Asosiy mavzular
3 avgust 2024

Dildoralar, dili poralar! – RTdan va'z

Yashash soatining oltin kapkiri qimirlab-qimirlab bir xafta o‘tdi. Mana yana qarshingizdaman. Yuzma-yuz. Betma-bet. Achchiq haqiqatlarni aytish uchun bugun hizmatdaman.

MS: Xo‘jik brri, mo‘chchi oybikalar, opabiyi, galinbikala nichiksizla. Ëzni issisanda arip getmadingizlami?

RT: Matchon Suqilish xonqalini tilidan boshqa tilni bilmaydimi deb so‘rashdi.

MS: Bilaman og‘o. Mongit, qilichboy, do‘simbiychanam galishtiraman.

RT: Qani bir gap ayt

MS: Topqoningdi moyg‘a bos.

RT: Bu degani nima qimirlasa yoki o‘sib chiqqan bo‘lsa yog‘da qovurib yeyishni bildiradimi? Lekin shu issiqda muzqaymoq qovurdoqdan yaxshi.

(Instagramdan video parcha)

MS: Jon dap, yolob toshiyman

RT: Bu issiqlar ham g‘animat. Ëzning ham bir oyi qoldi. Hali qishda sog‘inasizlar bu issiqni.

MS: Yozi bilan samirdik, gurvaklani gamirdik. Shumxabarlara o‘ting yoshulli.

Shumxabarlar

Samarqandda 49 loxni Angliyaga ishga yuborishni va'da qilgan oqdaryolik aprs ushlandi.

+++

Kontrakt oshdi! 6 mln 400 minglik «Ped» 7 mln 400 ming so‘m bo‘ldi.

+++

Namanganda ikki klient bank kassirini 3-qavatdan itarib yubordi. Kassir banisada komada,  qasd qilganlar qamag‘da.

+++

«Chorsu» bozorida 825 mln so‘mlik oltin o‘g‘irlagan 25 yashar surxonlik qiz 8 yilga qamaldi.

+++

Pastdarg‘omlik 26 yashar er 24 yashar xotinini pichoq bilan so‘yib tashadi.  

MS: Xotin go‘rda¸ er qamag‘da. (video parcha xayot qanday beshafqat)

Hayot qanday beshavqat

Sud tergov hujjatlarini tahlil qilib qarasam, o‘zbek erkaklari xotin-qizlarni shantaj qilib, pul undirishni o‘ziga asosiy kasb sifatida tanlabdi.

Masalan bir qizni «sevdim, o‘ldim kuydim» deb o‘raydi. Keyin xataga oborib achom-achom qig‘an paytda sekin rasmga ovoladi yupqa kiyimdagi yoki umuman qip yalang‘och qizni.

Ana endi ish bitdi. Bu rasmlarni internetga chiqarvoraman, tez ming do‘llar obkeber deydi bu razil erkak. Xullas shunaqa qilib tirikchilik qiladi. Jo‘xa aytganday lyuboy biznes, daje onangni qatortolda o‘cheridga qo‘ydirish ham Yangi O‘zbekistonda ochen xorosha!

Mana kuni kecha Toshkentda  bir qizning suratini saytlarda firibgar deb chiqarib yuborish bilan qo‘rqitib pul so‘ragan o‘zbek  erkak qo‘lga olindi.

«Erkak» qizni qo‘rqitish orqali 7,5 million so‘m pul talab qilgan.

Shantajchi qamag‘da.

Ammo minglab o‘zbek erkaklar bugun erta bilan turib xotin qizlarni shantaj qilib pulini shilsam yoki alfons bo‘lsamu, xotinlar mani «baqsa» degan orzu bilan ko‘chaga chiqadi.

Orzulari boshladi yo‘lga. Hali yetar manzili yiroq.

Bu alfons shantachilarning final manzili qamaq bo‘lsin deganlar «davay» deb yozuv qoldirsin video tagida.

MS: Davay og‘a. G‘oripni g‘urbatdan chiqoriparing. Novvi davadi Navoiy otoimiz…

Ashlachi Dildora Niyozova parazit, alfons eriga nega uch taloq (hulu') bergani sababini aytdi.

Endi bu parazit kal nima qiladi? Tayinli kasbi yo‘q. Tanbal.

Narigi tyolkasi o‘ziga o‘xshash – parazit va tekintomoq.

Dildorasiz qolmoq – bu, turklar aytmoqchi, porasiz qolmoq.

Video

Qashqadaryoda xirsday 48 yoshli sotuvchi erkak do‘konga kirgan 12 yoshli bolani kaltakladi.

+++

Toshkent shahrining «Chortoq» mahallasidagi bir yarim yashar bola xovlidagi tualet uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi.

FVV xodimlari kelib qutqardi. Bola qarovsiz qoldirilgan.

Umuman bu juda ibratli voqea.

O‘zbek ota onalari davno bolalarini unutib qo‘ydi.

Butun o‘zbek jamiyati unutdi bolalari borligini.

Qarovsiz o‘zbek bolalari allaqachon tualet chuqurida najosat ichida yotibdi.

