Asosiy mavzular
8 dekabr 2024

Stokgolmda O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bayram qilindi

Joriy yilning 7 dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekistonning shvetsiyadagi elchixonasi, madaniyat markazi va vatandoshlar jamiyati tashabbusi ostida madaniy kontsert tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni asli kelib chiqishi Xorazmlik, yaqinda shved qiroli yorlig‘ini olishga muvaffaq bo‘lgan O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi Rahmatullo Nurimbetov ochdi. Va u Konstitutsiyaning O‘zbekiston vatandoshlari huquqlarini belgilashdagi roli haqida gapirdi.
Eltuzga intervyu bergan elchixona xodimasiga ko‘ra yangi elchi Shvetsiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish yo‘lida astoydil harakat qilmoqda.
O‘zbekistondan tashrif buyurgan xonanda va sozandalar guruhi kechaga fayz kiritdi.
O‘zbekistondan kelgan Xalqlar do‘stligi sozandalar guruhi raxbari Shvetsiyada elchixona tashkil qilinganidan buyon o‘zbekistonliklar uchun viza olish jarayonlar ancha yengillashganini bildirdi.
Hamma raqsga tushdi. Xatto janob elchi Nurimbetov ham bu safar diplomatik mulozamatni yig‘ishtirib qo‘yib o‘zbek turg‘unlari bilan lazgiga tushdi.
Tadbir so‘nggida hamma oshga taklif qilindi.

Tag‘in o‘qing
15 sentyabr 2016
Dunyoning qator ommaviy axborot vositalari, xususan, o‘zbek tilli mustaqil nashrlar O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev «Konstitutsiyaga zid ravishda o‘zining ...
24 yanvar 2020
Prezident Mirziyoev 2020 yilni «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili», deb e'lon qildi. Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning Senati ...
31 mart 2017
Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi. Ayni hisobotida, inson ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. Shu payt mening orqamdan ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...