Asosiy mavzular
26 noyabr 2024

Yahudiy ravvinini o‘ldirgan uch o‘zbek BAAda qo‘lga olindi

Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari dushanba kuni bu mamlakatda yahudiy ravvinini o‘ldirishda gumon qilingan uch nafar shaxsni aniqladi. Aytilishicha, ular O‘zbekistondan bo‘lgan.

Gumonlanuvchilar yakshanba kuni BAAdagi 28 yoshli ravvin Tsvi Koganning jasadi xavfsizlik xizmati tomonidan topilganidan so‘ng qo‘lga olingan.

«Hokimiyatdagilar uch jinoyatchi shaxsining barchasi o‘zbek millatiga mansubligini oshkor qildi», — deyiladi BAA ichki ishlar vazirligining bayonotida.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 28 yoshli Olimboy Tohirovich, 28 yoshli Mahmudjon Abdurahim va 33 yoshli Azizbek Kamilovich sifatida nomlangan.

Vazirlik, jinoyat tafsiloti, holatlari va sabablarini aniqlash uchun zarur choralar ko‘rilayotganini ta'kidladi.

Isroil rasmiylari buni antisemitizmga asoslangan va «terrorchilik» hujumi deb atashdi.

Ko‘p millatli va musulmon aholisi ustun bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari xavfsizlik, barqarorlik va diniy bag‘rikengligi bilan tanilgan.

Kogan BAAdagi butun dunyoda mashhur bo‘lgan «Habad hasid» harakati vakili edi.

BAA 2020 yilda AQSh vositachiligidagi Abraham kelishuvlari doirasida Bahrayn va Marokash bilan Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirgan edi.

BAAda yashayotgan yahudiylar soni aniq emas, ammo Isroil rasmiylari Frans Pressga bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu Fors ko‘rfazi mamlakatida taxminan 2000 ga yaqin isroilliklar bor va yahudiylar jamiyatining soni shu ko‘rsatkichdan ikki barobargacha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Eltuz horijda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq voqea va hodisalarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizni kuzatib boring.

Tag‘in o‘qing
3 fevral 2020
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishda uzoq yillar jonbozlik ko‘rsatib kelgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Xalq ta'lim homiysi” ko‘krak ...
27 dekabr 2020
23 dekabr kuni Namangan viloyatining Norin tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan norinlik ikki yigitga nisbatan “odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish” ...
8 may 2024
Eltuz nashri MTRKning «Sport» kanali direktori Zohid Karimovni fosh etuvchi maqoladan keyin milliy televidenie xodimlaridan kelgan murojaatlarni muntazam ravishda e'lon qilib ...
30 avgust 2024
Bosqinchiga yordam bergan yurtdoshlaringizni tanib oling RT: Mana hafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...