Asosiy mavzular
15 noyabr 2024

O‘risqul o‘zbeklar uchun ispancha uyat

RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo.

RT: Matchonboy bugun ko‘rsatuvimizda ko‘rarmanlardan kelgan savollarga javob bersak.

MS: Dim amdolli og‘o. Asirtiravaeing!

RT: Sen ishlatadigan mo‘chchi oybika va xo‘jik brri degan so‘z ma'nosini so‘rashibdi.  (titr)

MO‘ChChI  bu so‘z Xorazmda chiroyli degan ma'noni beradi. Oybeka deb sal kattaroq qizlarga aytiladi.

MS: Og‘o man sal umumiylashtirib o‘qib barsam shu savolloni alasa…

RT: Mayli lekin adabiy til normalariga sal yaqinlashtirib o‘qi.

MS: Ovong, amalliymiz  Tuz og‘a, indi Tromp galdi, Zelenskiyni xovondor xo‘stori yo‘q dep Putin ukroplani ustina atom bo‘mba tashiymi?

Rassom Tuz:  Yo‘q tashamaydi. Putin shunchaki po‘pisa qilyapti. Ukrop dema Ukrop deb ruslar atay ukrainlarni kamsitish uchun aytishadi.

MS: Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban nichik  siyosatchi?

Rassom Tuz: Juda yomon siyosatchi.Sariq chaqaga qimmat.  Orban kremlparast va putinparastdir. Shu bilan birga Yevropaga migrantlar kelishiga qarshi turadi. Bir so‘z bilan aytganda Viktor Orban Yevropaning katastrofasi. O‘zbekiston rahbari bu ishkal siyosatchi bilan uchrashib obro‘ orttirmadi.

Savol: Navchun ulli yoshulli  Ozodbek Nazarbeo‘o‘pni yena Madaniyat minstri atip joynda qoldirdi. Navchun go‘ttina dapmadi?

Rassom Tuz: Tarixiy kod bu. Qadimdayam shunaqa bo‘lgan. Qoshi ko‘zi kelishgan, yaxshi raqsga tushib, qo‘shiqlar aytadigan bolachalarni hukmdorlar suyib, erkalab, lavozimlarga tayinlashgan. O‘zbekiston kabi qadim madaniyatga ega davlatning Madaniyat vaziri lavozimiga dunyo tamaddunidan behabar bir otarchining tayinlanganini boshqacha izoxlash qiyin.

Savol: Ichki ishlar vazirligi ichinnan churiganmi?

Rassom Tuz: Ha shunday. Ulkan qayrag‘ochni ham mayda qurt yemirib tashaydi. Bobojonov yaxshi, insofli odam, ammo IIV tizimidagi betonlashgan jaholatni sindirishga kuchi yetmaydi. IIVni to‘laligicha javobini berib, qayta nabor qilish kerak.

Savol: Yevropada qo‘y go‘shtini kilosi nichcha pul?

Rassom Tuz: Taxminan 7 yevro orasida. Qiymaning kilosini 4 yevroga ham beradi. Soatiga kamida 20 yevro ish haqi oladigan Yevropa xalqi uchun qimmat emas. Ammo yevropaliklarning yegani qo‘y, ko‘rgani to‘y emas. Ularning asosiy qadriyati kamolat kasb qilib, o‘z sohasida rivojlanishdir. Har xolda men ko‘rgan odamlarda shu xislat bor.

Tuz og‘a, siz kim tarapindasiz?

Rassom Tuz: Ukraina tomondaman.

Savol: Tuz og‘a navchun siz Shimoliy Rodeeziya haqqinda yozmaysiz. Shuncha azob go‘rdi noymitla.

Rassom Tuz: Menga Arnasoy haqida yozish qiziq. Ukraina bizning ham mustaqilligimiz uchun kurashayotgani uchun ham ular haqida yozaman. Shimoliy Rodeziya haqida mahalla machiti imomi gapiraversin.

Savol: Nuchin siz hamma vox daraxt kasilganini qoraliysiz. Siz maqtog‘on yevropadam daraxtlani o‘din atib yoqib isinadiloqu. Rossiya gaz barmagani uchun Yevropada o‘rmonam qomiydi yaqinda.

Rassom Tuz: Britaniyada bir daraxtni (agar u o‘z uyingizda bo‘lsa ham) davlat ruxsatisiz kessangiz, kamida 20 ming funt sterling (bugungi kursda 22 ming dollar atrofida) jarimaga tortilasiz. Har bir daraxt uchun.

