Asosiy mavzular
24 sentyabr 2024

Poligonda portlagan Sarmat, o‘zini osgan ayol – 600’69

Rossiyada koronovirus, O‘zbekistonda esa qizamiqning yangi turi tarqaldi, er zulmiga chiday olmagan xotin o‘zini osdi va bu 600 sekund.

+++

Rossiyada tug‘ilish reytingining rekord darajada pasayishi kuzatilmoqda. Demografik krizis Rossiyaning qo‘shni Ukrainaga bosqinidan keyin kuchaydi. Rosstat e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, rasman aholisi 145 million bo‘lgan Rossiyada 2023 yilda 1 million 264 ming chaqaloq dunyoga keldi. Bu ko‘rsatkich 1999 yildan beri mamlakatda kuzatilgan eng past natijadir.

+++

Rossiya bo‘ylab koronavirusning yangi Iks Ye Si nomli shtammi tarqalmoqda. Kasallikning asosiy simptomlari isitma, tumov, hid va ta'm bilish sezgisining yo‘qolishi, ishtaha yo‘qolishi, tanadagi og‘riq, charchoq va bosh og‘rig‘i ekanligi ta'kidlanmoqda.

+++

Rossiyada plastik jarrohlik amaliyoti narxlari oshadi. Sanktsiyalar ta'sirida plastik jarrohlik uchun zarur bo‘lgan implantlar narxi ko‘tariladi. Implantlar mamlakatga yevro va dollar valyutasi to‘lovi bilan import qilinadi. Natijada Moskva bo‘ylab taxminan 350 ming rubl bo‘lgan ko‘krakni kattalashtirish amaliyoti Oktyabr oyiga kelib 800 ming rubl deya baholanishi kutilmoqda.

+++

Jahon bozorida oltin narxi rekord darajada o‘sdi. Ushbu qimmatbaho metallning troy untsiyasi 2600 aqsh dollarini tashkil qilmoqda. Bir troy untsiya oltin taxminan 31 grammni hosil qiladi. Valyutalar inflyatsiyasi fonida oltin narxi oshib borishi taxmin qilinmoqda.

+++

Frantsiya xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikka rozi bo‘lgan Telegram mutasaddilari endilikda boshqa mamlakatlarning havfsizlik borasidagi talabnomalariga ham javob bera boshlashdi. Hamkorlik kiberjinoyatlar bo‘yicha tergov-surishtiruv doirasida amalga oshiriladi.

+++

Rossiya mudofaasi Ukraina yadro energetikasi ob'ektlariga hujum tayyorlamoqda. Hujumlar qish mavsumi arafasiga mo‘ljallangan, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga. Zarbalar atom stantsiyalari va podstantsiyalaridagi ochiq taqsimot uskunalariga yo‘naltirilishi mumkin. Ushbu uskunalar atom stantsiyasining xavfsiz faoliyati uchun juda muhim. Ularning zararlanishi fojiaviy oqibatlarga olib keladi.

+++

Qrimda portlashlar yuz berdi. Rossiya ma'muriyati raketa trevogasini e'lon qildi. Sevastopolda aholidan qirg‘oq bo‘yi hududlarini tark etish so‘ralmoqda. Qrim Jamoat transporti faoliyati to‘xtatilgan.

+++

21 sentyabr kuni xalqaro tinchlik kuni nishonlandi. Shu munosabat bilan rossiyaliklar Lesya Ukrainka va “Tinchlik talab qilamiz” haykallari poyiga gul qo‘yishdi. Gullar bilan birga keltirilgan qog‘oz kabutarlarda Ukrainada bosib olingan va Rossiyada aholi qurbon bo‘lgan hudud nomlari yozilgan.

+++

Qozonda Briks sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit mehmonlarini joylashtirish uchun talabalar yotoqxonalardan quvilmoqda. 7 oktyabrdan to 27 oktyabrgacha Qozon davlat energetika universiteti yotoqxonalariga BRIKS tadbiri ishtirokchilari joylashtiriladi.

+++

Livan osmoni yana notinch. Isroil armiyasi Xizbulloh terrorchilarining o‘nlab nishonlarini yo‘q qilishdi. Mamlakat janubida Xizbulloh jangarilari qo‘lidagi ratsiyalar va mingdan ortiq peydjerlar portlatildi. 18 sentyabr holatiga ko‘ra o‘lganlar soni 20 kishi, jarohatlanganlar 450 kishini tashkil qilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida Xizbulloh va Hamas terroristik tashkilot sifatida e'tirof etilgan.

+++

Kamala Harris CNN kanalida Donald Tramp bilan debatda ishtirok etish taklifini ma'qulladi. Nomzod Tramp esa ushbu taklifni hozircha tasdiqlamagan. Tomonlar kelisha olsa debat 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tramp va Harrisning ilk debati 10 sentyabr kuni ABC kanalida efirga uzatilgan edi. Donald Tramp birinchi debatda o‘zini g‘olib deb e'lon qilgan. Biroq o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra 67 foiz AQSh vatandoshlari Kamala Harris nomzodini qo‘llamoqda.

