Asosiy mavzular
29 may 2024

Peshku hokimi bank menejerini tepib, majlisdan haydadimi?

28 may kuni Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi bank xodimlari bilan kreditlar qaytimi va soliq tushumlari masalasida majlis o‘tkazarkan, qizishib ketib Aloqabank yetakchi menejerini haqorat qilib, tepib majlisdan chiqarib yuborgan.

Bu ma'lumotni Eltuzga yo‘llagan anonim manba hodisa 150 kishi o‘ngida yuz berganini ma'lum qildi.

Eltuz masalaga oydinlik kiritish maqsadida Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov bilan yozishmaga kirishdi.

Vahob Qahhorov majlisda topshiriqlarni bajarmagan loqayd xodimlarni tanqid qilganini tan oldi.

Biroq u bank xodimlariga oyog‘ining uchini ham tekkizmaganini bildirdi.

“Bank xodimini hech kim tepgan emas. Bu ma'lumot yolg‘on. Muhokamada  Aloqa bank Buxoro filiali xodimlari o‘ziga biriktirilgan mahallalarda kreditlar ajratish masalasi juda past darajada bo‘lganligi sababli 5-6 ta bank xodimidan hisobot so‘ralganda, mazkur xodim yetarlicha shug‘ulanmaganligi, hatto yig‘ilishga yozib oladigan daftarisiz, shunchaki beparvolik bilan kelganligi uchun, yig‘ilishdan chiqib ketishini va bank boshlig‘iga yetkazinglar bu xodimga  nisbatan chora ko‘rsin deb aytdim,” – dedi Vahob Qahhorov. 

U majlisdan so‘ngra bank menejeri bilan uchrashib, gaplashib olganini qo‘shimcha qildi:

«Biz yetakchi menejeri Sardorjon bilan gaplashib oldik, bunaqa gaplar Sardorjondan chiqmagan ekan. Bank xodimi bilan oramizda hech qanday adovatli masala yo‘q. Kimgadir shunaqa ma'lumot kerak bo‘lganga o‘xshaydi», – dedi Peshku hokimi.

Hokim bankirni tepganmi yoki tepmaganmi – shudir hayot-mamot masalasi.

Yuqorida hokim va bankirning suratlari taqdim etildi. Fotosuratlar tepki haqidagi murojaatdan keyin Eltuzga hokim tomonidan berildi.

Tag‘in o‘qing
6 dekabr 2021
«Eltuz» nashri 30 noyabr kuni “Maktabgacha ta'lim vazirligining bolalarga xos bo‘lmagan o‘yinlari” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va ...
7 mart 2019
Eski changaklar O‘zbekistondagi islohotlarga qanday to‘sqinlik qilmoqda? Fevraldagi bir yangilik O‘zbekistonni larzaga keltirdi: bor-yo‘g‘i bir yil muqaddam Davlat xavfsizlik ...
5 may 2015
Institutning birinchi kursida o‘qiganim 1980 yilda mang‘itlik shoir Mansur Axmedov bilan jo‘ra edik. Mansur Axmedov bir kuni menga Abdulla ...
4 oktyabr 2016
SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1938 yil 4 oktyabrdan 16 oktyabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy maxbuslar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...