MS: Xorop bo‘ldi. Yurt bizildi

Yangiyo‘lda besh kishilik oilani so‘yib o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘yvorishdi.

+++

Urgutlik 35 yashar aprs Uchquduqlik loxni Meksika orqali AQShga yuvoraman deb kelishilgan 19 ming dollardan 6200ni oganda ushlandi.

+++

Samarqanlik 41 yashar aprs Navoiylik loxni Meksika orqali AQShga yuvoraman deb kelishilgan 17.500 dollardan 6 mingini oganda tutildi.

+++

Chinozlik 55 yashar aprs 3 lo‘xga AQSh vizasi oberaman deb 28 ming 800 dollar oganida ushlandi. Aprs qamag‘da.

+++

32 yashar Namanganlik aprs Oltinsoylik 27 yashar galvarsni Meksika orqali AQShga yuvoraman deb 334 mln. so‘m oganda ushlandi.

+++

MS: Og‘o man chushunmadim. Kimni qorosong, amerika yomon, bayden yomon diydi. Lekin otini sotib, molini sotib amerikaga getjakla o‘y ichisi bilan. Oyniqsa, shu bloger dayan mongloyi qorolo…

Universal Jurnalistika

RT: 1997 yili Qozog‘istondan O‘zbekistonga «Universalnaya jurnalistika» degan kitobdan to‘rt yuztacha obkeldim.

Bu kitob o‘zbek jurnalistlari orasida tekin tarqatildi.

Erik Jonson degan amerikalik tanishim, agar o‘zbek telejurnalisti bu kitobni o‘qisa darrov o‘zgarib professionalga aylanadi deya ishonardi.

Jonson bu «jurnalistlarning» xarf tanimasligi va treninglarga tekin kola ichish uchun borishini hali bilmasdi.

Bu yaratriqlar tekin kola ichib, furshetdagi yemaklarni yeganicha yeb, qog‘anini sumkasiga solib obketish bilan qanoatlanmasdi.

Ular o‘zlarining esenbidagi kuratoriga «Mana Amerika bizadan zarg‘aldoq inqilobchi tayorlamoqchi» degan donosdi ham  erinmay yozib berishardi.

Ular o‘zlariga sovg‘a qilingan kitobni yoqar yoqmas olishdi. Ko‘plari bu kitobni yo‘ldagi musor qutiga tashabam ketdi.

Erik Jonson «boqsa odam bo‘ladi» deb o‘ylagan jurnalistlardan birortasi bu kitobni o‘qigani yo‘q.

O‘qisa bo‘lardi, har xolda. Men bu kitobning yetti porasini  qattiq sovuqda Olmaotadan Toshkentga kelayotgan avtobus ichida xatm qilib  tushirdim.

Kitob hech qanday milliy mentalitet degan narsa yo‘qligi va jurnalistika afrikadayam, to‘ytepadayam bir xil ekani haqida.

Har qanaqa press turlarning ham, xokimiyat «Toshkonnan kegan» blo‘gyozar instagram qo‘yarlarni baqiishining ham jurnalistikaga aloqasi yo‘q.

Bu jurnalistikaga aloqasi yo‘qlar suruv-suruv bo‘lib, beorom qushlardek u press turdan yana bir press turga uchib qo‘nib turadi.

Hokimdan sovg‘a kutadi bu tekintomoqlar.

Ba'zan bu parazitlar «nega devzira guruchdanmas oddiy alanga guruchidan osh qiberdi» deya ularning oldiga dasturxon yozgan hokimning go‘riga g‘isht qalashadi.

Kim chiqardi o‘zi bu qo‘lidan professional media kontent yaratish kelmaydigan bioyaratiqlarni «baqish»ni?

Nega baqilishi kerak bu ajinalar?

Nega ularning doim cho‘zilgan kapti yo kashkuliga  chaqa tashash lozim?

Devonami ular? Tilanchimi? Gadoymi?

Agar shu qo‘lidan hech narsa kemaydigan to‘daning ati jurnalist bo‘lsa men yaxshisi bedapoyaga qorovul bo‘lib qo‘yaberay.

Bo‘yniga zanjir taqilgan it ovga yaramaydi.

Aravasiga tushib, aravakashning qo‘shig‘ini eplab ayta olmaganlarni kropiva butog‘i bilan savalash joiz.

MS: Og‘o oching alni. Uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 31-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Albatta, bu orzuga erishish ...
12 noyabr 2015
Pahlavon Sodiq Bi bi si 1999 yil kuzida Oliy Sudda Toshkent portlashlari yuzasidan sud majlislaridan biriga Murod Jo‘raevni qo‘llarida ...
20 oktyabr 2023
Bu ne kundir, atrofingga boqsang sekin, U ham kerak, sen ham kerak, men ham kerak. Barchamizni davrasiga to‘plab, lekin Bir ...
2 noyabr 2021
2016 yildan buyon minglab odam ozod qilinganiga qaramay, O‘zbekistonda yana ikki mingga yaqin kishi siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...