Asosiy mavzular
27 dekabr 2024

Qo‘ylar muborak! – RTdan va'z

RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo.

RT: Matchonboy bugun ko‘rsatuvimizda ko‘rarmanlardan kelgan savollarga javob bersak.

MS Dim amdolli og‘o. Asirtiravaring.

Mana bir o‘quvchi “nima mavzuda” gapiryapsiz  o‘zi deb so‘rabdi.

Mavzu: Aqlsizligimiz , qoloqligimiz, muttaasibligimiz va joxilligimiz haqida yoki erkinlikin cheklab bizga  qamoqni ravom ko‘rgan madvazir haqida. Umuman qamoq nimaga keragu va kimni kutyotgani haqida.

Yana bir o‘quvchi esa bizning tuzalib el qatori sveti o‘chmaydigan, metan gazga ochered bo‘lib zaprapkasi po‘rtillab odam qirilmaydigan davlat bo‘lishimiz uchun imkon bormi deb so‘rabdi.

MS: Manam so‘rijoq adim shuni. O‘ladon kasalmizmi yo timmitdin bo‘lib getamizmi?

RT: Bugun barchamizda qoloqligimiz, muttaasibligimiz va joxilligimiz botqog‘idan chiqib xuzurli qalb aristokrati bo‘lish uchun barcha shans mavjud. Ammo ko‘pchiligimiz bu haqda hatto o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

MS: Navchun  og‘o. Biza odomni yortisimi yo. Shu siz yoshob turg‘on yerdagi shved mvedlardan kam joyimiz bomi?

Sabab: Chunki bizning qo‘limizdan erkin odam kabi yashash kelmadi. Ma'lumotimiz yo‘q. Madaniyat nimaligini bilmaymiz. Qoloq va joxilligimizni esa qo‘pollik va birovga qo‘l ko‘tarish bilan kompensatsiya qilamiz.

MS: Ovong og‘o. Chakida xolto bilan ursolarom mongliymiz oqormidi. Novvi davadi Navoiy otes

Jingl

Yeganlaring xurmolar

AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga “Madvazir o‘zi nega kerak” deb savol berildi.

“Bu fikrning oyog‘i Amerikada turibdi. Baraka topkurlar, oyog‘ingizni ota-onangiz bosgan izga qo‘ying-da, bu savol chiqmaydi [keyin] sizda. Boya tushuntirdim, madaniyat sohasi – qush, buni shunday [siqib] ushlash kerak, boshqa imkoni yo‘q. Ochsangiz ham manfaat bermaydi, faqat buzg‘unchilik olib kiradi. Dunyoni ko‘ringlar, sog‘lom odamsizlar-ku.

Eldor Ryazanovning Fleyta uchun unutilgan kuy nomli filmi bor.  Xar xolda o‘zbek madvaziri bu kinoni ko‘rmagan. Ko‘rib xulosa qilishga ayqyusi yetmaydi Ozodni. Film qaxramoni sobiq surnaychi katta bir odam ko‘magida madaniyat vaziri bo‘ladi.

U vazir bo‘lgan kuni san'at va madaniyat haqida mana bu gapni aytadi. «Madaniyat bu qushga o‘xshaydi uni qo‘limizda qattiq qisib g‘ijimlasak u o‘ladi. Agar kaftimizni to‘liq ochsak qush uchib ketadi.  Shunday qilish kerakki qush uchib ham ketmasin va siqilib ham o‘lmasin» ..

Madvazir Nazarbekovning «Ijodkorlarga erkinlik berilmasligi kerak» deya aljiraganini ko‘rib shu film esimga tushdi.

Xar xolda madvazir «ijodkor» deb aytanlar chalaasavod to‘y mashshoqlari, bachcha, folk pop ashlachilari bo‘sa kerak.

Mayli, shu otarchi Madvazir bu otarchilarning oyog‘iga kishan taqadimi, ko‘tiga cho‘p tiqadimi, o‘zi biladi.

