Asosiy mavzular
25 oktyabr 2024

Non o‘rniga dollar yeyiladigan o‘lka – RTdan va'z

Aziz va mukarram, qadrli va mehribon, ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz, betma bet suhbatga musharraf bo‘lganimdan shodman. 

MS: Nichiksizla xo‘jik brri mo‘chchi oybika xo‘shshi qizlo, birtli birtsiz doyilo, yoshulli yoshi kichchila. Shu dasangiz bir oytim oytsom, oytimchilik atib. 

RT: Ayt Matchon suqilish 

MS: Ikkala g‘o‘za Ikkala g‘o‘z.  

Biri dunbul biri qo‘o‘z.  

Mindim g‘o‘zni ustina.  

Tushdim xorvuz yo‘lina.  

Xorvuz yo‘li oq nazar.  

Ichinda moymul gazar.  

Moymuljiqni hurkizdim. 

Qo‘yonjiqni qo‘rqizdim. 

Yo‘lda yurgan xojilo  

urib qo‘limni sindirdi.  

Qo‘lim qozonda qoynar.  

Oshpaz ustinda o‘ynor. 

Oshpazchini qizlari. 

Qoshlari qunduzlari.  

Go‘zlari yulduzlari.  

Qo‘lim pishdi qozonda.  

Uni yedik ozonda.  

Bu satrni yozonda  

qo‘llarim oshqozonda. 

Ikkala g‘o‘za Ikkala g‘o‘z.  

Biri dunbul biri qo‘o‘z. 

RT: Bunday aytim bilan Ichki ishlar vaziri Bobojonovni xurkitib qo‘ymasang bo‘ldi. 

MS: Ha ishitdim, qo‘yon moskasini giyganlani stolbag‘a osjoq akan Rozzoq doyini bolosi. 

RT: Dunyodagi eng kallavaram sud ham quyon maskasini kiygan bolani 15 sutkaga qamamaydi. Men masalan archa bayramida quyon maskasini kiyganman, ukam tulki, singlim esa qoplon bo‘lgan.  

MS: Man moymil bo‘lvadim alipbe bayraminda. 

RT: Biz hammamiz kvadrober bo‘ganmiz.  

Yaxshiyam u paytda xozirgi Yangi O‘zbekiston yo‘q ekan. Bo‘lmasa yosh umrim qamag‘da chirib ketardim. 

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi va voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini ma'lum qildi. 

MS: Ibiy o‘lgay ading san, Qiyzlara shilqimliq atsa 5 sutka, 😂😂😂 qo‘yonjiqni moskasini giysa 15 sutka. 

RT: Adliya vazirligi havaskor teatr qo‘yguncha, mashnaqa masalalarga qaramaydimi? Yashasin  kvadroberlar. Yo‘qolsin huquqiy nigilizim!!! 

MS: Duzog‘o, sizam yoshliqingizda tiyotir tiyotr o‘ynog‘onmisiz? Masalan man qum pishikini yongsilavadim maktabda. 

RT: Adliya vazirligi o‘tmishdagi oydinlar, Behbudiy, Nodira, Qodiriylarning bugungi kunimizdagi bozor va metrolarda yurishini yongsilab videolavhalar suratga oldi.  

O‘tmishdagi buyuk odamning bugungi kunda paydo bo‘lib qolishi haqida fantastik kitoblar yozilgan.  

Adliya vazirligining bu tashabbusi menga antisovet yozuvchi Sergey Dovlatovning hikoyasini eslatdi. 

Hikoyada Nikolay Shlippenbax ismli vatanparvar o‘z tanishi yozuvchi Dovlatovni havaskorlik filmida podsho Pyotr birinchi rolini o‘ynashni taklif qiladi. 

Shlippenbax  g‘oyasiga ko‘ra, Rossiya imperatori Pyotr o‘zi asos solgan, ammo  sovetlar Leningrad deb atagan shaharda paydo bo‘lib qoladi.  

Shlippenbax filmida faqat Dovlatov rol o‘ynaydi, atrofdagi zamonaviy odamlar dokumental kinodagi kabi suratga olinadi.  

Dovlatovning 194 santimetrlik uzun gavdasi shox obrazi uchun Shlippenbax nazarida «ayni muddao» bo‘lgan. 