+++

Rossiyaning eng qudratli sanalgan Sarmat raketasi sinov paytida portla, o‘z poligonini yakson qildi. Bundan bir necha yil avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sarmat deb nomlangan afsonaviy qurolning animatsion taqdimotini namoyish qilgan edi. Sarmat RS-28 rusumli yadroviy kontinentlararo ballistic raketa Kremlda eng kuchli va ilg‘or qurol deb e'tirof etilgan. Amalda esa ushbu raketa to‘rtinchi marta sinovdan o‘tolmadi. Ilk sinov 2022 yil 20 aprel kuni muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Biroq 2024 yilning 20 yoki 21 sentyabr kuni o‘tkazilgan sinovda Sarmat o‘z poligoni tunnelida portlab ketdi.

+++

O‘zbekistonda qizamiqning og‘ir shakli tarqaldi. Qizamiqning og‘irlashgan asorati panentsefalit bolalarning nerv tizimiga jiddiy zarar beradi. Natijada bola mutlaqo harakatsiz falajlanib, mustaqil ovqat yeyolmaydigan bo‘lib, tashqi dunyodan uzilib qoladi. Bugungi kungacha O‘zbekistonda ushbu kasallikdan 9 nafar bola o‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu kasallik qarshisida tibbiyot ojiz degan xulosani berdi.

+++

Olmaliq shahrida Ixtisoslashgan Buxoro maktabi o‘quvchilari suvdan zaharlanishdi. O‘quvchilar maktab hududida filtrlanmagan suvdan iste'mol qilganlar. Suvdan zaharlanish asosan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatilgan. Ushbu xolat maktabning 4 sinf o‘quvchilaridan 8 nafarida kuzatilgan. 18 sentabr sanasida bolalar shahar tibbiyot birlashmasiga oborilgan. Uy sharoitida zaharlanishni oldini olish va bartaraf etish muolajasi buyurilgan. Bolalarda zaharlanishning xavfli bo‘lmagan darajasi aniqlangan. Ayni kunda zaharlangan bolalar uchun darslar vaqtincha to‘xtatilgan. Maktab ma'muriyati bolalar tuzalishi uchun 4 kunga uylariga javob berganlar. Zaharlanish asosan boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida kuzatilgan. Bolalarning oshqozoni og‘rigan, boshi aylangan. Ota-onalar maktabdan suv ichmasliklarini uqtirishmoqda.

+++

Toshkentning Sergeli tumanida avtobusdan tushib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘quvchini yuqori tezlikda harakatlanib kelgan Bi vay di rusumidagi avtomobil urib yubordi. Qizcha nobud bo‘ldi. Video yozib olayotgan avtomobil tezligi 70 km/soat. Shu holatida ham uni ortda qoldirib ketayotganiga qaraganda Bi Vay Di tezligi kamida 80-90 km/s bo‘lganini bilish mumkin.

+++

Samarqandda ikki bolaning onasi eri muntazam kaltaklashi va haqoratlashiga chiday olmasdan o‘zini o‘ldirdi. Sud hujjatlarida erkak xotini va bolalarini tepib, arzimas sabablar bilan ayovsiz kaltaklagani aytiladi. Ayol otasining qon bosimi oshib ketishini o‘ylab, uydagilariga eridan shikoyat qilolmagan. Vaziyat oshkor bo‘lgach ayolning ota-onasi kuyovi bilan “gaplashib olish uchun” kelishgan. Biroq kuyov ularni uyga kiritmasdan haydab yuborgan. Zulmkor erkak zarbalardan ahvoli og‘irlashgan xotiniga tez yordam chaqirishni yoki shifoxonaga borishni ham taqiqlagan. Erkak xotinining ahvolidan xabar olgani kelgan ikki qarindoshini pichoqlagan. Azob-uqubatdan qutilishga umidini yo‘qotgan xotin 2024 yil 2 yanvar kuni kechasi o‘zini hovlidagi daraxtga osdi. Bolalar onasining o‘ligini ko‘rgan. Biroq ammasi bolalarga bu haqida hech kimga aytmaslikni buyurgan. Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasi va guvohlar ko‘rsatmasiga asoslanib, erkak bir necha moddalarda aybdor deb topildi. Xotinini suiqasdga undagan erkak 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

+++

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi erkak farzandi uchun aliment to‘lovi o‘rniga o‘z mashinasini berdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan, erkak bir nafar farzandi uchun 2016 yildan buyon aliment to‘lab kelgan. Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida taraflar o‘zaro kelishishiga erishilgan va ota farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari evaziga «Damas» avtomashinasini berishini ma'lum qilgan. Undiruvchi ham bu taklifga rozi bo‘lgani holda aliment to‘lovlari o‘rniga avtomashinani qabul qilib oldi.

Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 679 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing,  sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
18 may 2018
Prezident Mirziyoevning umr yo‘ldoshi Ziroatxon Hoshimovaning Vashingtondagi Oq uyda tushgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan birida O‘zbekistonning birinchi xonimi ...
7 fevral 2020
Xitoy hukumati 5‏ fevralgacha Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida «Uxan virusi»ga chalinganlar soni 32 kishiga yetganini e'lon qildi. Muxtor tuman Sog‘liqni ...
6 iyun 2019
Andijon viloyati hokimi o‘tkazgan matbuot anjumanida mahalliy televidenie rahbari xorij ommaviy axborot vositalarini “umumiy dushmanimiz”, deb atadi. Shu kunlarda ...
21 may 2017
Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...