Ozodbekning san'atga aloqasi qanchalik uzoq bo‘lsa, bu ko‘k jiguli, maloxat malaxitlarning ham aloqasi ashincha.

Lekin bu tug‘ma ovsar madvazir haqiqiy ijod ahlini tinch qo‘ysin.

Chunki tom ma'nodagi erkinlikiz ijodkor ijod qila olmaydi.

Rassom, kinorejisser, haykalgtarosh, me'mor va opera xofizlari.

Ularga to‘la erkinlik kerak.

Zooparkdagi qafasda yashaydigan hayvonlar ko‘paymasligini o‘ziyam bu sobiq xizbut, sobiq zek Sergelida motor yog‘iga ko‘mir qo‘shib ballon qoraytirgan melkiy aprs mulozimning gapi yarim chaqa ekanligiga guvoh.

Bitta chalasavod otarchining mansab kursisida o‘tirishin o‘zi mana to‘qqiz yilki davom etayotgan balmaskaradning eng kulgili parchasi kabi ko‘rinadi.

O‘n oltinchi asr o‘rusiyada poshsho ichburg‘idan o‘lib o‘nniga Ljedmitriy degan samozvanets kelgan davrni tarixchilar «smutnoe vremya» (parishon davr) deb ataydi.

Kinnachilar izg‘igan, odam o‘ldirish pista chaqish kabi oson bo‘lib, har xil qalang‘i qasang‘i ryajenniy skomoroxlar davlat tepasida o‘tirib xalq o‘latga chalinsa ham tongotar ziyofat qilgan sharmanda davr.

Xullas Ozodbek Nazarbekov ishdan ketib o‘z aravasiga qaytib bachcha ashilasini qilpaglab aytib yuraversin.

Shu otarchi piligini ko‘targan muxtaramlarga esa sharmanadaga shahar keng emasligini eslatish ham mening zimmamga tushdi.

MS: Yeganlaring xurmolar, bir gun seni burmolar.

O‘zbekiston prezidenti 25 dekabr kuni bosqinchi o‘rusiyat to‘daboshisi Putin chaqirishi bilan zuv etib Moskvaga bordi. Ora kunda olti marta Moskvada bu muxtaram. Benzin ketkazib bor kel qilib yuravermay, Moskvada yashayveersa bo‘lmayddimi. Mana Suriya eks prezidenti Bashar Asad ham Moskvada.

MS: Og‘o siz oytovarasiz. Agar o‘ris bilan galishib, ovong yoshulli dap durmosoq, o‘risni ko‘chasini sirip porrosh bo‘lib yurgan o‘n milliyon gullikchi o‘zbekni quviparadi. Keyin kim boqodi bi yetimaklani. O‘zi Mirziyoepni saroy qurib yotqon giyavlarini boqisho pl yetmin duripti. Bir adi shangilim ikki bo‘ldi hangilim dap.

“Biz ertangi kinolentalar”

Eski kinoxronika kadrlarini tomosha qilar ekanman Omon Matjonning shu satrlarini esladim. Eski kadrlarda Oqposhshoga, Stalin, Brejnevlarga sig‘inayotgan o‘zbek mulozimlari ko‘rinadi. Ular uchun uyalamiz. Ammo bugun Putinning bir imosi bilan kremlga borib potinka yalayotgan mulozimlarning ulardan farqi nima? Oq poshsho davrida mustamlaka edik, SSSR davrida Kremlga rasman qaram edik. Lekin 1991 yil 31 avgustda mamlakat mustaqil bo‘lgan ediku. Nega 30 yil o‘tibam mulozimalrning bo‘yni va tili qisiq? Faqat boshliqlarni ayblashga shoshmang. Har bir elning iloni shu elning tuproq rangida bo‘ladi.

Yalt yult o‘tar kinolentalar

Mana amir, manavichi xon.

