Asosiy mavzular
16 oktyabr 2024

Samarqanddagi qotillik, Trampga suiqasd va ozod etilgan yumoristlar – 600’72

Toshkentlik imoristlar ozod qilindi, Trampga uchinchi bor suiqasd uyushtirildi, Samarqandlik erkak o‘z qallig‘ini so‘ydi va bu 600 SYeKUND

Rossiya televideniesida bir necha yillardan beri faoliyat yuritayotgan suxandon Ekaterina Andreeva o‘tirgan stul sinib ketdi. Suxandon hech narsa bo‘lmagandek gapirishda davom etdi.

+++

Xitoylik xakerlar AQShning bir necha shaharlarida robot changyutkichlarni ishdan chiqardi. Robotlar uy tozalash o‘rniga uy hayvonlarini quvib, dinamiklar orqali irqchilik ohangidagi haqoratlarni yog‘dirgan.

+++

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga “tez yordam a'lochisi” mukofoti topshirildi. Mahalliy sog‘liqni saqlash vaziri Alixanov fikriga ko‘ra, agar fuqaroga favqulodda yordam kerak bo‘lsa u tez yordamga murojaat qiladi, agar mamlakatga tez yordam kerak bo‘lsa ilk tez yordamga yordamni Ramzan Qodirov ko‘rsatadi.

+++

13 oktyabr kuni Las Vegasda UFC Vegas 98 turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov amerikalik Si Jey Vergaga qarshi UFC dagi ilk jangini o‘tkazdi.

++

Starship o‘ziga yuklatilgan vazifani ado etdi. U yer atrofini o‘rab turgan orbitaga chiqib, Hind okeaniga qo‘ndi. Ilon Mask ochiq fazoga chiqib, so‘ng qaytib keladigan transport yaratishni maqsad qilgandi. Bu maqsad amalga oshdi. Bu turdagi havo kemalari kosmosga parvozni arzonlashtirib fazoviy sayohat uchun imkon yaratadi.

+++

Trampga uyushtirilgan navbatdagi, uchinchi suiqasd bartaraf etildi. Bu safar Kaliforniyadagi uchrashuvga bir shaxs soxta taklifnoma bilan kirmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Shubhali shaxs tintuv qilinganida uning yonidan drobovik (qo‘shotar miltiq), pistolet va soxta VIP ruxsatnomalar topilgan. Las Vegaslik 49 yashar Vem Miller Trampni o‘ldirmoqchi bo‘lganini ma'lum qildi. Boshqa fikrlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Trampga suiqasd qilmoqchi bo‘lmagan. Bu ma'lumotlar hali tasdiqlanmadi.

+++

Turkiya parlamenti Markaziy Osiyo atamasini Turkistonga o‘zgartirishni taklif qildi. Bu nomdagi hududga barcha turkiy millatlar mamlakatlari qatorida Tojikiston ham kiritiladi. Turkiya Prezidenti bu g‘oyani qo‘llab quvvatladi.

+++

Samarqand viloyati hokimiga xitoylik maslahatchi tayinlandi. Xitoyning Shandun provintsiyasi taraqqiyot va islohotlar komissiyasi a'zosi Chen Yue viloyat hokimiga sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordam berishi iddao qilinmoqda.

+++

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Shimoliy Koreya armiyasi orasidagi hamkorlik aloqalari haqida gapirdi. Bu hamkorlik shunchaki qurol bilan ta'minlash emas, Shimoliy Korea harbiylarini Rossiya armiyasiga qo‘shishni ham nazarda tutadi.

+++

Chechenistonning Grozniy shahrida avtomobil turargohi portlab ketdi. Natijada 4 kishi qurbon bo‘lgani xabar berilmoqda.

+++

Ommaviy axborot vositalari Navalniy kundaligidan parchalar e'lon qildi. Bu parchada Navalniy qamoqda och qolayotgani, zaharlangan bo‘lishi ehtimoli haqida yozgan. Agar men o‘lib ketsam, bu memuar yodgorlikka aylanadi, deb yozadi u xotiniga. Navalniy 2024 yilgi Putin saylovidan oldin qamoqda o‘lgan edi.

+++

Latviyaning boltiq sohili suv ostida qolmoqda. Sekin-asta suv sathi ko‘tarilib uylar, daraxtlar va tarixiy yodgorliklar suv bilan qoplanyapti. Ushbu tabiiy jarayonni to‘xtatish imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

+++

Donald Tramp Putinning nega Ukrainaga bostirib kirgani haqida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Putinning urush ochishiga sabab Jo Bayden bo‘lgan emish. AQShning sobiq prezidentiga ko‘ra, “Bayden Ukrainadagi urushni eplay olmayapti. Bayden juda ojiz va keskin choralar ko‘rolmaydi. Buni bilgan Putin qo‘rqmay Ukrainaga bostirib kirgan” deydi Tramp.

+++

Rossiya politsiyasi poytaxtdagi ikki gey klubda reyd o‘tkazdi. Rossiya propagandasi noan'anaviy jinsiy orientatsiyani faqat g‘arbga xos illat deya hisoblaydi. Amalda esa Moskva gey klublari bir necha o‘n yillardan beri faoliyat yuritadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bayonotlaruga ko‘ra, mamlakat tuzumi va xalq mentaliteti qanday bo‘lishidan qat'iy nazar har bir mamlakatda o‘rtacha 5 foizdan 8 foizgacha noan'anaviy jinsiy orientatsiyaga ega shaxslar mavjud. Rossiya axborot vositalari amaldagi korruptsiya, jinoyatchilik va inflyatsiya kabi jiddiy muammolardan aholini chalg‘itish uchun, e'tiborni fuqarolarning o‘ta shaxsiy ishi bo‘lgan jinsiy orientatsiyasi masalasiga qaratmoqda.

