Asosiy mavzular
29 may 2024

Peshku hokimi bank menejerini tepib, majlisdan haydadimi?

28 may kuni Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi bank xodimlari bilan kreditlar qaytimi va soliq tushumlari masalasida majlis o‘tkazarkan, qizishib ketib Aloqabank yetakchi menejerini haqorat qilib, tepib majlisdan chiqarib yuborgan.

Bu ma'lumotni Eltuzga yo‘llagan anonim manba hodisa 150 kishi o‘ngida yuz berganini ma'lum qildi.

Eltuz masalaga oydinlik kiritish maqsadida Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov bilan yozishmaga kirishdi.

Vahob Qahhorov majlisda topshiriqlarni bajarmagan loqayd xodimlarni tanqid qilganini tan oldi.

Biroq u bank xodimlariga oyog‘ining uchini ham tekkizmaganini bildirdi.

“Bank xodimini hech kim tepgan emas. Bu ma'lumot yolg‘on. Muhokamada  Aloqa bank Buxoro filiali xodimlari o‘ziga biriktirilgan mahallalarda kreditlar ajratish masalasi juda past darajada bo‘lganligi sababli 5-6 ta bank xodimidan hisobot so‘ralganda, mazkur xodim yetarlicha shug‘ulanmaganligi, hatto yig‘ilishga yozib oladigan daftarisiz, shunchaki beparvolik bilan kelganligi uchun, yig‘ilishdan chiqib ketishini va bank boshlig‘iga yetkazinglar bu xodimga  nisbatan chora ko‘rsin deb aytdim,” – dedi Vahob Qahhorov. 

U majlisdan so‘ngra bank menejeri bilan uchrashib, gaplashib olganini qo‘shimcha qildi:

«Biz yetakchi menejeri Sardorjon bilan gaplashib oldik, bunaqa gaplar Sardorjondan chiqmagan ekan. Bank xodimi bilan oramizda hech qanday adovatli masala yo‘q. Kimgadir shunaqa ma'lumot kerak bo‘lganga o‘xshaydi», – dedi Peshku hokimi.

Hokim bankirni tepganmi yoki tepmaganmi – shudir hayot-mamot masalasi.

Yuqorida hokim va bankirning suratlari taqdim etildi. Fotosuratlar tepki haqidagi murojaatdan keyin Eltuzga hokim tomonidan berildi.

Tag‘in o‘qing
25 noyabr 2019
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev nihoyat Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning jurnalistlariga tahdidiga o‘z munosabatini bildirdi. Garchi uning bayonotida aynan ...
12 mart 2024
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy ...
5 may 2021
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanilik marhum fermer Muzaffar Muhammadievning yaqinlari viloyat va tuman prokuraturalariga ishonchsizlik bildirmoqda.  Marhumning qabri birinchi marta ...
23 may 2019
2019 yilning 3 mayida prezident imzolagan va matbuotda e'lon qilingan qonunda O‘zbekistondagi barcha haydovchilar malaka oshirish sertifikati olishi kerakligi ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...