan til biriktirib, tadbirkorga Andijon shahridagi 2 ta manzilda ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishiga oid qurilish sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va'da qilishgan.

Hozirda arxitektor va uning otasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

MS: Nerda bu yetmak?

RT: Qamag‘da.

Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktorining o‘rinbosarini Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

MS: Qomoldimi qon toshog‘on

RT: Qamag‘da. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Anjanchasiga «kiydirish» nimaligini farg‘ona vodiysi eli, xatto tundik qirg‘izlari ham biladi.

Andijon shahrida o‘zini bank xodimi deb, odamlarni kidat qilgan aprs ushlandi.

Oldinam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun qamalib chiqqan chmo  o‘zini go‘yoki “Milliy bank” filiali xodimi deb tanishtirgan.

U ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib,  ushbu pullar hisobidan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

MS: nerda xozir bu aperis, o‘lim bargan?

RT: Aprs qamag‘da. Qamag‘dan chiqsa, yana kelgan joyidan anjanchasiga  kiydirishni davom ettiradi.

Sirg‘ali sudyasi qo‘lga olindi

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 28, 211-(pora berish) moddalarining tegishli qismi bilan qo‘lga olindi.

Sudyalar oliy kengashi sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berdi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Shunday qilib bir hafta ichida ikkinchi sudya ushlandi. Sudya qamag‘da…

Toshkent shahrida abiturientni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olindi.

3000 AQSh dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga joylab, keyinchalik uning o‘qishini Samarqand tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishni va'da qilgan, hamda oldindan 1500 AQSh dollari olgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aprs qamag‘da

Samarqandlik 36 yashar aprs 23 yashar lox qashshoqni cherez Meksika  AQShga yuborishni va'da qilib undan 36 ming AQSh dollari oldi.

Bu lox Meksika chegarasiga borib «okamgilarga haqini beruvdim» deb AQShga o‘tmoqchi bo‘lganida chegara xizmati tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Shundan so‘ng, bu lox sarflagan pullarini qaytarishni talab qiladi.

Aprs bo‘lsa uka, mashini obturing deb 18 ming AQSh dollarini beradi.

Keyin esa  ko‘cha yasavogan toshkentlik 46 yashar quruq bilan  o‘zaro til biriktirib, Meksikadan qaytgan fuqaroni o‘g‘irlab undan pul talab qilishni rejalashtiradi.

Mafiya kinolarini ko‘rib, ko‘ti qichigan bu quruq o‘yinchoq pistolet bilan kelib, anavi loxni o‘g‘irlab ketib tahdid qiladi.

Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Yuqorichirchiq tumanidagi dala hovliga o‘g‘irlab kelingan shaxsni va buyurtmani bajarish uchun talab qilingan pullarni qabul qilib olgan jinoiy guruh a'zolari ushlandi.

Ulardan maxsus ishlov berilgan pullar va qo‘rqitish uchun saqlab kelingan metalldan yasalgan soxta pistolet ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2-qismi «b» bandi, Bosqinchilik va 137-moddasi 2-qismi «b» bandi Odam o‘g‘irlash bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda IIV Tergov departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aprs va quruq qamag‘da. Loxlar bo‘lsa suruv shaklida izg‘ib yuribdi.

Xorazm viloyat Ko‘shko‘pir tuman xokimining  Sherali ismli  qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 50 ming aqsh dollari pora olgan vaktda ko‘lga olindi.

Bu poraxo‘r mulozim  oldin Tuproqqala tumanida Qo‘shko‘pirning joriy hokimi Shuhrat Kurvondurdievich Axmedov bilan birga ishlagan.

Zamhokim qamag‘da. Boshqa mulozimlar ertadan kechgacha nonstop pora olishda davom etmoqda

MS: Bar poroni o‘ldir buxoroni. Novvi davadi Navoiy doyi…

Tenglikni o‘rnatgan to‘pponcha

Kishilar g‘orda yashagan paytda jismonan kuchli barzangilar zaiflarni ezishgan.

Ammo 1836 yilning 25 fevralida vaziyat o‘zgardi.  22-yashar amerikalik Semyuel Kolt har qanday odam bemalol ishlatishi mumkin bo‘lgan to‘pponchani ixtiro qildi.

To‘pponcha uchun 9430X  nomerli patent olgan yigitcha nazarida bu shunchaki  «revolving gun» edi.

