Asosiy mavzular
6 dekabr 2024

Yo‘lda qo‘shilgan xotin – RTdan va'z

RT: Xafta mersedes bens g‘ildiragi kabi zuv etib aylandi;

MS: Bugun beshlangji gun. Ullini ulli guni. Nichiksizla mo‘chchi apika opobiyi. yoshi ulli yoshi kichchi xo‘jik brrilo…

RT: Archa archa jon archa yaproqlaring ninacha. Mashxur o‘zbek sportchisi Maxmud Murodov uyida  xotini va iti bilan birgalashib archa bezatdi. Kirib kelayotgan yangi yil qutlug‘ bo‘lsin barchaga. Bizni yetkazsin archaga!!! 

MS: Hali tozo yila bir oy bo. Diya nerda chukki nerda? 

RT: Matchonboy senga nima qiziq? 

MS: Xovorla qiziq. O‘lgan qotqon. Ardan oyrilib ishvalak bo‘lib getganla. Ishqilib qisqosinnon qoyting 

Qisqa xabarlar

Boyovutda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 23 yashar qarindoshini so‘yib tashadi. 

MS: Ibi boxtim qoro.  

RT: Xatirchi tumanidagi oldin xam sudlangan hokim yordamchisi 200 mln so‘m davlat pulini o‘mardi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

MS: Avvalam poro bilan chshgan bo‘lsa baloni balliki bomadi hokimiyatda. Quri o‘g‘rilo yennolodi. Yurtni anasinikinia girizjakla…

RT: Pop tumanidagi “zapravka”da “Niva” moshin to‘liq yonib ketdi.

MS: Karimov deyravarsin oytpadi yonib go‘yingla dap. Moshnlo yonip yotibdi poqirdop…

RT: Toshkentlik 38 yashar erkak daraxtga o‘zini osdi. Erkak go‘rda. Osil osil vasvasasi davom etmoqda. 

MS: Toshkentda odom osilg‘idin daraxt qolvadimi o‘zi?

RT: Zarbdor hokimi paxta planini bajarmagan fermerni qamadi… 

MS: Yo‘qay… 

RT: Ha aynan shunday! Xuddi o‘rta asr feodal sultoni kabi xokim “qama” dedi. O‘zbekistonda sud va ijro hokimiyati mavjudligidan behabar Bobojonovning tug‘ma ovsar mirshablari fermerni sudsiz, tergovsiz shartta qamab tashashgan. 

MS:  Bi zolim hokim Ergash Soliev bi mirshablara “fermerni kallasini ol” desa shorta bolta bilan chopib tasharmiadi. Novvi davadi Navoiy otes 

El coronel no tiene quien le escriba

MS: Og‘o siz kitob yozosizmi, yo o‘qiysizmi? 

RT: O‘qiyman 

MS: Qaysi kitobni 

RT: Markes degan yozuvchini 

MS: SSSR davrinda Morks diyan odomni moropotlop kalxozlaro odini qo‘yib adila, Soqqoli bir metr odam adi… 

RT: Matchonboy, sen aytgan odam kapital asarini yozib, kapitalizmga qarshi kurashgan Karl Marks, men aytgan yozuvchi esa Kolumbiyalik Gabriel Markes. 

Markesning men sevib o‘qiydigan o‘lmas asarlaridan birining nomi “Polkovnikka hech kim xat yozmaydi endi” deb ataladi. Mukammal asar. Lekin xozir man adabiyot haqida gapirmoqchi emasman. 1961 yili yozilgan Markes romanini tokchaga qo‘yib kunimiz polkovniklari ko‘rguliklaridan gapirsam.

Bo‘ron bo‘lganida eng pastda yotgan has ko‘kka chiqqani kabi Karimov o‘lib iqtidor almashganidan keyingi ola tasirda “sho‘rva yuziga chiqqan” pogonlilardan biri  polkovnik Doniyor Toshxo‘jaevni “ichkariga apkirib qo‘yishdi”, “pogonini yulib o‘zi asos solgan uslubda qiynab so‘roq qilishdi” degan gaplar keldi. Simlar shunday habar berdi.