+++

Nurotada Majburiy ijro byurosi (MIB) tumani bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Mirzaev o‘z hisobchisi Feruz Amonovni kuppa kunduzi hammaning oldida haqorat qilib va bir necha marta boshiga musht bilan urdi. Hisobchi guvohlarga boshliqdan qo‘rqishi, ishdan haydalishi mumkinligi va bankdan olgan kreditlari borligi uchun hech qaerga shikoyat qilolmasligini aytgan. Janjal sababi esa majburiy tartibda obuna pulini yig‘ishga bog‘liq bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, MIB xodimlariga muayyan premiya puli tushgan va bu pullar obuna uchun ajratilgan ekan. Boshliq hisobchidan darhol bu mablag‘larni to‘lashni talab qilgan.

+++

Namanganda 1 mlrd so‘mlik dori vositalarini qalbakilashtirayotgan jinoiy guruh ushlandi. Ular «Peratsetamol», Deksametazon» kabi arzon narxdagi dorilarni olib, qadog‘i va yorliqlarini o‘zgartirish orqali qimmat narxdagi boshqa dorilarni tayyorlagan.

+++

Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari 4,5 yilga qamaldi, Jinoyat ishi doirasida 2024 yilning 10 yanvardan 21 mayga qadar hibsda saqlanayotgan Azimjon Nazarov o‘z aybiga iqror bo‘lmay, hech qanday jinoyat sodir etmaganligini aytib, suddan adolatli qaror chiqarishini so‘ragan. Sudlanuvchining aybi esa guvohlarning ko‘rsatmalari bilan to‘liq isbotlangani qayd etildi.

+++

Olmaliq tuman sudi mas'uliyatsizligi uchun Toshkent viloyat suv ta'minoti avariya xizmati boshlig‘i Tursunbaev Uktam Norjigitovichga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi berdi. Angren shahrida “Sharq” oziq-ovqat do‘koni yaqinidagi kanalizatsiya qudug‘ini tozalashga majburlangan do‘kon egasi Nasrullaev o‘tkir hidli gazdan qattiq zaharlangan. Oqava quvurni tozalash uchun tushgan “Angren Charm Invest” MChJ xodimi Ikramov O‘lmasbek u yerdagi gazdan zaharlanib o‘lgan.

+++

Buxoro viloyati Kogon shahridagi ko‘chalaridan birida oshkora suiqasd ro‘y berdi. Tarmoqda tarqalgan videoda bir erkak “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJga qarashli idora oldida ayol kishi va yigitni pichoqlagani aks etgan. Jinoyat motivi noma'lum.

+++

Rossiyaning Chelni TV kanali Namanganlik 30 yashar Dostonbekning Ukrainadagi bosqinchilik urushiga o‘z ixtiyori bilan borish uchun ariza yozgani haqidagi videoni tarqatdi. Videoda Dostonbek chala o‘ris tilida Rossiyani sevishi va Ukrainaga qarshi bosqinchi urushda medal olishni orzu qilishini va Namanganda qolgan xotini va uch bachasini Rossiyaga olib kelish istagini bayon qildi. Toshkent aeroportidagi chegara xizmatchisiga ko‘ra, har xafta o‘nga yaqin 200 raqamli yuk ya'ni ichida o‘lik bo‘lgan tobutlar Rossiyadan O‘zbekistonga kelmoqda. O‘zbekiston JK 154-moddassiga ko‘ra Chet davlat armiyasiga yollanishi jinoyat bo‘lib uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

+++

Samarqandlik 27 yashar B.Elmurodov rashk sababli qallig‘ini so‘ydi. Bo‘lajak kuyov unashtiruvni bekor qilmoqchi bo‘lgan qizga «meniki bo‘lmasang, hech kimga nasib qilmaysan. Seni o‘ldiraman, qamalsam ham mayli» deb tahdid qilgan. Navbatdagi janjaldan so‘ng, B. Elmurodov Siyob bozoridan osh pichoq sotib olgan. Qizni uyidan sal nariroqqa chaqirib olib, qorin va qorindan pastiga pichoq urgan. Qiz qochishga uringanida Elmurodovning jazavasi qo‘zib, uning yelkasi va qo‘liga pichoq sanchgan. Qiz o‘ldi. Samarqand tuman sudi B.Elmurodovni 17 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

+++

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudi apellyatsiya instantsiyasi brbalo musiqiy guruhi a'zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi va ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgan edi.

Bu 600 sekund edi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. 

Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan maydon. Kanal homiysi bo‘ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo‘lasiz. Batafsil ma'lumot:    / @eltuz  
Tag‘in o‘qing
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko Tanaka, Ayako Kobayasi va ...
11 iyul 2017
3 iyul kuni Beshariq markaziy shifoxonasiga keltirilgan 25 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Eltuz nashriga murojat etgan ayolning ...
18 avgust 2020
Tushimga koronavirus kiribdi. Bemorlikka gumon qilinayotganlar test topshirayotgan kattagina xonada ekanman. O‘zim sog‘lom ekanman ammo. Mengayam virus yuqmasin deb ...
4 iyul 2016
Ayni kunlarda Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosi ta'mirlash bahonasida vayron qilinmoqda. Bino madaniy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...