Savol: Yaxshi qiz qorindoshdan ortmiydi. Shu kunacha qarindoshlo o‘rtasinda qiz olib, qiz barilgan. Shuni hukumat taqiqliyjak? Ina masalan Ullibiyi dayan qo‘ngshi qiz  xolasini o‘g‘lino ara bormin pirduxtor,  qorri qiyz bo‘lib qolavarami?

Rassom Tuz: Qarindoshga erga tegsa bolasi majruh tug‘ilish ehtimoli juda katta. Shu bois  hukumatning bu rejasini ma'qullayman. Juda yaxshi reja. Yashasin! Bunday tajribani Tojikiston bir necha yildan buyon qo‘llamoqda. Natija juda yaxshi. Qarindosh urug‘lar o‘rtasida quda-andachilikni butunlay taqiqlashsa yanayam yaxshi bo‘lardi.

Savol: Alisher Qodirov haqqindayi fikringiz?

Rassom Tuz: Juda salbiy. Qo‘g‘irchoq partiyaning kallavarang raxbari. Uning “urf odatlar bizni rivojlantiradi” degan gapini eshitgan qarg‘alar kuldi. Kecha bu tug‘ma ovsar AQSh prezidenti Bayden haqida aljirabdi. Odam eshitib, uyalib ketadi. Ëzganim kabi ispancha uyat tuyg‘usi yashadim. Bu mulozimlar gapirmay jim tursa aqlli ko‘rinadi.

Savol: Oxshom izboskanda novi bo‘ldi  Hamma yerni  milisa bosib getdi?

Rassom Tuz:  Izboskanda er degan janavor xotini, qaynanasi va qaynukasini pichag‘ladi. Oqibatda xotin va qaynana hodisa joyida, qaynuka bannisada o‘ldi. Xotin, qaynana va qaynuka go‘rda, er qamag‘da…

Savol: Navchun «qamag‘da» deb yozasiz, sovodiz yo‘qmu?

Rassom Tuz:  Atay shunday yozaman. Xalqqa yaqin bo‘lay deb.

Savol: Shu gunacha nichcha o‘ris askari Ukrainada o‘ldi?

Rassom Tuz:  13 noyabr kunga qadar 716150  o‘ris askari Ukrainada  o‘ldirildi. Ular orasida o‘zbek dangasa mardikorlar bor. O‘liklarni to‘ng‘izlar yeb yotgani aks etgan videolar chiqib ketdi.

MS: Og‘o xolq nishatsin, o‘risni go‘ttini yolob bolo chog‘o boqjak…

RT: Har doim bosqinchiga qul bo‘lganlar qoralangan. Bola chaqani boqaman deb qullik va sotqinlikni oqlash bu uyatsizlik.

BOSQINChI OShPAZI

O‘zbekistonlik 43 yashar Hulkar Oydinova 6 nafar farzandini katta qiziga tashlab, erining ortidan  Ukrainaga qarshi bosqonchilik urushiga ketdi.  Oydinovaning, ko‘kragiga “narodniy front” degan yorliq taqqan bloger qiz bilan, suhbatidan kelib chiqsak, bu manqurtning urg‘ochisi rus tilida “tvoya moyadan” nariga o‘tolmaydi.

Urushda o‘lib jasadi qurt qumursqaga yem bo‘ladi, bosqinchi eri bilan qo‘shmozor bo‘ladi degan yaxshi gumondamiz.

Toshkent aeroportidagi Eltuz manbasining aytishicha, deyarli har kuni Rossiyadan o‘zbekning o‘ligi keladi.  O‘lik deganimiz yo kuyib ketgan ko‘mirday tana, yoki bombada majaqlanganidan qolgan tana parchasi.

MS: Og‘o, o‘risqul bo‘lib, o‘risni armiyasinda yurgan bizani mongloyi qorolo jinoyatchimi?

RT: O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, bosqinchi o‘ris armiyassiga yollanish bu jinoyatdir. Chet el armiyasida, bo‘libam bosqinchi o‘ris qo‘shinida xizmat qilgan o‘zbekistonlik Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra jazoga tortiladi.

Mana masalan, Farg‘ona viloyatidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudi 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-modda 1-qismi (Yollanish), 223-modda 2-qismi a-bandi, b-bandi bilan (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) ayblangan Alisher Xoliqovni 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan edi.

O‘tkan xafta  Samarqand sudi Rossiya bosqinchilik urushida qatnashgan bulung‘urlik 56 yashar yaratiqni 3 yilga qamagandi.