Albatta film davlat buyurtmasi emas va aksincha o‘g‘rincha olinayotgan edi. 

Stsenariy bo‘yicha Petr egnida yashil kamzil, oyog‘ida botfor, boshida esa uchburchak telpak bilan shahardagi pivoga  ochered turgan maxalliy alkashlar orasida paydo bo‘lishi kerak edi.  

Dovlatovning «Shoferskie perchatki» hikoyasidan parcha: 

«Men ochered dumiga borib turdim. Mendan oldin turgan uchta erkak menga ortiqcha qiziqishsiz qarab qo‘ydi. Qolganlar esa meni payqagani ham yo‘q. Mendan oldin temir yo‘lchilar kiyimini kiygan kavkaz tipidagi kishi turardi. Chapda esa bog‘ichlari bog‘lanmagan latta kavush kiygan juldirvoqi. Ikki qadam narida esa gugurti sinib ketavergani uchun og‘zidagi popirisni eplab yondira olmayotgan intelligent turardi. U semizgina portfelni oyoqlari orasiga qisib ushlab turardi. Vaziyat borgan sari o‘rinsizlashardi. Hamma jim. Hech kim ular orasida podshoh Pyotr paydo bo‘lganiga hayron ham bo‘lmayapti. Menga savol ham berishgani yo‘q. Qanaqayam savol bo‘lishi mumkin? Bu turganlarning bitta muammosi bor. Kechagi mastlikdan miyani aritish uchun pivo ichib poxmel qilish. Men esa ular orasida turibman. Jimgina  prilavkaga yaqinlashdim.  

Birdan temir yo‘lchi kiyimidagi kishi sasini eshitdim. U yonidagiga tushuntirayotgan edi: 

  • Men kalning ortidan turibman. Podshox mendan keyin. Sen esa  podshoxdan keyin» (Rassom Tuz tarjimasi)
  •  

Rossiya podshosi Pyotr kiyimini kiygan Dovlatov o‘zi va Shlippenbax bilan birga kelgan qiz uchun pivo oladi. Baland bo‘yli va podsho grimidagi Dovlatov odamlar orasida ajralib turardi. Ammo hech kim hayron bo‘lmadi, savol ham bermadi.  

Ijodiy guruhning «xalq uyg‘onadi» degan g‘oyasi chippakka chiqdi. 

Adliya vazirining havaskor artistlar ijrosidagi tadbiri ham Dovlatov hikoyasidagi kabi nol rezultat berdi. 

Davlatning huquqiy bo‘g‘ini bo‘lgan bu vazirlik zamonamizning tirik oydini, Karimov ta'qibidan qochib 33 yildan beri surgunda yashayotgan buyuk shoir Muhammad Solihni O‘zbekistonga taklif qilib, qo‘yliq bozori yoki metroning Navoiy bekati ichida sayr qildira olishga jur'ati yetadimi?  

Bu oydinga Karimov davrida uydirilgan jinoiy tamg‘ani bekor qildirish uchun huquqiy tashabbus bilan chiqa oladimi? 

O‘z ishi qolib, xavaskorlik teatri o‘ynayotgan vazirlik dunyodagi eng g‘amgin vazirlik. Uning g‘amgin boshini silash uchun yuzta suluvning qo‘li kerak.

MS: Shuni oyting og‘o. Novvi davadi oxir Navoiy otimiz, soyosinda yotomiz

Qamoqdagi chaqaloq

30 kunlik chaqaloq o‘zbek qamog‘ida jazo o‘tamoqda. Bunaqasi faqat yangi O‘zbekistonda.

Qarshi shahar, 10 sonli izolyator dunyoda eng yosh «jinoyatchi»  jazo o‘tayotgan qamag‘ sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiradigan bo‘ldi.

Joriy yil 9 sentyabr kuni qamag‘da tug‘ilgan qizaloqqa Imona deb ism qo‘yishdi. Doktorlar bu qizaloqqa quyosh nuri kerak, hech yo‘qsa kuniga bir marta xovliga olib chiqib turing» deya tavsiya berishdi. 

Karshi shahar 10 sonli izolyator boshlig‘i Xamroev Sherzod esa qizchani turmaning eng qorong‘u kamerasida saqlab qiynamoqda.

MS: Og‘o bu qiyzni oposi novvi jinoyat atvadi. Odom o‘ldirdimi? Bonkani so‘ydimi? 

