Bahodir Fayzi: Amerikadagi hazinalar oroli
Eltuz tahlilchisi Bahodir Fayzi Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahridagi Karnegi san'at muzeyidan hikoya qiladi.
Muzeyga dastlab Amerikalik mesenat Karnegi Meloni asos solgan. Muzeyning birinchi galereyasi 1895-yil 5-noyabrda jamoat foydalanishi uchun ochilgan. Yillar davomida galereya kattalashib, 1907-yilda Forbes avenyusida yangi binoga ko‘chirilgan. 1963-yilda nomi rasman San'at muzeyiga o‘zgartirilgan. Vaqt o‘tishi bilan muzey kolleksiyasi hajmi uch baravar ko‘paygan va u yerda yillar davomida yig‘ilgan Van Gog, Matiss, Gogen, Sezan, Renuar, Jakometi kabi buyuk rassomlar mo‘yqalamiga mansub tasviriy san'at durdonalari saqlanmoqda.
Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan erkin maydon.
Kanal homiysi bo‘ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo‘lasiz.
Batafsil ma'lumot: