Asosiy mavzular
29 noyabr 2024

Supurgisiz alvastilar – RTdan va'z

RT: Xafta Ilon Mask uchirgan raketa kabi zuvv etib aylandi va men sizlar bilan yana yuzma yuzman.

MS: Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘shshi qizlo, xo‘jik brri, yoshulli yoshi kichchila. Og‘o o‘tkan  xaptada nadagan gapla bo‘ldi. 

RT: O‘rmonda daraxt kesilarkan, qirindi osmonga uchadi. Ruscha les rubyat — щepki letyat degan maqol bu. Tuyani shamol uchirsa echkini osmonda ko‘r degan mazmun.  Xullas kuch ishlatar organlar tizimida «tozalash» boshlandi.

MS: Qissodon hisso novvi.

RT: Hafta qissasidan bir hissa bor. O‘zbekistondagi boy va qudratli mulozimlar jurnalistlarni sevishi lozim. Xuddi qo‘ylar qassobni sevgani kabi. Mulozimlarni bor qiladigan ham, qoro yer qiladigan ham matbuot. Hammani xudo ursa, o‘zbek mulozimlaini gazeta uradi. Gazeta bu matbuot. Sen mana Matchon Suqilish oddiygina odamsan. Belingda qora belbog‘, hisobingda milliard, dengizda yaxta, Dubayda villang yo‘q. Lekin sen shu xolingga milliard milliard puli borlarni bir og‘iz gaping bilan ontarib, qaytib turmaydigan qilib tashlaysan.

MS: Raxmat og‘o. Aldan galincha bi qon toshog‘on youlliloni chiqqon joyina giriziparaamiz. Galpading og‘o, getpading og‘o. Nishab o‘lsang, shunnatip go‘mamiz.

Qisqa xabarlar

RT: Kosonsoylik 26 yashar aprs to‘rtta samarqanlikni Londonga ishga yuvoraman deb 12 ming dollarini ogan vaqtda ushlandi. Aprs qamag‘da. Loxlar esa suruv xolida yashashda davom etmoqda.

MS: Lox amas, chug‘ul vulo. Aprsni chug‘ullob qomotibdi.

RT: Toshkentdagi o‘n qavatlik uyning tomiga hovli qurib olgan o‘zboshimcha «quruvchi» aniqlandi. U hech kimdan so‘ramay, uyning tomiga hangillagan hovlini qurvolib oyog‘ini uzatib yashab o‘tiribdi. Tomda yashovchi «karlson» amakiga o‘z ixtiyori bilan tomdagi xovlini  30 kun ichida buzib tashlash amr qilindi. Buzmasa hukumatni o‘zi buzadi.

MS: O‘l asirip. Baloni balliki bomi uchakda? Novvi davadi Navoiy doyi.

O‘z bolasini so‘ygan o‘qituvchi xotin

MS: Og‘o odomlo maktabda yaxshi o‘qimog‘on. Kurt bir tiyin bo‘lg‘on essisirni voxtindo maktabla xozirqidin mongloyi qoro amas adi.

RT: Institutni bitirgach, qishloq maktabiga rasm o‘qituvchisi qilib yuborishdi. SSSRning quyuq davri. 1984 yil. Bir qavatli maktabning tomida shiferi ham yo‘q. Maktabda davlat idorasida pora bilan qo‘lga tushib qamalib chiqqan aprs erkak voenniy delodan dars berardi. Qolgan hammasi xotinlar edi. Emchaklari torpeda qovunday xotin direktor edi. Erkakcha so‘kinardi. Oylikni o‘zining kabinetida berardi. Yangi kelin bo‘lib tushgan o‘qituvchilarning oyligini qaynonasi kelib olib ketardi. Ona tili o‘qituvchisi bir amallab peduchilisheni bitirib keyinroq sirtdan o‘qib, diplom olgan savodsiz xotin edi. O‘quvchilarni qarg‘ab urishni bilardi. Ko‘chada semichka sotadigan shallaqi kampirlar kabi yirtiq jempr va ming yamoq ko‘rpacha gulli kuylak kiyar, oyog‘idagi kalishi yirtilib ketgandi.

Rasm o‘qituvchisi sifatida menga shior yozish topshirildi. «Kommunizm quruvchilari yashasin!» degan shior yozish joiz edi. Maktabdagi o‘qituvchi xotinlar kommunizm ikkita em bilan yoziladimi yoki bitta deb o‘ylanib o‘tirishganini eslayman. Maktab zavxozi maktab xovlisida xotinini urardi. Boshlang‘ich sinf muallimalari yomon bolalarni sudrab kelib, voenniy delochiga urdirib ketishardi. Bu maktab bilim o‘rgatiladigan joy emas, balki bolalarni qo‘y qo‘raga qamaganday ushlab o‘tiradigan zona edi.

