Asosiy mavzular
5 iyul 2024

Ishton kiygan Ozodbek – RTdan va'z

RT: Mana azizlar bir oylik o‘tpuskadan qaytib yana siz bilan suhbatdaman. 

MS: Og‘o nichiksiz. Nerlara bordingiz. Qidirishmo zo‘r bo‘ldimi?

RT: Rahmat Matchonboy. Navoiy bobomiz aytganday, puling bo‘lsa qanorda dam olasan qanarda. Ya'ni Ispaniyaning kanar orollarida. 

MS: Moxtondingizmi. Asirdingizmi indi. Biza bechorolo shovotni ongriyononini borip bilimmiz. Siz yo‘q voxtda quri she'r yozdim. Kadilara bog‘ishlob dostonlo do‘qidim 

RT: Ayt qani 

MS  

Choqqini ukasi qoshiq.  

Hamma yer yolg‘on yashiq 

Man  bo‘ldim songo oshiq

RT: Barakalla Matchonboy men endi yozaman.  

MS: Damni olib qoytgan og‘amiz oyoqino adikini, qo‘lino qo‘lliqini giydi. 

RT: Yetim haqqini yegan hokim, parazit tilanchi, aprst mullalar zarba yeyishga xozir turing.

Un yalagan alloplar, qon yalagan qassoblar, moshennik va motivatorlar, 

Sanashni bilmaydigan matematika hamda, o‘qishni bilmaydigan adabiyot mallimlari. 

Biravdi aqliy miynatini o‘g‘irlab kun ko‘rib yurgan plagiatlar. 

IIV ichidagi xizbut va vovchiklar. Shou biznesdagi skritiy bachchaboz va pedofillar. 

Afg‘onistonni orzu qilib qora qop kiygan g‘ar va jalap otin oyi va siflisga cholingan qoraka va xojakalar. 

Kallasini eshik qisgan shair va shairkalar.  

Madvazir otarchi va o‘zidan politsiya de moralo yasagan kinoning semiz yoshullisi. 

Toshmini bitirib analgindan aspirinni parqini bilmay chiqqan  savodsiz mol duxtr odam qassoblari. 

O‘risqul va tuya siydigini shifo deb bilgan arabqullar.  

O‘z boshpurtidagi «qashshoq» degan tamg‘aga ko‘nikkan million million umurtqasizlar. 

MS: Terminator bo‘libsiz indi. Gucha minib. Rassom Tuz og‘angiz yumuruq duyib sizlani och biqingizdan darcha ochish uchun maydon o‘rtasinda dik duribdi. 

(Jingl) «Javoxir I choo» 

I Cho ????  

O‘zbekistonda «Marhabo talantlar» formatida birvarakayiga bir nechta teleloyiha efirga uzatilmoqda.  

Ba'zan hakamlar davrasida o‘tirgan «zvezda»dan ko‘ra sahnada  o‘n marta kuchli talantlar borligini ko‘raman. 

 «Artist» degan TV loyihada ishtirok etgan Malika Muxtorova «Yarim kalan» degan turkcha ashulani gitarada ijro qildi.  

Jyurida o‘tirgan Javohir Zokirov «San qaysi tilda kuylovossan» deb qo‘shiqchi qizga dag‘dag‘a qildi. 

Qiz «turk tilida» kuyladim deb javob berdi. 

O‘zidan binnasa yasavogan va yaqin yaqinlargacha Turkiya kalimasini «turtsiya» deb talaffuz qiladigan «I Cho» laqabli Javohir «Man uch yil Turkiyada ishlab turk tilini suv qilib ichvordim¸ lekin sen aytgan bu qo‘shiqni turkcha ekanligini eshitib bila olmadim. Xitoycha tildami deb o‘yladim» deya malomat qildi. 

Shundan keyin men Malika Muxtorova qo‘shig‘ini qayta eshitib qizginaning turkchani qoyil qilib ijro qilganini qayta angladim. 

Javohir Zokirov haqsiz edi. 

O‘zimni turkchani 1993 yildan beri quloq qondi bo‘lib eshitib yurgan hisoblasamda bilgichlarga yuzlanishga qaror qildim. 

Eltuz tahlilchisi Bahodir Fayziy universitetni Turkiyada tugatgan, Turkiya ulki o‘choqlari viloyat rahbari bo‘lgan va tilni yaxshi biladi. Mana uning fikri: 

«Bu qizga turkcha bilmaysan deganlar bekor aytibdi. 

Turkiya va hatto istanbul turkchasida mukammal tallafuz bilan aytgan qo‘shiqni. Turkiyalik qo‘shiqchilardan hech qanday farqi yo‘q.  

Hohlasangiz turkiyaliklarga test qildirib ko‘rishingiz mumkin. Umuman o‘zbek shevasini his qilolmaysiz. 

