Asosiy mavzular
15 avgust 2024

Salimboyning mazasi yo‘q, Moskovskiy esa komada

Eltuz manbalarining ma'lum qilishlaricha, Salim Abduvalievning o‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

11 avgustda ba'zi telegram kanallar jumladan Qoraxabar “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Qirg‘izboevich Abduvalievning vafot etgani haqida xabar tarqatdi.

“Tarqalgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deya javob berdi Ichki ishlar matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov.

Shohrux G‘iyosov gapning yarmini aytdiyu qolgan yarmini aytmadi. Vazirlik mulozimi yo bilib turib gapirmayotir yoki rostdanam vaziyatdan bexabar.

Eltuz suhbatlashgan Salimboyga yaqin manbalarga ko‘ra, Salim Abduvaliev oila a'zolariga huquq tartibot idoralaridan bir mulozim telefon qilib, uning tirikligi, ammo “mazasi yo‘qligini” aytgan. Ammo, qo‘shimcha tafsilot berilmagan.

Demak, Salim Abduvaliev ahvoli ancha jiddiy.

74 yashar Salim Abduvaliev joriy yilning 19 martida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining yopiq majlisi hukmi bilan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda saqlash)da ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ayni damda Salim Abduvalievning sobiq qudasi, postsovet jinoyat olamida Husan Moskovskiy degan nom bilan tanilgan o‘zbekistonlik tadbirkor Husan Ziyomuhammedov  komaga tushib qolgan.

68 yashar Husan Moskovskiy 20 iyun kuni yurak xurujiga uchragan va Toshkentda  jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Shifokorlar tadbirkor yaqinlariga uning yuragini transplantatsiya  qilish zarurligini aytganlar.

Bu tavsiya ortidan Husan Ziyomuhammedov Janubiy Koreyaga olib ketilgan. 

Koma holatida bo‘lgan tadbirkorga yaqinlari hozirgi kunda donor qidirishmoqda.

Husan Moskovskiy Rossiyaga O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchi eng yirik tadbirkorlardan biri sifatida tanilgan.

Shu bilan birga u O‘zbekistonda “Neobыknovennaya” arog‘i savdosidan mo‘may daromad ko‘rib kelgan.

Bundan tashqari Husan Moskovskiy Rossiya matbuotida “Butun umr o‘g‘rilar yonida yurgan ” tadbirkor, deya ta'riflangan.

Shuningdek u sobiq prezident Islom Karimov davrida siyosiy qotilliklarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxslardan biri sifatida tanilgan.

Bu mavzuga Eltuz mavridi kelganda yana to‘xtaladi. Kanalimizni kuzatib boring, obuna bo‘ling. Videolarimizni ulashing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2023
Olti yilcha oldin bir aziz do‘stim Saudiyaga zaruriyat yuzasidan borib keldi. Safar tafsilotlarini aytar ekan «Saudiyada yashaydigan o‘zbek olim» ...
11 mart 2016
O‘zbekistonda reklamada pornodan foydalanish taqiqlanadi. Lekin bu qoida siyosiy reklamalarga joriy qilinmaydi. Kinoda o‘pishish mumkin, har ikki xolatda, – ...
19 avgust 2018
Hukumat buyurtmasiga ko‘ra, o‘zbek muxolifatini yomonotliq qiluvchi kitob yozgan Oleg Yakubov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng 2000 yilning 27 ...
1 may 2020
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga, Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga. Aziz ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...