Asosiy mavzular
21 avgust 2024

Rossiya yonmoqda, O‘zbekistonda esa bosqinchi maqbarasi ta'mirlandi – 600’64

Rossiyada o‘rmonlar yonmoqda, Tailandda sigirni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘ris erkak qamaldi. Andijonda esa O‘zbekiston kulini ko‘kka sovurgan arab bosqinchisining maqbarasi ta'mirlandi va  bu 600 SYeKUND.

Rossiyaning Tuva respublikasida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Yong‘inlar respublikaning 2 849 gektar maydonini qurshab olgan. Yong‘inlar sabab hududda favqulodda holat e'lon qilindi. Uchta bolalar oromgohida dam olayotgan 500 nafar bolalar evakuatsiya etildi.

+++

Rossiyaning Kursk viloyatiga kirib kelgan Ukraina harbiy kuchlari 80 ta aholi yashash punktini ishg‘ol qildi. Rossiya hukumati uchun bu kutilmagan zarba bo‘ldi. Ukrainaning Pokrov yo‘nalishida jang qilayotgan Rossiya askarlari endilikda Kursk tomon yo‘naltirilmoqda. Ayni paytda Ukrain harbiy kuchlari Kursk viloyati mahalliy aholisiga hech qanday bosim o‘tkazmayapti va o‘z vaqtida insonparvarlik yordamlarini ulashmoqda.

+++

Rossiya federatsiyasining bandlik markazlari ishsiz fuqarolarni ommaviy tarzda urushga yollashni boshladi. Yangi qoidalarga ko‘ra agar ular urushda qatnashish taklifini rad qilsa uni ishsizlik nafaqasidan mahrum qilish ko‘zda tutiladi.

+++

Tailandga turist bo‘lib borgan rossiyalik 26 yashar Yevgeniy Kuvshinov sigirni zo‘rlamoqchi bo‘lganida ushlandi. Uning yalang‘ochlanib sigir bilan jimo qilishga urinayotgani mahalliy aholi vakillarida shubha uyg‘otgan va ular holatni tasvirga olishgan. Ma'lum bo‘lishicha sigir Kuvshinovni suzib jarohatlagan. Zoofil qamoqda.

+++

AQShda qarishga qarshi preparatlar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. 12 yoshga to‘lgan Zevs laqabli nemis ovcharkasi terminal saraton bilan kasallangan edi. Operatsiyadan so‘ng yangi yaratilgan preparatlarni qabul qilgach itning ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan. Ushbu dori itning artrit kasaliga ham davo bo‘ldi. Yangi ixtiro qilingan preparat DNKdagi qarishni bartaraf etishga xizmat qiluvchi sohalariga ijobiy ta'sir o‘tkazadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, ushbu dori vositasi DNK telomerlarini 200 foizgacha uzaytiradi. 2025 yilda dori odamlarda sinab ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.

+++

Turkiy xalqlar ustidan mustamlaka siyosatini olib borgan bosqinchi Qutayba Ibn Muslimning Andijondagi maqbarasi ta'mirlandi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Qutayba ibn Muslim halifaga itoatsizligi va mahalliy aholiga nisbatan shafqatsiz ommaviy qirg‘in uyushtirgani va Ummaviylar hokimiyatiga qarshi isyon boshlagani sababli arab halifasi Sulaymon buyrug‘i bilan 48 yoshida qatl qilingan. Uning maqbarasi aniq qaerda joylashganini tasdiqlovchi tarixiy hujjatlar mavjud emas. Shunga qaramasdan Andijon viloyati hokimi boshchiligida Qutayba ibn Muslimning Jalaquduqdagi taxminiy maqbarasiga ziyorat uyushtirdi.

+++

Yaponiya Markaziy Osiyoga Rossiyani chetlab o‘tib Yevropaga chiqish yo‘lini tashkil etishda ko‘maklashish istagini bildirdi. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitida qatnashadi. Sammitda Markaziy Osiyo mintaqasiga moliyaviy yordam paketi e'lon qilish rejalashtirilgan. Bu rejani haqida nafaqat sharq davlatlari, balki AQSh kabi g‘arb davlatlari siyosatchilari ham qo‘llab quvvatlamoqda. Ushbu yo‘l vositasida Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyani chetlab o‘tib to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa bilan savdo qilish imkoniga ega bo‘ladi.

+++

Parij 2024 Olimpiadasida O‘zbekiston medallar hisobi bo‘yicha 13 o‘ringa ko‘tarildi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Mamlakat sportchilari 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga sazovor bo‘lgan. O‘zbekistonning Olimpiadaga tayyorgarlik uchun ajratgan mablag‘i 160 million aqsh dollariga teng. Medal olgan sportchi va murabbiylarga berilgan sovg‘alarning umumiy qiymati taxminan 2-2,5 million dollar deb baholanmoqda. Shu asnoda mamlakat Olimpiadaning bitta oltin medali uchun byudjetdan o‘rtacha 4 million aqsh dollari sarflagani ma'lum bo‘ldi. O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda va MDH davlatlari orasida birinchi va Osiyo davlatlari orasida 4 o‘rinni egalladi.

+++

«Turkiya orqali Amerikaga jo‘natvoraman» deya o‘zbeklarni aldab pulini olgan fuqaro 48 yashar Dilafro‘z Madieva Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olindi. O‘nlab odamlarning pulini olib qaqshatgan firibgar ikki yildan beri qidiruvda edi. Istanbuldan deport qilingan Madieva Toshkent aerportida qamoqqa olindi.

+++

7 avgust kuni Sirdaryo viloyati Muzraobod tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchisi tarbiyachilar loqaydligi sabab vafot etdi. Bu haqida rasmiy OAVlar xabar bermadi. 2 yashar bolaga bog‘chada dori berilgan, yarimta paratsetomol dorisi bolaning nafas yo‘liga tiqilgan. Buni ekspertiza tekshiruvi tasdiqlagan. Voqea Muzrabodning Yo‘ldoshobod mahallasidagi oilaviy bog‘chada sodir bo‘lgan, tuman mutasaddilari fojiani bosdi-bosdi qilishga urinmoqda degan taxmin bor.

+++

2017 yildan 2021 yilgacha uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan Saliev Muzaffar Xaldarbaevich 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Muzaffar Saliev va uning sheriklari davlat byudjetidan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-toroj qilgan. Sud hukmi bilan aybdorlardan 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ davlat foydasiga solidar tartibda undirish belgilangan. Sobiq vazir nomiga rasmiylashtirilgan Lada Pickup, treker avtomobillari, ikkita xonadon, bitta hovli, 14 ming 600 dollarlik mablag‘i yetkazilgan zararni qoplashga qaratilishi belgilangan.

+++

Andijon viloyati Shahrixon tumani Mahalla uyushmasi hisobchisi lavozimida ishlab kelgan ayol 50 ming dollar pora olayotgan vaqtida viloyat DXXsi va Departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Eltuzga berilgan ma'lumotga ko‘ra, holat 12-avgust kuni sodir bo‘lgan. Ayol yer toyifasini o‘zgartirib berish evaziga o‘ziga yaqin tanish bo‘lgan shaxsdan 50 ming dollar so‘ragan. Poraxo‘r mulozim qamoqda.

+++

Chustlik firibgar Rahmonov o‘zining “Jentra” rusumli mashinasiga xaridor bo‘lgan Mirzaevdan 17 ming AQSh dollari olgan. Firibgar xuddi shu mashinani boshqa bir fuqaro Xalilovga ham sotgan va hujjatlarni rasmiylashtirib bermagan holda dastlabki to‘lov uchun 3200 AQSh dollari olgan. Pullar to‘liq o‘zlashtirilgan, mashina esa yo‘q. Davlat raqam belgisi 50 K 763 VV bo‘lgan Jentra mashinasi qidiruvga berildi. Firibgar hozircha javobgarlikka tortilmadi.

+++

O‘z mansabini suiste'mol qilgan Buvayda tuman IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Baytemirov Sharofiddin Avazdjanovich tovlamachilikda ayblandi. Boytemirov fermer Ro‘ziqulov tomonidan tashkil qilingan, 13 gektar ekin maidonli, sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xujaligini teng sherikchilik asosida yuritish talabini qo‘ygan. IIB boshlig‘i o‘z haydovchisi Bobobekov orqali fermerga 9 gektar yer uchun bug‘doy urug‘ini olib bergan. So‘ng 9 gektar maydondagi g‘alla hosilini “Buvayda paranda” fermer xo‘jaligi rahbariga sotib yuborgan. Hosildan bo‘shagan yer maydonining har bir gektarini 3 million so‘mdan jami 30 million so‘mga baholab, fermer A.Roziqulovdan shu pulning yarmini berishni talab qilgan. Fermer belgilangan mablag‘dan 10 million so‘mni IIB boshlig‘iga haydovchisi orqali berib yuborgan. Farg‘ona viloyat sudi sobiq IIB boshlig‘i Baytemirov Sharofiddin Avazdjanovichni 9 yil huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tizimida ishlash huquqidan mahrum qildi, shu muddat davomida jinoyatchi daromadining 20 foizi davlat hisobiga chegirib qolinadi. Bundan tashqari sud tovlamachi IIB xodimini 3 yil axloq tuzatish ishlariga jalb qilish hukmini chiqardi.

Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 670 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
31 mart 2021
27-28 mart kunlari tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida O‘zbekistonning tog‘li hududlarida odamlarning uylari, mashinalari va chorvasini sel oqizib ketdi. Bu ...
18 oktyabr 2024
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon, ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim, mana xapta aylanib, siz bilan yuzma-yuz, betma bet suhbatga musharraf bo‘lganimdan shodman. MS: Nichiksizla xo‘jik ...
15 noyabr 2023
Direktor shapaloq “tilpo‘ni yo‘q” ota onalardan maktab saytiga pul talab qildi. Smartfonga qurbi yetmaydigan, bolasining bilimini tekshira olmaydigan bunday ...
5 sentyabr 2022
Qadrli muhlislar, e'tiboringizga Eltuz 600 sekundninig navbatdagi sonini taqdim etadi.+++4 sentyabr kuni Qamashining Qo‘shkapasida “Neksiya» haydovchisi velosiped haydab ketayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...