Hatto, Shahsanamda (Shohsanam Qilicheva)  va Yulduzda o‘zbek shevasi sezilib turadi. Bu qizda umuman aktsent yo‘q.» 

Demak «I Cho » laqabli Javohir Zokirovning o‘zi turkchani bilmaydi. Bu qizga esa tasanno. 

(Javohir jingl I Cho)

Qo‘shiq menga juda yoqib ketganidan o‘zbekchalashtirib qo‘ydim. 

Bu romantik ballada ichilmay yarim qolgan sharob haqida. Turkiyalik  Batuhan Kordel & Ömer Özga mansub bir parcha.

Nasilsan? Qalaysan?  

Mayli qo‘yaver, eshitmoq istamayman. 

Balki bizni unutmishsan. 

Men unuta olmadim.  

Nelar qilding men yo‘qligimda? 

Sharob ichyapsanmi tinmay? 

Ichishni tashlarsan balki? 

Men tashay olmadim…. 

Stolim ustida yarim qolgan sharoblarni 

Seni so‘rgan sabohlarni ozorladim 

Hayotda o‘zini yo‘qotganlarni, darbadar bo‘lganlarni… 

Tarayri rayri ray. Taram taram taram bababang! 

Javohir jingl I cho

MS: Bi gapladan madvazir Ozotni xovori yo‘q. Bechoro mut ishton giydim dap suvinib suvitlara chiqib getdi.  

Ishton reklama qilgan madvazir haqqinda 

Ashlachi degan yaratiq tekin yeb ichish va tekin latta puttaga o‘ch bo‘ladi.  

Ta'magirlik ularning qon qoniga singib hujayralari qatoridan allaqachon o‘rin olgan.  

Mayin ovozi muhtaramga yoqqani uchun ko‘tiga kreslo yopishtirilgan madvazir Ozodbek ham shunaqa.  

Shu kunlarda Ozodbekning ko‘ylak ishton reklama qilgani tarmoqda tanqid qilinganidan keyin maxsus idora tekshiradigan bo‘libdi. 

Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin. Bo‘libam xizbutchining sobig‘i bo‘lmaydi.  

Bu eks xizbut qonunni birinchi marta buzayotgani yo‘q.  

Mavjud qonunlarga zid ravishda pedofillikni parvarishlab bola yoshidagi qizini erga berdi.  

Jazolanmadi! 

Bola ombudsmeni va boshqalar ham yuqoriga bir qarab qo‘yib «ha endi buni olmaxonday mayin ovozi yoshulliga yoqadi. Qonunni buzsa buzibdida» deyishdi.  

Xuddi shu tarzda 17 yashar qizini erga bermoqchi bo‘lgan oddiy qashqadaryolikning qo‘liga kishan solib to‘yini to‘xtatishdi.

170012/2020-79VS sonli jinoyat ishi materiallarida Ozodbekning hali madvazirga zam bo‘lgan paytida o‘g‘li Ja'farga oid podstavnoy “Best organaizer” firmasi orqali kino olaman deya katta pul o‘margani fosh qilingan edi. 

Ammo Ozodbek mayin ovozi bilan muhtaramga yalinib o‘g‘lini qamag‘dan olib qoldi. 

Madaniyat vaziri va uning sharlatanlari musiqa asboblarini bozordan deyarli 800 million so‘m qimmatroqqa sotib olib  800 million so‘m talon-taroj qilgani aniqlandi.   

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ish ochdi.  

Eltuzda bor hujjatda madvazirlik  mansabdor shaxslari va  aprslar bilan oldindan til biriktirib bozordan arzon olingan tingir tingir do‘mbiralar uchun deyarli bir milliardga yaqin pulni cho‘ntakka urishgani isbotlar bilan keltiriladi. 

Do‘mbiraning narxi Stradivari yasagan skripkadan ham qimmat bo‘ladimi hech zamonda? 

Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ortidan bu otarchi vazir qo‘liga kishan taqilishi kerak edi. 

Yo‘q yana tepadan imo bo‘ldi. «Teymanglar olmaxonday ovozi bor. Ëshullining erkasi» 

Shunda odamlar «Biz yoshulliga ovoz beruvdik, uning sayratmalariga  emas» deya norozi bo‘lishdi. 

Shaxrixonlik bachchalar Xudoyor zamonida ham allada aziz to‘rvada mayiz bo‘lishgan. 

Lekin Xudoyor o‘z bachchasini qanchalik sevmasin unga qushbegi lavozimini bera olmasdi. Chunki zamon ko‘tarmas edi. 

Xozir zamon bemalol ko‘taryapti. Bir ko‘ti qizil maymunni rahbar qilib tayinlasang odamlar «o‘o‘o‘o‘» deb ma'qullab tashaydi.  