Nega yozdim shuncha gapni? Sababi shuki maktablardagi o‘qituvchi xotinlar supurgisi yo‘q ajinalardir. 

Bu mallim xotinlarning miyasida bilim o‘rniga jaxolat, nafrat va aqlsizlik kontsentrati bor. 

Mana Ishtixondagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan xotin ikki bolasini so‘yib tashladi.

Ishtixonning, Yo‘g‘ontepa mahalladagi Saroy qishlog‘ida ayal malim ikki bolasini so‘ydi. U maktabda o‘qituvchilik qilgan. Necha yil davomida begona bolalarga qanday muomalada bo‘lgan?

Psix mallim do‘xtirdan o‘tmagan, institutni pul bilan bitirgan, shallaqi, beva, alamzada, jengil ayallarni maktabga ham, bog‘chaga ham yaqinlashtirmaslik kerak. Ta'limni, tarbiyani, muhitni va bolalarni dunyoqarashini buzadi.

O‘zini bolasini ham, birovning bolasini ham o‘ldiradi.

(Hayot qanday shafqatsiz)

Baliqchi, baliq va olim hikoyasi

MS: Og‘o aldin ertak oytor adingiz. 

RT: Matchonboy hayotimiz shunday tomoshabobki ertak to‘qishning ham keragi yo‘q.

Olimboy shaharda fanlar akademiyasida ishlaydi. Baliqlar haqida duxtrlik ishi yozib o‘tiribdi. Baliqchi Sirdaryo etagidagi Achchiqko‘lda baliq tutib kun ko‘radi. Tojikistonda urush bo‘lganida Jirg‘atoldan qochib kelib, shu yerda dokumentsiz bomj maqomida yashab qolib ketgan laqay musopr edi u. 

Olimboy Achchiqko‘lda fanga nomalum baliq bor deb taxmin qilgani uchun baliqchi cholga ikki shisha araq va bir sumka bozorlik tashab ketgan. 

«Mabodo manovinday boliq ilinsa menga xavar bering» deb boboyning qo‘liga baliqlar rasmi tushirilgan tablitsani ham berib ketgan.

Xullas chol ko‘l oldiga kelib kecha tashagan to‘rini tortdi. Bakra baliqqa o‘xshash yapaloq birgina baliq bor edi to‘rda. 

Boboy baliqni to‘rdan chiqarib qo‘liga olsa baliq odam tilida gaplab «Men seni uchta tilagingni bajo qilaman» dedi.

«Taksi chaqirib ber» dedi boboy.

Ikki minut o‘tmay taksi keldi. Boboy baliqni klenka xaltaga solib qo‘liga ovogan. 

«Shaharga fanlar akademiyasiga hayda» dedi boboy.

Shaharga yuz kilometrdan ko‘p masofa bor. Yo‘lda to‘xtashdi. 

To‘xtaboy ota deganning restorani edi bu. 

Baliqchi boboy umrida yemagan shashligu norin hasiplar pishib yotardi.

Bovo to‘ygunicha tomoq yedi. 

«Yemakning pulini to‘lab qo‘y» dedi u baliqqa. Ofitsiant kelib rachcho‘t deb ketdi va saboyga tugunchayam qiberdi ortgan etlarni.

Taksi boboyni shaharning o‘rtasiga tashab ketdi. Akademiya shaharning o‘rtasida dedi sho‘pr. 

Boboy angrayib turgandi bir chiroyli qiz kelib «otaxon charchabsiz, yuring dam oldiraman, soati 200 dolllar» deya jilvali tabassum qildi. 

«Qizim men qarib qoldim. Undaychikin ishlarga yaramayman» dedi chol.

Qiz bo‘lsa «Men Rimdagi Dovud haykalining ham chukini yalab turg‘azganman» deb maqtandi.

Boboy bu qizning ortidan  ergashib muyulishdagi domga kirdi.

Qizning aytganicha bor edi. Boboy behishtni bu dunyoda ko‘rdi.

«Pulini to‘lab qo‘y» dedi boboy baliqqa.

200 ni olib xursand bo‘lgan qiz boboyni yetalab fanlar akademiyasi eshigidan kiritib yubordi.

Olimboy baliqni ko‘rib, sevindi lekin baliqning tilak mexanizmi xarj bo‘lganini eshitib achindi.

«Obbo otaxon bu baliqning imkoniyatini transport, gastronomiya va enterteymentga xarjlab qo‘yibsizku. Borib bug‘alteriyaga kartangizni ko‘rsatsangiz pul tashaberishadi» dedi Olimboy.