24 noyabr kuni polkovnik Doniyor Toshxo‘jaev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarligidan bo‘shatilib, pasporti olib qo‘yilib nazorat ostiga olingan edi.

Uning cho‘qintirgan otasi Otabek Umarov 25 noyabr kuni ishdan olinganidan keyin, Rassom Tuzga chiqqan bilgichlar “endi Doniyorni ishi pizdets” deyishdi.

Qishning birinchi kuni Doniyor uchun qamag‘ning ilk kuni bo‘ldi. 

Xar xolda simlar shunday xabar berdi.  

MS: Rosdon qomodilomi Donyorni? 

RT: Rasmiy tasdiq yo‘q. Agar shunday bo‘lmasa “Rassom Tuz xabari yolg‘on Doniyor qamag‘dabas” deb prokuratura raddiya bersin.

Ammo simlardan kelgan progon uning qamag‘daligini urg‘ulab turibdi.  

Doniyor Toshxodjaev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tergov departamenti rahbari Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari va Farg‘ona IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan va norasmiy doiralarda Otabek yaratgan parallel saltanatning ichki ishlar vaziri o‘laroq bilingan. 

MS: Og‘o bi gapa Markesni na aloqasi bo?

RT: Markesdan direkt iqtibos keltirmoqchi edim, lekin o‘quvchilar ruhi va asabini ayadim. Shu bois tafsilotsiz qilib o‘z so‘zim bilan aytib qo‘yaqolay.  

Markes asaridagi diktator o‘ziga qarshi fitna uyushtirgan polkovnikni duxovkada dimlab pishirib katta tovoqqa qo‘yib uning sheriklariga yediradi.  

Ashnaqa piypl. Karvon birdan ortiga aylansa, birinchi tuya oxirgi tuyaga aylanadi. 

 El coronel no tiene quien le escriba…

MS: Og‘o xozir diya yo‘q. Karvon yo‘q. Karvonboshi tem bole. Xozir odomlo moshnni ullisina minadi. 

Yo‘l xotin yo‘ldosh xotin…

Trak, fura  bu o‘zbeklar kamaz deb aytib o‘rganib qolgan katta yuk moshinasi. Amerikadagi o‘zbeklar asosan shunday yuk moshnlarni haydab tirikchilik qiladi.  

Amerikadagi tagi anjanlik tog‘aning aytishicha, trakning kabinasi «kambag‘aldi uyiday gap». 

Xaptalab yo‘l yuriladi. Sharoit ashiincha. Osh ovqat yotar turar hammasi yo‘lda. 

Endi «xotin yo‘lda, bola belda» degan xalqmiz.  

Shu bois Amerikadagi boshi ochiq o‘zbek xotin qizlar bu trakchi, furachi sho‘pr tog‘alarga «bir xaptalik xotin» degan biznes paket hizmatini taklif qilgan. Narxi yelkani zirqiratmaydigan summa evaziga albatta.  

Bir xafta yoningda yuradi, kechqurun yoningda yotadi. Ovqat qiberadi. Chaqchaqlashib ko‘nglingni olib dilingni ravshan qiladi. Agar ikki xafta yoki bir oyga olinsa skidka bor. «Nomozxon sho‘prlar uchun» degan opshn bor. Bu xolda yo‘ldosh xotin sizga tajvidni to‘g‘ri qo‘yib qiroat qiberadi, rivoyatu asotirlar aytib berib, yig‘latadi.  

Trakchilar tilida «yo‘lxotin» deyilgan bu yo‘ldoshoy bilan munosabatlar hammasi oldindan kelishilgan. Nima mumkinu, nima mumkinbas degan ma'noda.  

MS: Og‘o amerkkada ishvalak atish mumkinmi? 

RT: Aslida AQShning Nevada shtatidan boshqa hamma joyda fohishabozlik ya'ni xotinlarning o‘z tanasini pulga sotishi taqiqlangan.  

Lekin massaj, uqalash, malxam surish va enterteyment fortochkalari orqali «ashi ishti» qib yotishibdi. 