RT: Qamoqdagi Imonaning onasi Dildora Hakimova u tanqid qilgan korruptsioner maktab direktori Sayyora Haqberdieva strelkasi bilan qamalgan.  

MS: Ësh buvak qiyza quyosh nurinom ravo go‘rmayan turma boshliqi Xamroev ichbirg‘i kasalina yo‘liqsin diyanla inoshu video tiyinda   qo‘shuv belgisi qoldirsin. Og‘o sizni dilingiz bir qorich. Maktabda inshodan besh olg‘onmisiz? 

RT: Maktabda erkin temada insho yozing degan vazifa qo‘yildi. 6 sinfda o‘qirdim. Men o‘qituvchimdan nima u deb so‘radim. O‘qituvchim atrofingda nima ko‘rsang yozaver dedi. Men yozdim. Ona tili o‘qituvchisining rasm  muallimi bilan oshiq moshiqligi. Oshxonadagi oshpaz xola o‘g‘irlagan go‘shtni sumkaga solib, maktab devoridan irg‘itishi. Devorning narigi tarafida esa oshpaz xolaning eri bu go‘sht solingan sumkani koptokday ilib olishi. Matematika o‘qituvchisi o‘rniga maktab qorovuli dars o‘tishi, adabiyot muallimi pomidor ko‘chati olib kelgan ikkichi qizga besh qo‘ygani. Pomidor ko‘chatlarini esa bu o‘qituvchi o‘quvchilarni uyga obketib egat torttirib ektirgani. Maktab zavxozi yangi xolodilnikni obketib o‘rniga eski xolodilnik olib kelib qo‘ygani… 

Bu inshoni tekshirgan o‘qituvchim qo‘rqib xushidan ketgan. Direktor esa insho yozilgan daftarni musodara qilib, maktabda xarbiy xolat e'lon qilgan. Meni xarbiy ta'lim muallimi ushlab avtomat saqlanadigan xonaga qamab qo‘ygan edi. To taqdirim hal bo‘lguncha o‘sha qorong‘i xonada o‘tirdim. Nihoyat direktor boshchiligidagi hay'at kelib murosaviy variantni aytishdi. Insho daftari yirtib tashlanadi. Men hech qachon insho yozmayman. Lekin jurnalga 4 baho qo‘yishadi. Men bu variantni qabul qildim. Boshqa insho yozmadim. Tengdoshlarim esa yolg‘on insholar yozib, 5 olishar edi. Oradan yillar o‘tib o‘zbek matbuoti nega bu qadar tanazzulda bo‘lganini tekshirib xulosa chiqardim. Maktabda yolg‘on insho yozganlar katta bo‘lib o‘zbek jurnalistikasini yaratibdi. 

MS: Sichonni bolosi xolto do‘shadi. Bola boqrasini o‘ris boqcha, o‘ris maktaba bargan ziyolilo «o‘zbek tilim jon tilim» dab o‘zini urado‘n gunla o‘tib getdimi? 

Mo‘g‘uldan o‘rnak ol o‘zbek!!! 

Finlandiya, Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropadagi o‘nlab davlatlar maktablaridan rus tili darslari olib tashlandi.  

Ukrainada rus tili va adabiyoti darsi maktab dasturidan olib tashlandi. 

Mo‘g‘uliston maktablarida ham rus tili olib tashlanib, ingliz tili asosiy xorijiy tilga aylanadi. Avvallari mo‘g‘ul maktablarining aksariyatida rus tili o‘qitilar edi. 

O‘zbeklar esa «men o‘risga o‘zini tilida javob qaytaradigan bacha o‘stiraman» degan beton argument bilan bu bosqinchi tilidagi maktabga bola tiqishda davom etmoqda.  

MS: O‘zbekistonni o‘lgan prezidenti bola boqrasi, oxtiq chuvliqi o‘zbekchani bilmaydi. O‘rischa gapliydi. Harbir o‘zbek o‘zini ustinda o‘ris duribdi dap isoblaydi. Har bir o‘zbekni ichinda o‘ris vo.

RT: Kecha rassom og‘am Oxunov bilan gaplashsam, «Toshkent huddi chor generali Kaufman davridagi kabi o‘ris va o‘zbekka bo‘lingan» dedi.  