Xozirgi shior «lyubaya biznes xorosho» Ozodbek misolida esa «lyubaya prikid agar tekin bo‘lsa ochen xorosho» 

Uyat yo‘q bu eks xizbutda. Or yo‘q. Nomus yo‘q. Vatan tuyg‘usi yo‘q. O‘risqul artslarga yelpatak bo‘lgan bu sayroqidan faqat zarar va zillat bor.  

Shu o‘rinda anekdot;

Bozorda bir bedanapurush sayroqi bedanalarni sotayotgan ekan.  Shu bozorchidan so‘rashibdi. Manavi bedana nechpul?  

«Besh yuz ming» debdi bedanapurush. Nega deyishsa «Bu bedana to‘yga boradi, birrovga boradi, Xalqlar do‘stligida kontsert beradi» deb javob beribdi.  

Mana bunisi necha pul debdi haridor. «Bir million» debdi bedanapurush. 

«Bu oldin qamag‘da pati yulingan. Keyin to‘yga, birrovga va kontsert qilishga chaqqon sayratma bo‘ldi. Hozir to‘yga kontsertga bormay sultonni oxiridan don yeydi. Shunga narxi qimmat»  

Shu yerda kulinadi. 

Aslida butun bir millat ustidan otarchiyu qotarchilar kulmoqda. 

Yaxshisi biz kulmay qo‘ya qolaylik. Yig‘laylik. Ho‘ngillab¸ arillab yig‘laylik.  

Xo‘ja sozchi aytganidek «vatanimiz bo‘ldi obod. Men yig‘lamay kim yig‘lasun» 

MS Navoiy otomiz novvi davadila 

Jingl 

MS: Og‘o shu quri bo‘sho gap bo‘lib getdi. O‘lgan qotqonlor hoqqinda shumxovolarni qoydirib qoydirib aring indi 

Shumxabarlar 

G‘ijduvonda ukasini pichoqlab o‘ldirgan aka 10 yilga qamaldi. Uka go‘rda. Aka qamag‘da 

MS: O‘l boxti qoro 

Xo‘javotda lo‘m va armatur ko‘targan o‘ndan ziyot ipplas bir anjanlikni tepalab urdi. 

MS: Insop yo‘q insop. Do‘zoxo o‘din bo‘lodi blo. 

Gulistonda svet idorasi mudiri 90 mln so‘m pora bilan ushlandi. Schetchikni orqaga qaytarib berish uchun pul olgan poraxo‘r qamag‘da. 

MS: quri poro olomon dap o‘ydan chiqodi bi qon toshog‘onlo 

Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tuman hokim o‘rinbosarlari pora bilan ushlandi. 

O‘rinbosar poraxo‘rlar qamag‘da 

MS: Moymil  odamo oylandi. Odam hokimlik tizimini joriy qildi. Hokim asa zamhokimni yaratdi. Zamhokimning ishi porani oberish. Zom bo‘lding om bo‘lding… 

RT: Dollar pora olayotgan paytda ushlangan Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi. 

MS: og‘o dim qisqosinnon qoytdingiz. Indi bir uzun atib oyting. Xozorisdagi kadila uzini yoxshi davadi. 

Poraxo‘r qamag‘da. Lekin savol bor. Nega pora olgan prokuror JPKning 210-moddasi «Pora olish» bilan emas balki jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs sifatida protsessual tartibda ushlandi? 

Javob oddiy. 168 modda bilan  maksimum ikki yilga qamaladi va sud zalidan ozod bo‘lish extimoli 99 foiz. 

Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish ) bilan jinoyat ishi ochilsa 15 yilga qamalish istiqboli tayin.  

Kinolarda tepadan qulagan kaskader uchun kimdir pastda yostiq ushab turadi. 

Surxonning kaaatta prokurori uchun yostiqni kim tayyorladi? 

Bu savolga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovdan javob kutamiz. 

MS. Barsin juvopni qorsildop uchqon. 

O‘zi qonun chiqaradi va yana o‘zi ijro qiladi. 

RT: Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Yunusobod tumani Turkiston-53 saylov okrugidan Toshkent shahar kengashi deputati etib saylandi. 

Demokratik boshqaruvda qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati hamda sud bir biridan mustaqil faoliyat oboradi. 

Bu hokim bovo o‘zi qonun chig‘oradi. O‘zi ijro qiladi. O‘zi so‘tga tilpon qilib «palonchini qama yoki palonchini so‘t zalidan ozod qil» deydi.  

MS: Bugungi O‘zbekistondagi bu tutum demokratiyaga zid. Shuni odini qo‘yibaringlar. 

Javohir jingl I cho 

Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi  6 iyundagi qarori bilan xotinini o‘ldirgan quyichirchiqlik erkakni jinnixonaga joylashtirdi.  