O‘ris osgan lenta rangi qon

Oq poshshoning etagin o‘par

Na nomus na sharaf va na shon

Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz yetti

Oydinlar bizni tark etdi

Mana troyka tuzgan Usmon

Oydinlarni qirgan dushmon

Jinoyatdan qilmas pushmon

Stalinni otam deydi

Soyasida yotam deydi

O‘z xalqimni otam deydi

Buyurilsa najas yeydi

Kreml aytganin deydi

Yalt yil o‘tar kinlentalar

O‘risga qul bo‘lgan shiltalar

Moskov lampasida piltalar

O‘z xalqini turtar siltalar

Ichi somon poxol kultalar

Ming to‘qqiz yuz to‘qson bir

Sovet bo‘ldi yer bilan bir

Nima bo‘ldi? Bu qandayin sir.

Yurtboshilar endi ne kutur

O‘ris esengiga kir deya turtur

Yalt yult o‘tar kinolentalar

Yurtni yana o‘rislar talar

Muxtaramlar potinka yalar

Beti qora shap sharmandalar

Yalt yult o‘tar kinolentalar

Qotil bosqinchiga butxona qurgan

Tarix g‘ildiragin orqaga burgan

O‘risga yanayam to‘nqayib turgan

O‘z botirlarin  tosh bilan urgan

Putinni otam deb sudralib yurgan

Bu real politika, prorabotka

Olgan ordeni uchun otrabotka

Erkinlik degani shunchaki shutka

Aslida millatni yoqadi o‘tka

O‘risga qul bo‘lgan shiltalar

Bu bir krinj, ispancha uyot

Xurmat qilmas bizni  do‘stu yot

Siyosiy shaxmatda bo‘ldik axir mot

Tarix nima derkan bizlarga qarab

Biz ertangi kinolentalar……………..

MS: Nishatali. Mushkulkushod biyini o‘lyosino chiro yoqolimi? Ismomutdo is chiqorolimi. Mo‘llo choqirip sodoqa barparalami. Galgan balo shungo ursin dap

Masjid ichidagi kalashnikov avtomati

Moviy bo‘yinbog‘li eks xizbut madvazirning «Amerika bizni buzmoqchi» deb alaxsiragani O‘zbekistondagi diniy zombilar fyureri mubashikning «Suriyada odam so‘yayotgan terrorchi o‘zbeklarni» oqlab «vatanga qaytarish» chaqiriqlari bilan bir xil vaqtda yuz berdi.

Bu o‘zbek davlatchiligi uchun juda yomon  ofatning simptomi.

Mubashik joynomoz yonidagi avtomat rasmni qo‘yarakan «mavjud  tuzumni ontarib qurol yordamida shariat o‘rnatamiz» degan signal berdi. Va O‘zbekiston boshqaruviga singib ketgan ko‘tmuridlar bu signalni qabul qildi.

Demokratik institutlar va ijtimoiy fikrni davlatchilikka foyda keltiradigan yo‘sinda shakllantirishni eplay olmayotgan avtokrat va Rossiya nazorati ostidagi boshqaruv  diniy radikallarning extimoliy tajovuziga otpor bera olmaydi.

Chunki mubashning ko‘tmuridlari shariatdan boshqa hech qanday qonunni tan olmaydi. Xizbutlar g‘oyasi ham dunyoviy dinlarni tan olmaslik ustiga qurilgan. Xalqaro huquq normalari¸ dunyoviy davlat deya yozilgan O‘zbekiston konstitutsiyasi shariatchi jangari radikallar mafkura ramkasiga sig‘maydi va ular bu normalarni sindirib tashlashga urinishadi.

Mubash va abrashka kabi o‘zlaridan diniy doxiy yasaganlar atrofidagi poda O‘zbekistondagi teatr¸ muzey¸ musiqa¸ rasm va haykaltaroshlik  va kino kabi tamadun mevalarini yot deb biladi va bularni yo‘q qilish uchun o‘rtaga chiqadi. Xuddi Marg‘ilonda Nurxon haykalini zombilar  30 yil oldin qanday ontargan bo‘lsa peshtoqida arslon rasmi bo‘lgani uchun  Samarqandagi sherdor me'moriy obidasini ham buzib tashlashadi. (nafaqat sherdor) Chunki ular ko‘targan diniy mafkura san'at¸ haykaltaroshlik¸ musiqa va teatrni rad qiladi.