Toshkentning qoq markazida tug‘ilib o‘zbek tilini bilmay o‘sib chiqqanlar uchun Toshkent xuddi Rossoya provintsiyasi Ryazan yoki Ivanova kabi komfort. 

Mana atini «baddiy akademiya» qo‘yvogan rassomlar vazirligi o‘tkazgan biennale tadbirlari ham o‘rischa bo‘lib yotibdi. Koshki tuzukroq bilishsa ekan. 

Agar mabodo Frantsiyada tug‘ilgan jurnalist, kinochi yoki o‘qituvchi frantsuzcha bilmayman desa unga moxovga qaraganday qarashadi. 

Bizda esa «meniki uzbekcha bilmaganskiy» desang hamma tabassum bilan suyilib, darrov atrof jonib senga hushomad qilib, telva teskari qilib bo‘lsayam o‘rischa chuldiraydi.

O‘zlari qishlag‘dan kelib, o‘rischa gapirganlarga ichidan xovos qiganlar endi bachasini o‘rischa gapirtirib o‘z ruhiy kompleksini davolamoqchi.

Postkolonial davlatga xos mutelik, siniqlik va genetik impotentsiya bu. 

Barcha davrlarning ulug‘ insoni Valeriya Novodvorskaya xonim aytgani kabi «rus tili bosqinchilar quroliga» aylanib qoldi.

Bosqinchi Rossiya Maorif vazirligi 100 minglab nusxada yangi rus tili darsligi chop etib, O‘zbekistonga olib kirib, axolini o‘risqul, sovetparast va manqurt bo‘lishiini samarali ta'minlamoqda.

MS: Og‘o nishatali? O‘risqulloni urib yera giriziparinmi! 

O‘zbek maktablarini «tovus jempr» kiygan, «po‘mpaloq», qaynonasidan xapa,  kattalar nima desa bo‘ynini egadigan umurtqasiz, joxil eri uraverib miyasi palag‘da bo‘lgan savodsiz va shallaqi ona tili mallimlari va miyasida faqat sperma oqadigan seksist va mutlaq savodsiz adabiyot o‘qituvchilaridan tozalab tashash kerak.

Toki odamlar o‘ris maktab o‘zbek maktabdan yaxshi demasin. 

O‘zbek tilim «o‘lvotti» deb og‘izda dod solib, bola baqra va bachasini o‘ris boqcha va maktabga pora berib tiqadigan mulozim, soxta ziyoli, shairka, psixolog, bloger, ashlachi kabi yaratiqlarni yalang‘och qilib kropiva butog‘i bilan savalash kerak. 

O‘zbek alifbesini soddalashtirish kerak. Masalan dumli va dumsiz X ni bitta qilish kerak.  

Arabshunos, forsshunos, turkolog va matnshunoslar uchun to‘rtta yumshoq x bor va singarmoniyaga ko‘ra, yana to‘rtta unli tovush belgisi bo‘lgan va punktuatsiya urg‘ulari tutuq belgisi bilan ishoratlanadigan ilmiy alifbo yaratsa bo‘ladi. (Xitoyda bor shunaqa tajriba)

Qolgan mardumga oddiy alifbo kerak. Qoidalari aniq va murakkab bo‘lmagan grammatika zarur.  

Biz yoki  sh xarfi o‘rniga W yozadigan va Ch xarfini 4 bilan belgilaydigan (dumli va dumsizni akademiklar ham ajratib yozolmaydi, xalq yozuvchisi Said Ahmad ham buning farqiga bormay o‘lib ketdi).

Biz yo alifboni soddalashtirib, vazifani oson, oddiy, pragamatik qilamiz, yoki yozuv madaniyati va grammatik saviyasi bo‘lmagan millionlik ko‘rsavod olomon bilan ro‘para bo‘lamiz.

So‘z tuzilishida o‘rischadan kalka qilishni to‘xtataylik.

Mana kecha Ilyos yozgan matn: «Palonchi men bilan  aloqaga chiqdi. U bilan hammasi yaxshi»  (vыshel na svyaz s nim vse xorosho). Bu g‘irt o‘rischa jumla tuzish. To‘ladim demasdan, to‘lovni amalga oshirdim «osuщestvil platej» deb g‘irt o‘rischa kalka jumla yozishadi.