Sudyaga ko‘ra¸ faqat jinni erkakgina  xotinini o‘ldiradi. 

Bu jinni «erkak» imombovoni chaqirib birovning gulday qizini xotin qilib olishga va ayni vaqtda zagsdan o‘tmaslikka aqli yetgan.  

2024 yilning 17 fevralida bu «erkak» o‘z ta'birida xotini bilan aytishib qolgan.  

«jaxli chiqqan nervinniy» erkak stoldagi choynakni olib xotinining boshini urib yorgan.  

Xotin xushdan ketgan, lekin o‘lmagan.  

Shundan keyin bu er degan jonvor oshxonadan pichoq obchiqib xotinning yuragiga tochniy sanchib o‘ldirgan.  Kontrolniy zarba uchun qorniga ham uch martda pichoqni tiqib tiqib olgan. Xotin srazi o‘lgan.  

Bu erkakni qamoqqa olib ketishganda «jinnini yoqib» teatr qibergan.  

Boshqa taxminga ko‘ra sudya katta pora evaziga uni jinnixonaga «joylashtirgan» Ammo bu gapning aniq isboti yo‘q. 

Qotil er jinnixonada. Xotin go‘rda.  

Adolat opa ayag‘iga tosh boylab o‘zini Chirchiq daryosiga cho‘ktirib tashadi.  

MS: Nu i vremena bilat. Og‘o siz quri hammani tirosiz. Negativni ustina negatov qo‘yib napoleon tort atipardingz. Bir poztivchik yo‘qmi? 

RT: Mang‘itda Baxodir degan kursdosh do‘stim bor. Bu yigitni maqtaydigan yerlari juda ko‘p.  

O‘z vaqtida O‘zbekiston SSSRdan mustaqil bo‘lsin, deya bir ural mototsiklini bag‘ishlagan jo‘mard.  

Shuncha qilgan ishidan ko‘ra, men uning bir ishini juda qadrlayman. 

Baxodir onasini hajga oborib aravachada aylantirgan edi. 

Bahodir yoshligida otasi o‘lib ketgan. Shu onasi uni o‘qitib odam qildi.  

Bahodir ham onasini qadrlab izzatini qildi. 

Bunga ham ancha bo‘ldi. Bahodirning onasi qaytish bo‘ldi. Buni eslaganimga sabab prezident adminstratsiyasi amaldori Sardor Umrzoqovning o‘z onasi Zamira opani hajda aravachaga mindirib aylantirgani bo‘ldi.  

Bu yilgi haj sezoni issiq keldi.  

Amakim G‘ulom Matchonov ham bu yil  hajga boruvdi.  

Arkonlarni bajarish  shu issiqda qiyin bo‘lganini aytdi.  

Shunday sharoitda onasini aravaga solib yurgan Sardor Umrzoqov rasmi menda pozitiv his tuyg‘u uyg‘otdi. 

Onani qadrlash  oddiy bir bo‘yoqchi yigit Baxodir bilan, katta amaldor Sardorni bir chiziqqa qo‘yadi.  

Biz katta amaldor, rassom yoki jurnalist bo‘lsak ham onamiz oldida baribir bolamiz.  

Unga hizmat qilish. Onani e'zozlashga minnatlimiz.  

Bu juda qadim bir tuyg‘u.  

Shu bois ulug‘ rassomlar ona va bola rasmini chizadilar.  

Shu bois shoirlar ona va bola o‘rtasidagi mehr rishtalarini qo‘shiqqa solishadi.  

Millatning soxir shoirasi Halima Hudoyberdieva mana bu satrlarni 1967 yili yozgan edi. 

Onaginam! 

O‘g‘lonlaring kelar, ana, ochishib quchoq, 

O‘g‘lonlaring meva qadar bir shirinlikdir. 

Onaginam! 

O‘zing tortma davralardan, el chorlaganda, 

«Tiriklikning bayrami», deb sozlanganda tor. 

O‘zing so‘lg‘in lablar bilan pichirlaganday: 

«Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor». 

MS Og‘o uring potyani,

Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
30 iyun 2017
Mirziyoev artistlar bilan uchrashuvida «xalq uchun ishlayotgan» akterlarga teatr yonidan ko‘p qavatli uy qurib berishni va'da qildi. Prezidentning fikricha, ...
7 may 2024
7 may Radio kuni sifatida nishonlanishini hali sovet davrlaridanoq bilar edim. Ammo 7 may otalar kuni ekanini Germaniyaga hijrat ...
19 mart 2023
1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi. Mitingni “Birlik” xalq harakati tashkil ...
30 oktyabr 2017
Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida so‘z erkinligi insonlarning eng muhim huquqi ekani haqida yozdi. Bu huquqqa ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...