Aslida esa bu barzangi va zaif o‘rtasida tenglik belgisini o‘rnatgan mashxur kolt pistoleti edi.

Sen yillar davomida mashq qilib mushak o‘stir, priyom o‘rgan. Boshqa birisi esa cho‘ntagidan pistolet chig‘orib seni otib tashaydi.

Protiv loma net priema.

Mana o‘zidan ko‘cha yasab, men isportchiman, go‘rman degan kachok o‘zbeklarning qanchasini miyasidan darcha ochildi.

Sanoqdanam adashib ketdim.

Mana eng so‘ngisi, sambochi To‘ra Avloqulov oddiy sopqon zambarak bilan o‘ldirildi.

Voqeaning boshlang‘ich nuqtasi Shahrisabz shahar, “Sinabog‘” mahallasi.

O‘sha yerda damasda sandiraqlab yurgan ikki barzangi

To‘ra Avloqulovni ko‘rib qolishdi.

«Sakra og‘ayni» deyishdi barzangilar. To‘ra sambochi ham zerikib turgan ekanmi, shartta damasga mingashdi.

Uchchalasi «eb ichish»  maqsadida soat 19:30 atrofida kafega borishdi.

Yeganda azbaroiy ishtaha bilan yegan, gaplarida million dollarni ag‘ga, million yevroni bag‘ga tepib o‘tirgan barzangilar cho‘ntagi bo‘sh edi.

 Zaqqumiga yegan qashshoqlar, kafeda pulni to‘lash ustida o‘zaro janjallashishdi. Uch marta dolboyop, besh marta idi naxxuy deyishdi.

Janjal davom etavergach, bittasi paypoq ichidan beshta o‘n mingtalikni olib «mana ko‘tingga tiq» degan.  U   50 ming so‘m berib, ovqatlanish xarajatlarini  men to‘ladim deb pisanda qilgan. Lekin ular zaqqumiga yeb yutgan ovqat 50 mingdan qimmat edi. To‘ra Avloqulov  men sen parazitlar uchun hamma pulni to‘lamayman deya 50 ming so‘m pulini qaytarib anavi qurumosoqning kissasiga tiqadi. U bo‘lsa pulni olmasdan «Pulni cho‘ntagingga solib qo‘y» deb aytadi. Yana bir variantda ko‘tingga tiq naxxuy, deydi. Qaysi biri to‘g‘ri vallahi a'lam.

Xullas To‘ra gap yedirgan chmo jahl ustida o‘rnidan turib  ko‘chada turgan damasdan  temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan miltiqni  olib kelib, To‘rani mazgisini sikishni boshlaydi.

To‘ra, ot qo‘lingdan kelsa it deydi. O‘q uziladi. To‘rani peshonasidan sharillab qon oqardi.

Qotil temir quvurdan bo‘lgan miltig‘ini o‘pib, g‘olib qiyofada damas tarafga yuradi.

Ofitsiant bola «pulni to‘lamadingizku» desa qayrilibam qaramaydi.

Skoriy kelib To‘ra sambochini obekatadi. To‘ra moshindayoq omonotni topshirvoradi.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi «o‘lik» deb ispravka yozadi.

Qotil bo‘lsa bemalol damasni minib jiladi. Ammo xuddi shu payt yog‘och to‘qmoq ko‘tarib yurgan bodiringday yam-yashil milisalar keladi.

«To‘xta, sen balki o‘zingdan qochishing mumkin. Lekin adolatdan qochib qutula olmaysan» deydi milisalar.

Qotil ikki qo‘lini uzatadi. Sharaq shuruq kishan taqiladi.

Jinoyat yuzasidan Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan U.Sh.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “d, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari boshlangan.

Qotil qamag‘da. 50 ming so‘m uchun odam o‘ldiradigan zamonmi?

Bilat. Kurva kokain.

MS: Og‘o O‘zbekiston ichindagi atmosfera odamlani negativ harakterini rivojlantirib tashasa garak. Cheta chiqqonlo timmitdin yuriptiqu.

RT: Agar shamol bir musor parchasini osmonga uchirsa u musorligicha qolaveradi. Sifati o‘zgarmaydi.

Bu ma'nodagi ruboiyni xorazmlik buyuk shoir Paxlavon Maxmud yozgan.

Manavi rasmdagi tip  Jur'at Tojiev Xorazmning olis bir tumanida tug‘ilgan va xozir AQShda yuk moshn haydaydi. Trakchi. Gap kasbda emas balki shuncha okean oshsa ham, odamning joxil va do‘ddi bo‘lib qolishida.