O‘zbek tili sodda va aniq til bo‘lsin.  Bu tilda o‘z fikrimizni aniq bildirishni o‘rgataylik va o‘rganaylik.

O‘risqul uch yilga qamaldi 

Bulung‘urlik, 56 yashar go‘rso‘xta 2023 yilning avgust oyida  bosqinchi Rossiya  qurolli kuchlari safiga yollangan. 2023 yil 28 avgustdan 11 oktyabrga qadar Donetsk va Lugansk viloyatlarida Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Odam o‘ldirgan. Birovning mustaqil yurtini toptagan. 

Bu tabiat xatosi bo‘lgan o‘risqul jangda yaralangach, bir muddat Rossiyada davolangan va 2024 yilning 25 aprelida O‘zbekistonga qaytgan. 

Sud hukmi bilan bu taviya Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (urushga yollanish) jinoyatida aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko‘zlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Bundan oldin Pop tuman sudining 2024 yil 26 iyundagi hukmi bilan Rossiya armiyasi safida jang qilgan o‘risqul G‘olib Aliev 5 yilga qamalgan edi. 

+++

Ashxobodda bosqinchi o‘rusiyatning to‘daboshisi Putin ulug‘ shoir Maxtumqulini Maxmatquli deb 21 marta takrorladi. O‘sha yerda o‘tirgan iston vassallari o‘z egasining xatosini ham muborak mujda kabi yutishdi.

O‘sha majlisda barcha zamonlarning eng maddox shig‘irchisi Sirojidddin Sayid ham xumdan chiqqan dev kabi ko‘zlarini mo‘ltillatib o‘tiribdi. Hech kim «Finita la komediya», yig‘ishtir tovuq sho‘rvangni demadi.

MS: O‘limda oytodi. Otomo galganda oytodi. Oytso Putin bloni yumirtosini sug‘irodi. Qon toshog‘onlo. 

Oq poxtolo ochildi, ochilib yera sochildi. 

Poxtoni termaka odom yo‘q. Oroq ichmaka Qodom yo‘q.

RT: Qadam kim? 

MS: Olo o‘lilikdagi Qodom olkoshni oytvadim. Lekin rostdonom poxto termaka odom yo‘q.

RT: O‘zbekistonning ayrim hududlarida «paxta terimiga ishchi kuchi yetishmasligi» tufayli haqiqatan ham paxta to‘liq terib olinmagan. O‘tkan yili shu paytda paxta oxirgi tolasigacha terib, yig‘ishtirib olingan edi. Bu yilgi vaziyatda qonun chekloviga qaramasdan paxtani majburiy terdirish xolatlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Agar majburiy mehnat xolatlari haqida bilsangiz, bizga ma'lum qiling. 

MS: Ovvong og‘o. Kim poxtoni majburiy terdirsa Bizara oyting. Duz og‘ong aamini baradi.  

RT: Amini emas emini. Ya'ni bu masalaga e'tibor qaratadi. Mana shu kunlarda hamma dollar yeyotgan qo‘shiqchiga e'tibor qaratdi. Toshkentdagi rassomlar biennalesi tanqid nishonida qolar ekan, qo‘shiqchi Jaxongir Otajonovning «pul yeyish» art performansi o‘zining dolzarbligi va aniq nishonga urilgan sarkastik formasi bilan diqqatni tortdi. 

MS: Og‘o o‘mmoloq. Dollar yimi, funt sterling yo dinormi siza na. Dollorni lo‘nqo yutqon vu, sizni neringiz ojidi. Hammani yetirgiy iloyim non o‘nnino dollor yemaka. Oching alni. Uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
19 noyabr 2019
Ayni saylov avj pallasiga chiqqan payti poytaxt hokimi bilan bog‘liq bunday kompromat chiqishi siyosiy jarayonlar rivojlangan davlatlarda deputatlikka nomzodlar ...
7 fevral 2023
Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi.  Qop qora ...
11 aprel 2018
DXX raisi Ixtiyor Abdullaevning islomiy tahdid haqidagi bayonotidan so‘ng, mustaqil manbalarning «Eltuz»ga xabar berishicha, Musulmonlar idorasi kotibiyati bo‘limi mudiri ...
8 sentyabr 2017
8 sentyabr kuni, ertalabdan avtobuslar kolonnasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahri maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot xodimlarini ommaviy tarzda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...