Asosiy mavzular
20 sentyabr 2024

Peshanasi oqarmaydigan el – RTdan va'z

Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayyoom. Yuz minglab odamlar bilan suhbat mazasi astronomik o‘lchamda go‘zal. 

MS: Yuz ming amas, 678 mingnan oshdiq og‘a. Nichiksizla jollimisizla kozel, chug‘ul, yilpishlo.  Xo‘jik birri, mo‘chchi oybika, yoshi kichchi, yoshiullilo…

RT:   

Qalbimda goh g‘urur, gohida farah, 

Shu uchqur dunyoni turfa ko‘ribman. 

Yurtma-yurt, elma-el, farsax-bafarsax 

Umrim dovonlarin o‘lchab yuribman. 

Umr-ku o‘tadi gulduros solib, 

Uning o‘tganini kim ham ko‘ribdi? 

Vo ajab, qay bir zot, o‘z umri qolib, 

Mening qadamimni o‘lchab yuribdi…(Oripov )  

MS:   Rashid Qodirov dayan genprokuror bor adi. Sizni odimingizni o‘lchab yurar adi. Oxirindo poro olib qomolib, qomoqda ishton tikdi. Atkan topavaradi.

RT Matchon suqilish xaptani temalarini yodingga solsam: 

Botirning raqqosa onasini eri kim bo‘lgan degan savolga javob topkan mardum Itbozor degan do‘konning bitbozorga aylanganini muhokama qildi. Keyin afg‘oniston shariatini O‘zbekistonda o‘rnatamiz deb qasam ichgan rijollar to‘dasi taqir yerdan chang chiqarib, eshshak go‘shti mavzusini o‘rtaga tashadi.  

MS: Bir yonda ina  Munisa bo‘g‘oz. Shuni omosog‘, yoxti dunyog‘o chiqorsoq go‘zzimiz oydin bo‘lor adi…

Shumxabarlar

«Oldin stul bilan boshiga urib yerga yiqitdi. Keyin o‘tmas pichoq bilan asbobini kesishga urindi. Keyin temir kesadigan arra bilan asbobini kesib itga yedirdi…»

MS: Ibiy qorovosti kishini. Chukki kasilgan dirimi oxir?

RT: Asbobi kesilgan erkak   azoblanib o‘ldi. Bu ujas kinodan parcha emas Toshkentning Mirzo Ulug‘bek sudida ko‘rilgan jinoyat xronikasi. 

Jamiyatda shafqatsizlik va ekstrim jaxolat yoyg‘in.  

Qasddan  qotillik yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqildi. 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar G.O. va N.B. JKning 97-moddasi 2-qismi «v», «j», «p», bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan marhum qilish jazosi tayinlandi. 

MS Qorsildop uchip gursildap sinsin.  

Toshkentda protsentga pul bergani ortidan burchakka qadab odamlarni uy joyini ovoladigan banditlar ushaldi.

MS:  Qon toshog‘onlo, xolqni  o‘ylomidi pl kavoplo…

Itbozorning odam urgich qorovullari. Biri yetti, biri besh kun qamag‘da o‘tiradi. Ajdarxoning asosiy kallasi bo‘lgan Omadtila kurortda yuribdi. Aeroportda qo‘liga kishan solinishi adolat talabi.

MS: In bozordi ini bizildi.

RT: Omadtilloni omad tark etdi. Chempiondan tortib populist Rasulgacha undan yuz o‘girdi.  

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, bu xudo urib ketgan savdo markazi rahbari Omadtillo Xolmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

Aslida odam urishni qahramonlik mafkurasi deya parvarishlagan hukumat siyosati mevasi bu gansterizm.

Kobaltning dushmani kobalt boladi… Toshkentda ikki kobalt bir biriga kelib urildi. Sho‘pr mayib bo‘ldi lekin o‘lmadi.

MS: Go‘zzinga qoro, go‘zzinga! Moshn mindim dap asrip getmangla! 

RT: Istanbul masjidida pulini  o‘g‘irlatgan qamashilik o‘zbekni konsulxona Toshkentga qaytardi.