O‘zbek rahbarlari ora kunda olti marta Rossiyaga ta'zimga borgani yetmaganday bir arava o‘zbek mashshoq otarchilar ham o‘risga ta'zim qilish uchun byudjet hisobidan bosqinchi Moskvaga jo‘natiladi.

Ozodbek Nazarbekov  degan sobiq xizbut Kreml saroyida «ta'zim senga Rossiya» degan kakafoniya ijro qiladi.

O‘risqul otarchi yotarchilar spiskasi mana:

Og‘zidan va betidan buzilgan Munojot Yo‘lchieva, bachchaboz qo‘shiqlar ijrochisi Ozodbek, o‘risqullning tozisi  Farrux Zokirov, unvon olganicha laganbardorga aylangan demode Sevara Nazarxon, pul qistirganda joni kiradigan Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, SSSRni orzu qilib jigulisini maqtaydigan Ozoda Nursaidova va yana bir gala xoinu sotqin umurtqasizlar to‘dasi.

Tarix bu itvachchalarni bilib qo‘ysin deb nomma nom yozdim.

O‘risga ta'zim qilgan o‘zimizning itvachchalar.

MS: Qorsildop uchip gursildap sing‘oy. Novvi davadi Navoiy otomiz

Damas va poezd uchrashdi

MS: Og‘o bizani tarapdagila nishatib duribti?

«Damas bilan poezd uchrashib qopti» deb boshlanadigan anekdotni eshitgansizlar. Oxirida kuladi hamma. Ammo Namanganing Chortoq bilan Uychi orasidagi temir yo‘lda yuz bergan xodisani menga aytishganida yig‘ladim.

63 yashar xojaka Damas rulini boshqararkan, o‘zini xudoning panohida deb o‘ylab, mumkin bo‘lmasayam temir yo‘lni kesib o‘ta boshladi.

Uzoqdan kelayotgan poezdning «du duduuut» degan ogohlantiruvchi signaliga parvoyam qilmadi.  Znaklargayam qizil etigini qo‘yib qo‘ydi bu sho‘pr bovo.

Guvohlarning aytishicha, «qars» etgan sas chiqib, damasam, ichidagi sho‘prxojakayam majaqlanib bir uyum temirga aylandi.

Xojaka o‘ldi.

Shu Namangandagi sho‘pr o‘qishlarda yo‘l harakati qoidalariniyam o‘qitish kerak. Cho‘pchak, ertak o‘qigan odam erta o‘lib ketyapti.

Xabarlarda esa  asosan pora oldi, qizlarni zo‘rladi va o‘g‘irladi degan gap.

Qamoqlar to‘lib ketgan

Qamoq vazirligidagi Rohila degan qiz bilan laqillashib o‘tirsam, bu qizgina muhim ma'lumotni aytib qoldi.

O‘zi suhbat bu qizning ismi arab tilida minilaverib, yag‘ir bo‘lib ketgan tuya ma'nosida ekanini aytishdan boshlanib ketuvdi.

Xullas, bu qizning aytishicha, o‘zbek qamag‘lari to‘lib-toshib ketibdi. “Panelniyda umuman joy yo‘q” dedi suhbatdoshim.  Bundaqa xolat 2001 yilda ham bo‘lgan va o‘shanda yangi qamag‘lar qurib problema xal bo‘gan.

“Poka sudyalarga progon ketdi. Mayda o‘g‘ri va aprslarga fortochka topib, jazoni kechiktirib turinglar, uyda uxlaydigan jazo berourish,” degan progon ketgan.

Bundan tashqari jazo olib, bir yildan ko‘p o‘tirganlarni ham fortochka ochib, uyiga qo‘yvorishga strelka berilibdi.

MS: Men doim birov “iddao” qilsa, “davay isbot qil” diyman.  Isbot dalili bomi?

RT: Bu qiz menga bir arava hujjatni “tashabaerdi” Masalan, Samarqanddagi xotinini urib, qo‘lini sindirib, pampers yedirgani uchun olti yilga qamalgan urong‘ich er allaqchon qamag‘dan chiqib, o‘zini qamatgan faollarni urib boshini temir bilan yoraman deb, ko‘chada nazoratsiz yuribdi.

Ëki Namangan bozorida tilanchilik qiladigan ona-bola o‘g‘ri bir bechoraning qulog‘idagi oltin isirg‘ani yulib olib qochib ketib gruppovoy o‘g‘rilik bo‘yicha ushalgan Muniraxon Isroil qizining “jazosi kechiktirildi”.

Rohilaning aytishicha, bu tilanchi o‘g‘ri xotin oldin to‘rt marta o‘g‘irlik uchun qamalgan. Qamag‘ga borishi bilan tezda qo‘yib yuborilavergan. Amnistiya, uslovniiy, sinov va balo battar otmazkalar bilan.

Poranyus

Bo‘ka tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i pora olayotib qo‘lga tushdi.

«Brat» 30 tonna paxtani qo‘shib yozish evaziga fermerdan 15 million so‘ragan. «Raypo» boshlig‘i qamag‘da, paxtakor esa rejani qanday bajarishni bilmay o‘tiribdi haliyam. 

Qo‘shko‘pir zamhokimi ham pora bilan qo‘lga tushdi

MS: Ibi mani qo‘ngshimqu bu. Nichcha so‘m poro olibdi mongloyi qoro?

RT: 25 ming AQSh dollari va 50 million so‘m olayotgan paytda ushlanib, qamoqqa olindi.

Qizig‘i shundaki, bundan 5 oy oldin xuddi shu lavozimda bo‘lgan boshqa bir o‘rinbosar ham o‘xshash jinoyat sodir etgan. U 50 ming AQSh dollari pora olayotgan paytda qo‘lga olingan va qamalib ketgandi.

Bu nahs o‘ringa endi kim kelarkin? Qo‘shko‘pirda qamalishga tayyor poraxo‘r komikadzelar  bormi?

MS: xirrik

Mamali hayvon

Mamali hayvonlar o‘ta yirtqich va raxmsiz bo‘ladi.

Hech bir yaratiq urg‘ochi bo‘ri g‘azabiga nishon bo‘lishni istamaydi.

Odamlar ham yer kurrasidagi soni ko‘p hayvonlardan bir turi.

Odamzodning mamalisi, ya'ni xotin-qizlar tabiatan o‘ta ayyor va shafqatsiz.

Xotin kishining xotindan do‘sti bo‘lmaydi. Bo‘libam parxonada.

Paarxonada dugonasini  pichoq bilan so‘yib, sarvatini o‘marib, uyini yoqib yuborgan xotin ustidan  sud hukmi o‘qildi.

Sudlanuvchi xotinga kreditdan qarzlarini uzish uchun pul zaril bo‘lib qolgan.

Shunda bu xotin o‘zining boy dugonasi uyiga o‘g‘irlikka tushib, uni 20 martadan ortiq pichoqlagan.

O‘ldirilgan xotin eridan ajrab bir qizi bilan yashardi.

Kimdir bu marhuma xotinga sovchi qo‘yib uylanmoqchi bo‘ldi. Bundan xabar topgan dugona o‘sha sovchi qo‘ygan erkakni topib, qoshini qoqib, ko‘zini suzib, bir kecha qo‘yniga kirib rasmlarini dugonasiga yuborib, «qalay bizdi yo‘bir» deb esesmes yozdi.

Marhuma xotin o‘limidan oldin sudlanuvchidan shubhalanib, qizi uydaligida unga eshikni ochmasligini ham tayinlagan.

Biroq sudlanuvchi marhumaning uyiga qizi maktabda, ya'ni o‘zi uyda yolg‘iz bo‘lgan vaqtida borgan.

Borishdan oldin yarim metrlik qo‘qon pichag‘di yaxshilab charxlab o‘tkirlagan.

Dugona uyiga kirib o‘nnashib o‘tirvolgach, atay janjal chig‘organ.

Keyin pichag‘ bilan dugonasining tanasiga yigirma marta pichoq tiqqan. Ko‘zlarini o‘yib olgan.

Qotil  uydan chiqib ketayotganda, dugonasining uy olish uchun to‘plagan 2 ming dollar puli va ko‘plab oltin taqinchoqlarini olib chiqib ketgan.

Holat yuzasidan sud ishi JI Bo‘yicha Farg‘ona shahrida ko‘rib chiqildi.

Sud bu xotinni  15 yilga qamadi. 

Mamali qotil qamag‘da. Dugona go‘rda.

Xurmatli xotin qizlar bilib qo‘ying, ikki oyoqli mamalilar sizning dushmaningiz.

Yaxshisi erkaklar bilan do‘stlashing. Ular  tashqaridan yovvoyi ko‘rinsa ham aslida yuvvosh, qo‘lga tez o‘rganadi va yem bergan qo‘lni tishlamaydi.