Bu tip AQSh konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan tamal haq, ya'ni xotin qizlar erkinligi va gender huquqlariga qarshi gapirib chiqdi. Yutubga video yuklabdi o‘zicha bu sho‘pr.

Uning aljirashicha, «o‘zbek xotin qizlari AQShga kelsa buzilib ketarkan. Chunki AQShda xotin qizlarga teng huquqlilik berilgani shunga sababmish»

Bundan tashqari bu «erkinlik va xotin qiz dushmani» bo‘lgan tip   xotinini o‘ldirgan qotilni oqlab chiqdi.

Eltuz bu tipga oid AQShdagi barcha ma'lumotlarni to‘pladi. Bu erkinlik va xotin qizlar dushmanining qilmish va aytmishlari kerakli joyga yetishi kerak.

Kitob o‘qimaydigan hokim

Hayotimiz oynasi,

Bilimlarning onasi,

Buyumlar durdonasi,

Menga o‘rgatgan odob,

— Bu kitobdir, bu kitob.

Toshkent eks xokimi Joxa biratning «umuman kitob o‘qimayman» degan gapi varning bo‘lyapti.

Birinchidan eks xokim to‘g‘risini aytdi. Boshqa mulozimlarga o‘xshab, yolg‘on gapirmadi.

Ko‘pchilik hokimlar harf tanimasa ham muxbirlar bilan suhbatda «har kuni tinmay kitob o‘qiyman» deb yolg‘on gapiradi.

O‘zi bir aynak yasaydigan romchi tujjor bo‘lsa. Kitob o‘qimasa maqbdi.

Umuman o‘zini ziyoliman, balogirman deb yurgan yaratiqlaram umrida kitob ochib ko‘rmagan.

Masalan, men G‘afur G‘ulomninmg «Shum bola» kitobini o‘ta kam odam o‘qigani, ammo kinosini ko‘rvolib «kitobni o‘qidim» deb o‘tirik so‘zlab yurgan minglarcha odamni bilaman.

Ikkinchi masala. O‘zbek yozuvchilari o‘qisa bo‘ladigan proza yozdimi. Ëki Abdulla Qodiriyning o‘zi aytganidek, tajriba sifatida yozilgan «O‘tkan kunlar» kitobidan boshqa asar yozildimi?

MS: O‘zbek prozasini o‘qimog‘an odam intellektual noqis bo‘lib qolami?

Yo‘q albatta. Jaxon adabiyoti durdonalari tarjimada o‘qilsa yetarli.

Yana Toshkentning eks hokimi Joxa bo‘yicha gap.

Joxa «Dom kino me'moriy obida emas, ko‘kaldosh obida» deya aljirab «Dom kino»ni buzdirganida jim qarab turgan olomon endi uni «kitob o‘qimaydi» deya sazoyi qilmoqda. Joxa «Goluboy kupola»ni buzib, o‘nniga ujas monument qo‘ymoqchi bo‘lganida o‘ris tilli faollar qarshi chiqdi. Musaev kabi vatnik, gopniklar esa hokimning yonini olishgandi. Poziljano‘p va troynoy xojona Yulduz Usmonovayam hokimni maqtab video qo‘yishgandi.

Bugun mana yana bir oligarx Fozilov Buxoro markazini buzib, o‘rniga feyk binolar qurmoqchi.

Ammo o‘zbeklar jiiimgina, qisibgina o‘tiribdi. Faqat Olis Kanadaning so‘lim go‘shasidagi yaxudiy san'atshunos Chuxovich dod solmoqda.

Joxa, salim palimlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Mikrob, amyoba va qurvaqalar sassiq xovuzda paydo bo‘ladi.

Siz bor ekansiz va sizning haybarakallangiz bor ekan joxalar paydo bo‘laveradi.

Dom kino buzilganda shu binoni qurgan me'mor Hayutdinovning bevasi Feruza opa bitta o‘zi borib mung‘ayibgina turdi «buzmanglar» deb.

O‘shanda inshodan besh olgan shairka va shair zoti yoki moshn qimmatladi deya ko‘t yirtadigan ovsar blogerlar qayrilib ham qaramadi bu mushtiparga.

Joxa o‘sha ovsar va yelkasini silab qo‘liga ikki chaqa bersang sevinganidan siyvoradigan o‘zbek yozg‘uvchilari kitobini o‘qimay to‘g‘ri qilgan.