«Kartam yo‘q meni» dedi boboy. Bu g‘alati edi. Chunki mamlakatda bomj, parazit va tilanchilarning hammasida qo‘sha-qo‘sha karta bor edi.

«Kulbam yonib ketdi, tuzalmas kasal bo‘ldim¸ boshimga g‘isht tushdi» deb karta qo‘yib tilanchilik qilish mamlakatda epidemiya tusini olgandi.

Olimboy cho‘ntagiga qo‘lini tiqib, bir pochka pul olib boboyga berdi. Keyin kulib javonda turgan kitobni berdi.

Kitob Pushkinning «Oltin baliq ertagi» edi.

O‘qishni bilmayman dedi boboy.

Olimboy bo‘lsa javonni titkilab, audio eshitadigan eski aypodni oldi. Ayfon chiqqach bunaqa matoxga  luzum qolmagan edi. 

Olimboy aypodga pushkin kitobini yuklab, bitta yangi quloqchinniyam qo‘shib boboyga berdi.

Baliq tutganda eshitasiz dedi.

Boboy yo‘l yo‘lakay oltin baliq haqidagi ertakni eshitib Achchiqko‘lga yetganini ham bilmay qoldi.

Yaxshiyam uyimda kampirim va teshik tog‘oram yo‘q deb o‘ziga tasalli berdi chol. 

Olimjon bo‘lsa Eynshteyn haqida o‘ylardi.

«Ertak eshitgan  odamdan olim chiqadi» degan edi Eynshteyn.

MS: Ertak ishitmagan odom asirak bo‘lodi. Asirakladan yoshulli chiqso arikni divindagi shappikdin bo‘lodi.

Otabek Umarov ishdan olindi

O‘zbekiston prezidentining kichik kuyovi hamda prezident xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari Otabek Umarov ishdan olindi

Umarov joriy yil 25 noyabr kunidan boshlab faqat O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. 

Janubiy Koreyadan mashina ehtiyot qismlari importi bilan shug‘ullanib kelgan Umarov qaynotasi prezident bo‘lishi ortidan piligi ko‘tarilib Prezident xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. 

Professional malakasi bo‘lmasa-da, Umarov DXX da yuqori martabali rahbar bo‘ldi, prezident tan soqchilari unga hisob beradigan lavozimga chiqa oldi. 

Qaynata soyasida gradusi oshgan Umarovning o‘zi  qo‘riqchilar armiyasi bilan yurar ekan o‘zini parallel davlat rahbari kabi tutardi.

Rasman kambag‘allik vazirligi bo‘lgan va aksar axoli qashshoq yashaydigan tashqi qarzi 50 milliard bo‘lgan mamlakat prezidentining kuyovi va mulozim Otabek Umarov ikki million turadigan Richard Mille RM UP-01 Ferrari soatini taqib yurdi.

Umarovning Tesla mashinasidagi tungi poygasi, MMA kurashchisi eski futbolkasini 100 ming AQSh dollariga sotib olib, o‘ziga qarashli BeFit klubi devoriga osib qo‘ygani o‘zbek jamoatchiligini junbushga solgan edi.

Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelishi ortidan uning tansoqchisiga aylangan kenja kuyov Otabek Umarov qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi davlat, ayniqsa, xavfsizlik mulozimlariga xos bo‘lmagan hashamat va maishatga o‘chligi bilan e'tiborga tushdi.

Prezidentning kenja kuyovi Instagram sahifasida o‘zining qimmatbaho mashinalari, tungi poyga va driftingga o‘chligini namoyish qilgan.

Davlat xizmatchisi bo‘lsa ham, keyingi 7 yil ichida soyada milliard dollardan kattaroq biznes imperiya qurishga ulgurdi.

MS: Ivon Grozniy oytqon akan. O‘zim sani bor attim. O‘zim sani yo‘q ataman dap. Getkanla yomon, galganla timmitdinmi? Og‘o yenambir ertak qoydirioparing.

YeRTYe

Bitta yurtning yoshullisi o‘z tilini o‘rganmoqchi bo‘ldi.

Lug‘atni ochib K degan harf bilan boshlanadigan so‘zlarni o‘qib boshladi

Kallavaram, ko‘rnamak, korruptsioner, kalondimog‘, karranda, kalamush, kamalaknusxa, ko‘t…

Lug‘atdagi «kuyov  yov» degan so‘zga ko‘zi tushgan yoshulli o‘z yordamchisini chaqirib «kitob o‘qish bu oddiy lug‘at kitob bo‘lsa ham kimning kimligini bilishga yordam beradi» dedi.

Ërdamchi «kuyov bu yov» degan so‘zni saroy devoriga o‘yib yozdirdi. 

Tarix ulug‘ murabbiy, avlodlar yodi muqaddas!

MS: Ola kishtak rotoallo!

RT: Rassom Titsianning bir gapini rasm o‘qituvchim takrorlardi. Bu gap aynan mana bunday «Agar yoniga boshqa bir rang qo‘ysam, bo‘q ham kartinada sizga oltin bo‘lib ko‘rinadi». Aytmoqchi bo‘lgan gapim  ham shu. Hammasi nisbiy. Palonchiga nisbatan pistiyonchi yomon yoki yaxshi. Aslida O‘zbekiston boshqaruvi va jamiyati barcha personajlari salbiy bo‘lgan teatr spektlini eslatadi. Bizda Saakashivili ham, Saxarov ham, Li Kuan Yu ham yo‘q. Turklar aytmoqchi «battarning battari bor»

MS: Og‘o garakmi shu DXX dayan idoro. Quri bizani ongib yuradi. 

RT: Istixborat davlatning qalqonidir. 

Davlat degan institut bor ekan uni himoya qiladigan instrument bo‘ladi. 

Tashqi harbiy xujumdan himoya qiladigan tuzilma bu muntazam qurollangan armiya. Davlatni ichdan yemiradigan omillarga qarshi xavfsizlik tuzumi kurashadi. Bu o‘ta zarur instrument. Bu tizim xurfikrlarni ta'qib qiladigan siyosiy politsiya emas, balki respublika va konstitutsiyani barchadan, shu bilan birga telba rahbarlardan ham himoya qiladigan mexanizm bo‘lishi kerak. Davlat rahbari konstitutsiyaga zid tarzda mamlakat boyligini qo‘shnilarga berishi mumkin emas. Mamlakat butunligiga xavf solgan Jirinovskiy kabi dushmanlarga quchoq ochganlar ham istixborat nazoratiga olnishi kerak. Mamlakatning dunyoviy davlat printsipiga taxdid solayotgan har qanday kuchlar nazoratga olinib izolyatsiya qilinishi shart. Uchinchi xavf esa separatizm. Kimda kim mamlakat butunligiga shak keltirsa, u ham istixborat nazoratiga olinishi shart. Biz istaymizmi, yo‘qmi bundan qat'iy nazar davlatchilik talabi shu. Istixboratsiz davlat o‘z mustaqilligini yo‘qotib, katta davlat masalan Rossiyaning orqa bog‘chasiga aylanish ehtimoli katta. 

Men O‘zbekistonda zulm va tazyiq mashinasi hamda korruptsiya o‘chog‘i emas, balki haqiqiy istixborat tashkilotining samarali faoliyatidan umid qilaman. 

Busiz biz davlat sifatida yo‘q bo‘lib ketamiz.

MS: Ëmonlikni o‘yla. Yaxshilik galsa boxting.

Matchonboy bizni raxbarlar diqqat bilan ko‘rib o‘tiribdi. Kun kelib rahbarlar orasida o‘zi va qarindoshlarini boyitishdan tashqari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani chin dildan bajarib el ulus haqida o‘ylaydigan rahbarlar ham kelishiga ishonaman. 

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan General-mayor Shuxrat Xolmuxamedov suvratiga boqib, askarga xos ijobiy qirralarni qidirdim. Umid qilaylik va ishonch bildiraylik.

MS: O‘z generealini yaxshi ko‘rmagan el yurt, o‘risni genaralini boqodi.

RT: «Ertaga qiyomat qo‘padi» deb aytishsa bugun ko‘chat ek. Bu barcha zamonlarning eng aqlli gapiga amal qilgan Shavkat Mirziyoev  23 noyabr kuni «Yashil makon»  bog‘iga ko‘chat ekdi.

MS: Og‘o shu akilgan nalla go‘karsin. Gujumdin soya¸ anjirdin meva barsin. Yeyilib yozilsin¸ bizaram hazzatali, vulorom hazzatavrsin. Uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston – Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
23 fevral 2016
Sobiq harbiy, iste'fodagi keksa podpolkovnik, 77 yoshli Botir Shermatovich Toshmuhammedov 1976 yildan buyon mudofaa kuchlariga qarashli ikki xonali uyida ...
17 iyun 2019
«Jiyan, endi men senga hech qachon “unday qilma, bunday qilma” demayman. Seni Allohdan boshqa hech kim, hech narsa isloh ...
28 iyun 2016
Toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovich va Namangan shahridan 22 yashar Abrorjon Ustaboev Ayubxon o‘g‘li Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan ...
31 oktyabr 2022
«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Namangandan. Adirdagi portlash aholi tinchini buzmoqda “Namangan viloyati ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...