Eks xizbut madvazir Ozod o‘z salaflari kabi » G‘arb va AQShni O‘zbekistondagi barcha kulfat sababchisi» deb biladi. Blin metan o‘cheredga ham AQSh aydor Ozodbek talqinida. Mubash¸ abrashka yillar davoimida saqich qilib chaynagan «Amerikadan nafratlanish» shiorini o‘zbek ministri og‘zidan eshitish biz kelgan nuqta haqida bilgi beradi.

Qo‘lida amerika ayfonni ushab amerikani yomonlagan  O‘zbekiston madaniyat minstri Ozodbek rasmiy Toshkent pozitsiyasni bayon qildimi?

Mirziyoev davrinin Karimov boshqaruvidan farqli ijobit tarafi bor.

Karimov davrida mubash kabi diniy zombilar «bechora va mazlun¸ huquqlari toptalgan tinch nomozxon» obrazida jamiyat shuurida ikonalashgan edi.

Mirziyoev davridagi iliqlikda bu «mazlum»lar yuzidagi maska yechilib ularning zolim ekanini axolining o‘qimishli qismi tushunib yeta boshladi.

Yaqin Sharq formatidagi «siyosiy Islom» O‘zbekistonni portillatib ylq qilib  yuboradigan daxshatli bomba ekanligini tushungan oz bo‘lsa ham oydinlar qatori shakllandi.

Ayni paytda «mo‘'tadil¸ o‘zbekcha diniy mafkura» yaxshi deb yanglish o‘ylayotganlar bor.

Radikallik va mo‘tadillik bu tezligi har xil bo‘lgan ammo oxirgi bekati bir xil bo‘lgan bir xil arava ekanini unutmaylik.

Bittasi bolta bilan shartta chopib o‘ldiradi¸ ikkinchisi esa sekin ta'sir qiluvchi zaxar bilan o‘ldiradi.

Ikki xolat nihoyasi ham o‘lim.

Demokratiya¸  dunyoviy ilm turlilik va tsivilizatsiya har bir yurtdosh ichida erkinlikni shakllantiradi.

Mubash¸ abraxa va eks xizbutlar esa bu erkinlikni yo‘q qilib bizga qullikni ravo ko‘radi.

Biz qul emasmiz. Erkinmiz.

Buni unutshma piypl

MS Og‘o shu gunlarda yurtdo beram. Odamloni ko‘nglini kutaradon gap oyting.Odomlo shu qishni guni alli alli orri urib ichi qizib gradusi ortsin. Tozo yilda tozo kadila hoqqinda o‘ylosni noymitla

O‘zbekiston Bosh vaziri tashabbusi bilan Mo‘g‘ulistondan 1000 bosh qo‘y O‘zbekistonga olib kelindi. Qo‘ylar muborak Abdllaka!!

MS Amdolli tozo yildo qozon kavop bo‘lodi bu qo‘ylo. Eshikni aldi o‘y akan ichi do‘li qo‘y akan do‘rt gundan so‘ng yurtdo ulli to‘y akan. Tozo yillo muborak. Og‘o uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
17 mart 2016
Bundan 11 yil oldin Ostonada o‘rnatilgan va Qozog‘istonlik talantli haykaltarosh To‘lepboy Erbo‘latning “Sevishganlar” nomli taxsinga loyiq asari muhofazakor fuqarolar ...
2 noyabr 2018
Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 noyabr kuni Buxoroga keldi. Rossiya Davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiyani, O‘zA xabariga ko‘ra, ...
24 oktyabr 2023
Videoda ko‘rganingiz O‘zbekiston Milliy Teleradio Kompaniyasi (MTRK) tizimida 25 yil faoliyat yuritib shu dargohdan pensiyaga chiqqan sobiq rais o‘rinbosari ...
24 mart 2017
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi. U majburiy davolanishda 23 kun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...