Asosiy mavzular
3 sentyabr 2024

Chirigan vagonlar va narxi osmon chiptalar

O‘zbekistonda oylik maoshlar yiliga bir marta bilinar-bilinmas oshadi. Lekin narx-navo kuniga ko‘tariladi. 

Joriy yilda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ  foydalanuvchilarni kutilmagan “sovg‘a”lar bilan siyladi. Avvaliga chiptalar narxini 20 foizga ko‘tardi. Xalq ijtimoiy tarmoqlarda to‘polon qildi. Jamoatchilik qarshi chiqdi. Ammo har galgidek xalq fikrini eshitadigan mard topilmadi.

Aksincha oradan ikki  oy o‘tib narxlar yana 12 foizga oshdi.  Bunda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilangani evaziga narxlar oshganini aytishgandi. 

Yo‘llar tirband, poezd xizmatidan foydalanish fuqarolarga avtobus va taksilardan ko‘ra qulayroq. Ammo poezdlarda aksiadorlik jamiyati va'da bergan xizmat ko‘rsatish sifati yomonlashgan bo‘lsa yomonlashganki, yaxshilangani yo‘q. 

Toshkent-Urganch, Toshkent-Nukus qatnovidagi poezd vagonlari yarim asrdan buyon xizmatda bo‘lsa kerak. Allaqachon temirlari zanglashga ulgurgan. Vagon o‘rindiqlari va  alohida xona yotoqlaridan qo‘lansa hid keladi. Narxlar esa osmon. Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi Sharq poezdlari ahvoli ham havas qilarli darajada emas. Singan o‘rindiqlar, dim vagon, ishlamaydigan jalyuzilar, eshigi yopilmaydigan hojatxonalar… 

Tuzatish kerak bo‘lgan kamchiliklarning  oxiri yo‘q. Hatto qatnoviga hali ko‘p bo‘lmagan Toshkent-Buxoro, Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poezdlari ham ohori to‘kilishga ulgurgan. O‘rindiqlar orasi tor, derazalari ishga tushgandan buyon yuvilmagandek…

Eltuzga yaqin manbalarning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri lavozimida bo‘lib turgan Ochilboy Ramatov «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat kompaniyasining boshqaruv raisi vaqtida o‘zi uchun mahsus vagon yasattirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra hamon  Ramatov viloyatlarga zarur topshiriqlar, davlat rahbari tashriflari oldidan ana shu vagonda borib kelarkan. 

Aytishlaricha, vagondagi sharoitlar oldida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning sotmoqchi bo‘lgan 2 milliard so‘mlik uyi hijolatda emish. 

Bundan bilish mumkinki, yo‘qdan bor qilish mumkin. Oddiy xalq yuradigan poezdlarni ham juda Ramatov minadigan vagon darajasida bo‘lmasa ham bir navi qilib tamirlab qo‘ysa bo‘lardi. Shunda bechora xalq ko‘ksiga ham shabada tegardi.

Eltuz O‘zbekiston jamoat transporti tizimidagi muammolarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2018
Yangi yil arafasida 9 yashar o‘zbek qizi Madina qorboboga xat yozdi. Nega lotindamas, kirillda yozding, degan savolga qizaloq Toshkentdagi ...
4 dekabr 2015
(XMT) Xalqaro mehnat tashkiloti paxta yig‘im terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga oid monitoring natijalarini e'lon qildi. XMT ekspertlari: ...
8 aprel 2022
Mana, g‘ir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qonxo‘r rus bosqinchilarining yosh go‘daklar, qizlarni zo‘rlab o‘ldirgani, ayollar, keksalar ...
6 fevral 2019
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 4 fevral kuni o‘zbekistonlik 40 nafar yo‘lovchi mingan, ikki nafar qozoq haydovchisi boshqaruvida bo‘lgan avtobus ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...