MS: Xovordon bo‘lish garak. Mo‘llodan uzoq yurish garak. Novvi davadi Navoiy otes…

RT: Yakkabog‘ sudi xotini ustiga  benzin quyib yoqib tashagan 58 yashar erni 10 yilga qamadi. 38 foiz tanasi kuysa ham tirik qolgan  xotin sudda eridan shikoyati yo‘qligi va besh bola tug‘dirgan erini sevishini aytdi.

Hayot qanday beshafqat

MS: Og‘o shu bizani hayotimiz ujas kino. Tiyotro borishni garaki yo‘q¸ Ikki qo‘ngshi urishsa ina siza tiyotr…

1971 yili Xamza nomidagi akademik teatrda bundan 2500 yil oldin buyuk dramaturg Sofokl yozgan «Shox Edip» spektakli o‘ynaldi. 

Otasini o‘ldirib, onasini xotin qilganning ortidan eliga baloyu kulfat yog‘ilgan baxti qaro yurtboshi qismati aks etgan bu tragedeyada.

1971 yilgi o‘zbek tomoshabini bu asarni qoniqish va minnatdorlik bilan qabul qildi. 

Xo‘sh bugun «superqaynona» kabi taviya asarlar bilan to‘yingan tomoshabin va tamal bilimdan mosuvo rahbarlar bu asarni qabul qila oladimi?

«Albatta» chunki xalqning yettidan yetmishigacha «onangni sikay» deb yettiga yigirma to‘rt rejimda tinimsiz so‘kinadigan el uchun saxnada onasi bilan seks qilgan yurtboshi obrazi o‘ta normal hisoblansa kerak. 

Mayli Sofoklni unutdik. Syujeti Shox Edipga o‘xshash asar yozdim. Masalanda endi. 

Parda ochiladi 

Deylik S viloyati  hokimi (J  viloyati ham bo‘lishi mumkin. Bu bir misol) xotini bo‘g‘oz bo‘lib qoldi. Uzi qilib ko‘rsa o‘g‘il. Hokimlar va ularning qarindoshlari irimchi bo‘ladi. Folbinga borishadi. Aytaylik jizzaxlik o‘rta statistik folbin. Bu folbin qo‘y qumalog‘iga qarab turib «bu bolani yo‘qoting. Bola katta bo‘lsa otasini o‘ldiradi» deydi. 

Hokimning xotini bola tushiradigan dori ichadi ammo kor qilmaydi.  

Bola tug‘iladi.  To‘rt kilo ikki yuz. Qornida xoli bor tugamachadek.

Bolani «bo‘g‘ib o‘ldirib, ko‘mib tasha» deb hovlini qarab yuradigan bog‘bon qo‘liga berishadi.  

Bog‘bon bolani o‘ldirishga ko‘zi qiymaydi. Ëlg‘ondan o‘ldirdim, deb aytadi va bolani tog‘da hokimning qo‘ylari boqiladigan yaylovga o‘zi bilan olib ketadi.  

Parda yopiladi va ochiladi 

Yaylov qo‘shni respublikaga chegara edi. 

O‘sha  kuni yaylovda  bog‘bonning o‘toviga suv so‘rab bir erkak bilan xotin kiradi.  

Ular qimmat Xammer moshnda tog‘da sayr qilib adashib qolishgandi. 

Bu er xotin boy bo‘lsa ham bolasi yo‘q edi. Ësh go‘dakni ko‘rib xotinning mehri iyib emchagiga sut keladi.  

Er bo‘lsa bog‘bonga bir pachka kal aka rasmi tushirilgan puldi berib bolani sotib olib o‘zi bilan olib ketadi. 

Parda yopiladi.

Oradan yillar o‘tdi. Joriy yurtboshi ichburg‘idan o‘lib, o‘rniga anavi hokim yurtboshi bo‘ldi. 

Xammerda sayr qilib bola sotib olgan erkak esa qo‘shni davlat yurtboshisi bo‘ldi tasodiflar zanjiri bilan. 

Olib saqlangan bola esa yaxshi yeb, yaxshi ichib kuchli xarizmatik lider, o‘qi nishonga bexato tegadigan general bo‘lib yetishdi. 

Katta armiyaga bosh bo‘lib qo‘shni davlatga bostirib kirdi va yurtboshini avtomat kalash bilan tarillatib otib tashadi.