MS: Lekin arkakla xotilara qarab ataka atib yotibdi

Shilqim nyus

Toshkentda keliniga seksual shahvoniy shilqimlik qilgan qaynota 5 sutkaga qamaldi

Termizda o‘z qizining kiyimlarini yechib, seks tegajog‘lik qilgan 50 yoshli ota 10 sutkaga qamaldi.

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘irlab ketilib, bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlandi.

MS: Og‘o shu «seks shilqimlik» haqqinda yozmang diyan iltimos bo‘ldi.

RT: Nega yozmasligim kerak ekan? Men bugun yoki shu ikki uch kun ichida bo‘lgan seksual xarrasment, zo‘rlash haqida yozaman. Ëzgandayam sud qarori va hukmlariga tayanib. Ëqmadimi millatdoshlaringizning qilig‘i?

Basharang qiyshiq bo‘lsa oynadan o‘pkalashma. Darvoqe, Samarqanddagi maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib zo‘rlaganlar orasida organ xodimiyam bor deyishdi. Shunga bosti bosti qilishmoqchi.

Xotinini urib, bo‘qli pampers yedirgani uchun qamalgan samarqandlik zolim esa hech qancha o‘tirmay qamag‘dan chiqib,  pampers voqeasini dunyoga doston qilgan faollarga ochiq taxdid qilib yuribdi.

Qashqadaryo viloyatida taksist yo‘lovchi qizga jinsiy tajovuz qildi.

Bu xabarlarni aytishda davom etaman. Toki O‘zbekistonda xotin-qizlar taxdid va zo‘ravonlik nishoni bo‘lmagunga qadar. Bu xabarlarni yozayotib ichimda ispancha uyat his qilamzn

MS: Novvi vu ispanskiy iyot. Biza tarapda izo yidi dep oytdodilo…

Ispancha uyat nadur?

FBdagi do‘stim Saida Usmon «Ispancha uyat» so‘zining ma'nosini so‘radi. Javob bersam.

Ispancha uyat, – bu o‘ta sharmandali ahvolga tushgan odam uchun achinish aralash, uyalishdir. Birov uchun uyalish desa ham bo‘ladi. Bu birovning ahvolidan kulishning teskarisi.

Masalan, yo‘lda bir la'li anjir ko‘tarib ketayotgan xotin mol tezagiga toyg‘onib yiqildi.

Siz bu xotinning ustidan xoxolob kulish o‘rniga achinasiz. Uyalasiz.

Men ishlatgan ma'noda  o‘zini g‘ururli deb bilgan, bosqinchilarga qarshi Jaloliddinman deb qo‘shiq aytgan, kiygan do‘ppisidan faxrlanadigan ashlachi Ozodbek o‘z ota-bovolarini o‘ldirgan o‘ris bosqinchilari oldida tiz cho‘kib, «ming ta'zim» degan qo‘shiq aytib, sharmanda xoliga tushgani haqida.

Haqiqatda Ozod ashlachiga achinaroq, uning uchun uyaldim.

Inglizcha «spanish shame» nisbatan yangi tushuncha. 1990 yilda Britaniya telekanallarida ispan seriallari namoyish qilina boshlagan. Bu seriallarning sayoz va bachkanaligidan zakiy ingliz tomoshabini uyalib, yer yorilsa yerga kirguday bo‘lgan. (Britaniyada juda saviyali serial ishlash madaniyati shakllangan)

Ispancha uyat bilan yonma yon krinj so‘zi ham ishlatiladi. Inglizcha  cringe. Ispancha uyat xissi ko‘p xolda empatiya birovning yomon kuni uchun qayg‘irish tuyg‘usi bilan esh.

O‘sha boshida aytganim bir la'li anjir ko‘targan xotinning mol tezagiga toyg‘anib yiqilishiga achinasiz va ayni paytda u xotinning mol bo‘qiga bulashib ayag‘i antenna bo‘lib yotqonini ko‘rib, u xotin uchun uyalasiz.

MS: Og‘o uting potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak! 

Tag‘in o‘qing
24 aprel 2018
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati sobiq raisi, Xorazm viloyati hokimi 59 yoshli Ilgizar Sobirov “salomatligi yomonlashgani bois o‘z arizasiga ko‘ra” ...
19 fevral 2019
Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida ...
2 noyabr 2023
Rassom Tuz
29 oktyabr 2016
Ismi va tumani sir tutilgan Farg‘ona viloyati tumanlaridan birining mutaxassisi Eltuz.com muxbiriga Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan arizalar bo‘yicha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...