«Sen rozi, men salomat» formati bu. 

Bu sho‘prlarni o‘zbekistondan amerikaga orzular boshlab keldi. 

Hali yetar manzili yiroq. 

Missisipini kesib o‘tib, sharqni g‘arb bilan bog‘lagan amerikaning bekanor  yo‘llarida qo‘shiq  sasi eshitiladi.  

Yo‘l xotin yo‘ldosh xotin, trakchiga ko‘ldosh xotin. 

Dollar yog‘sin ko‘l bo‘lsin. Ayshu ishrat mo‘l bo‘lsin. 

MS: Dollor yog‘ib yotibdi og‘o. Amerikadagi hamma sho‘prlo Samarqanddan. Pil iyarib ulli to‘y atib yotibdilo. Toshkentam qolishmiydi. Ina bir to‘ydo 45 ming dollarlik tort akkaldila… 

Toshkentdagi to‘yda 45 ming do‘llarlik to‘rt dastaxonga tortildi. «Shu to‘rtti puliga bitta qashshoqqa eshik abersa bo‘lardi» deb maslahat berdi jumbul jamoat. 

Tasavvur qiling, shu to‘rtni puliga Sergelidagi bir qashshoqqa bir xonali uy aberildi.

Keyin u qashshoq ertasigayoq bu uyni sotib, qimorga tikib yana qarzam bo‘p qolardi. 

Xudoyim bilib uni qashshoq qilib qo‘yibdi. Chakida xalta bilan ursang ham oqarmiydi degan toipa bu. 

Mana qo‘lingizga qarang besh barmoq besh xil. Bu dunyoda hammani teng qilaman deb boylardi molini olib kambag‘allarga bergan SSSR degan do‘lat oxiri gadoy bo‘lib, o‘lib yo‘qolib ketdi. 

Kommunizm inson tabiatiga zid narsa. 

Nega bir odam ter to‘kib pul topsinu,  pulini bitta parazit ishyoqmas dangasa qashshoq xudo urganga oborib bersin? Nega? 

Istasa 45 ming dollarga to‘rt yesin,  

MS: istasa tom, istasa om solsin. Xozyayin barin. Biravni pilini sanayincha o‘zing ishlab pul top piypl. Agar pl topmosong man yozg‘on sherni ishit.  

Qanoti bo lekin ucholmas tovuq 

Toshkenta qarab galyotir sovuq 

RT: Barakalla Matchon suqilish, Men doim millat ichida aqlli odamlar bor deb ishonib xato qilmadim. Mana o‘zbek olimasi Dilorom Hamroevaning gapi. Qanday yo‘rum yopsangiz, qaysi mavzuga taalluqli deb bilsangiz bu haq sizga oid. Men bu so‘zlardan «miyasi bo‘sh qolgan o‘zbeklar miyasi arabqullik va o‘risqullik musori bilan to‘ldi» degan ma'noni uqdim. Mana shu oltin so‘zlar:  

«Egasiz qolganni egarlarlar. Biz bunaqa bo‘lishini bilmagandikmi? Bilar edik. Biz bularni kim nima maqsadda qaerga jo‘natganini bilar edik.»

MS Og‘o urung potyani 

RT Assalam O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
14 iyun 2016
ShHT sammiti yaqinlashgan sayin o‘zbek hukumatining ho‘jako‘rsin tadbirlari ko‘lami ortmoqda. Rasmiylar o‘z harakatlarini Vazirlar mahkamasining “Toshkent shahri magistral ko‘chalarini ...
4 dekabr 2019
Turkiyalik sarmoyadorlar Vahit, Fikret va Resat Guneshlarning ta'kidlashlaricha, 2011 yilda O‘zbekiston rasmiylari ularning Toshkentdagi savdo markazini egallab olishdan oldin ...
9 avgust 2021
Joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga iqtidordagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoev nomzodini ilgari surdi. ...
23 may 2023
Calom qadrli muxlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta xatni o‘qiymiz. Ular Tashkent, Qashqadaryo va Camarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...