MS: Og‘o, shu Maxmud G‘aznaviy degan poshsho o‘tkan qodimdo, vuni bir quli bor adi.

RT: Maxmud kim ediyu, uning quli kim bo‘ldi?

MS: Og‘o bir gap oyting siz kitobni qodri hoqqinda. Biza qo‘shiqa qo‘sholi, Hokimla kitob o‘qimag‘an zamonda hech o‘lmasa el qo‘shiqni ishitar oxir.

Vahshat vodiysida kechdi asrlar

Aljabr ustodin tuqquncha yering.

Ilming yuksalguncha Beruniy qadar,

To Alisher qadar yetguncha she'ring,

Hayratga solguncha fan olamini

Farg‘oniy chiqargan aniq hisoblar…

Tebransa ne ajab Toshkent zamini,

Bu yerga ko‘milgan milliard kitoblar.

Farangu hindu chin, iroq, ajamga

Taralding Alqonun, Saydona bo‘lib.

Buyuklar tan bergan buyuk dostonim

Ming bora tiklanding, ming bor qulading,

Yovlar qamchisidan chekkanda ozor

Alpomish singari o‘g‘lon tilading,

Tilading Go‘ro‘g‘li singari sardor.

Sen ham gullar terib umid bog‘idan

Tole orzusida tuzding alyorlar.

Ammo bo‘talaring ko‘ng‘irog‘idan

Cho‘llarda to‘kilib qoldi oh-zorlar.

Umring egiz bo‘ldi anduh alamga

Orzularing bari afsona bo‘lib.

Barchinning ko‘ksida qolgan armonim

Zamin dardicha bor bir ayol dardi,

Oyning dog‘i balki uning dog‘idan.

Faryod olov bo‘lsa olam yonardi

Sharqlik juvonlarning chekkan ohidan.

Zebuniso o‘tdi tanho va mahzun

Boshida o‘t bo‘lib malika toji.

Tun bo‘lib yoyilar Qo‘qonda har kun

Nodirabegimning qirqilgan sochi.

Ayol!

To‘rt devorda ko‘milding g‘amga,

G‘azallarda faqat jonona bo‘lib.

Barnodek, Anbardek dili so‘zonim

Hali sokin tuman chulg‘ab bag‘rini

G‘aflat uyqusida yotardi olam,

Umid qalamida «Quyosh shahri»ni

Hali yozmagandi Kampanella ham.

Najot ko‘zi bilan mag‘ribga boqib,

Ko‘hna Xorazmdan yo‘l olgan karvon

Yovmut sahrosida oylar uloqib

Maskov tuprog‘iga yetganda omon,

O‘zbeklar to‘qigan shohi, gilamga

Boqqanda zariflar hayrona bo‘lib,

Do‘stlik ipak yo‘li ochgan karvonim —

Darvozangni ochding ma'rifat, fanga,

Senga oshno bo‘ldi Pushkin kabi zot.

Lekin baxtu iqbol kulmadi sanga,

Hali olis edi sen kutgan najot.

Erk deya atalgan tabarruk shamga

Intilding bir umr parvona bo‘lib.

Parvonadek kuyib o‘rtangan jonim…. (Erkin Vohidov)

MS: Uring potyani

RT: Assalom O‘zbekiston, juma muborak! 

Tag‘in o‘qing
4 avgust 2018
«Aytdim-ku, yuqorining buyrug‘i bilan sizlarga shu ayblarni qo‘yishga majburmiz, deb. «Kim o‘sha yuqoring? Karimovmi?» Mening so‘nggi savolimga tergovchi Ilhom ...
7 iyun 2016
O‘zbekiston telekanallarida mamlakat iqtisodiyotining «qudrati», «imkoniyatlari», dunyoda salkam eng rivojlangan ekani to‘g‘risida eshitsangiz ajablanmang. Chunki 20 yildan oshdiki, faqat ...
17 yanvar 2024
Umri kresloda mudrab o‘tadigan falaj o‘zbek parlamenti ilkis «tirilib» ekologiya vaziriga qarab prezident aytmoqchi «vovullabdi». Kesakdan uchqun chiqishiga ishonsam ...
2 may 2015
AQSh Davlat departamenti matbut vakili Jeff Ratke 1 may kuni Vashingtonda o‘tgan matbuot brifingida O‘zbekiston hukumatini uzoq yildan beri ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...