O‘zi o‘ldirgan yurtboshining tul qolgan  xotininini esa ashi joydagi Alijon akaga nikoh o‘qittirib o‘ziga sha'riy xotin qilib odi. 

Parda yopiladi 

Parda ochilganda daraxtlari kesib tashlangan, anomal sovuqdan azob chekib ingrayotgan bir o‘lka manzarasi ko‘rinadi.  

Ko‘chadagi tabloda mamlakatning tashqi qarzi milliardlardan oshib ketayotgani onlayn ko‘rinib turibdi.

Razolat, safolat, kasofat va katastrofa kontsentrati bo‘lgan taviya bir o‘lka. Qushlar sayramaydi, tovuqlar yumurtolamaydi, qurtlar ipak to‘qimaydi. Har uch kishining ikkisi aprs. Biri polis. Odamlar ikki erkakni bir biri bilan urishtirib tomosha qilib o‘tiradigan ma'naviyatsiz bir mamlakat.  

Nega bu o‘lka boshiga  bu qadar ko‘p balo yog‘ildi?  

Odamlar bu savol javobini topish uchun folbinga borishadi. Folbin yana qo‘y qumalog‘iga qarab prognoz beradi. 

Prognoz daxshat edi.  

Mamlakatni o‘z otasini o‘ldirib, onasiga er bo‘lgan baxtiqaro boshqarmoqda. 

Parda yopiladi. Parda ochilganda yurtboshi saroyidagi katta sxo‘dka va razbor avjida edi. 

Bir vaqtlar xokim uyida bog‘bon bo‘lib ishlagan boboyni sudrab kelishadi. Avvaliga u aytmaydi. Tok urdirib qiynashganida haqiqatni aytadi. 

Parda yopiladi. Parda ochilganida Oydin Norboevaga o‘xshash chiroyli qiz sahnaga chiqib yurtboshi rezidentsiyasida ko‘rganni his hayajon bilan mo‘no‘lo‘g qilib aytib beradi. 

«Oldin o‘g‘liga xotin bo‘lgan ona o‘zini o‘ldirdi. Keyin esa otasini o‘ldirib onasini xotin qilgan yurtboshi oltin to‘g‘nog‘ich bilan o‘z ko‘zlarini o‘yib o‘yib tashladi» 

Parda yopiladi. Saxna chetidan ko‘zlari o‘yilib ko‘r bo‘lgan yurtboshi boshini egganicha a nuqtadan b nuqtaga qarab harakatlanadi. 

Qissadan hissa, Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Baxti qaro yurtboshi xuddi tog‘ tepasidagi buloqda o‘lib yotgan it jasadi kabi butun suvni bulg‘aydi. Bu suvni ichgan barcha zaharlangani kabi yomon raxbarning kasopati el yurtga uradi.

Tamom.

Bu asarni Ozodbekka oborib «mashini tiyotir qilib o‘ynaylik» desam, yo‘q deydi. 

«Mentalitetga to‘g‘ri kelmaydi» deydi eng kamida.

«Nega» deb so‘rasam «Ashnaqa» deydi.

Siz nima deb o‘ylaysiz?  Sofokl asari o‘zbek mentalitetiga zidmi? 

RT: Og‘o siz so‘romong bu xoroplodon. Chakida xolto bilan ursongom mongloyi oqormiydi bloni. Uring potiyani.

Assalam O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
12 oktyabr 2023
Eltuzga Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani filiali rahbariyati ustidan bankning bir necha xodimlari yo‘llagan shikoyat maktubi ...
13 oktyabr 2016
«Hurriyat» gazetasi (12.10) o‘zining 1000-soni chiqishi munosabati bilan nashrni tashkil etish jarayonlarida bevosita ishtirok etgan taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboevning ...
11 may 2017
Notarial idoralarning yulg‘ichliklari  haqida maqola chop etgan “Jamiyat” gazetasiga Adliya vazirligi dag‘dag‘a ohangi yuqori bo‘lgan javobni yo‘lladi. 2017 yilning ...
26 avgust 2019
Uzoq yillar davomida rejim paxtaqo‘yarlari tomonidan og‘zi ko‘pirib maqtanilgan “taraqqiyotning o‘zbek modeli noto‘g‘ri bo‘lgani” mamlakatning eng yuqori doiralari tomonidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...