Asosiy mavzular
10 yanvar 2025

Osmonda emchak ezg‘ilagan o‘zbek – RTdan va'z

Aziz va mukarram, qadrli va mehribon, ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim. Mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz, betma bet suhbatga musharraf bo‘lganimdan shodman.

MS: Nichiksizla xo‘jik brri mo‘chchi oybika xo‘shshi qizlo, birtli birtsiz doyilo, yoshulli yoshi kichchila… 

RT: Atrofda qish, havo sovuq, lekin qalbimiz lov lov yonadi… 

MS: 

Eshikingni aldi oylonmo solmo 

Oylonmo solmodon oqomish olmo 

Oytomishlo Matchonboyni josus dapay 

Oldop so‘rosolo bo‘yningo olmo… 

Ishlatilgan motor

O‘tkan asrning saksonlarida O‘zbekistonda yozg‘uvchi shoirlar «jamiyatni oldinga undovchi» motor edi.  O‘sha paytda iqtidorga kelgan Karimov har qanday motor «moylab» tursa yaxshi ishlashini bir injener o‘laroq bilardi.

Tashqaridan kibor ko‘rinsa ham oyog‘i qashshoqlik botqog‘ida botib turgan shoir va yozg‘uvchilarga ikki bog‘ piyoz, 3 so‘m pul berib, yoki bitta stol yoniga kursi qo‘yib «ana endi boshliqsan» deb aytsang o‘z ideasini unutib senga sig‘ina boshlashi absolyut haqiqat edi.

Bular endi  gaz yo‘q paytda quvurga ulangan motorcha kabi o‘z ko‘machiga kul tortadigan oddiy jixozga aylangandi. 

Ekspluatatsiya muddati o‘tkan jixoz musorga otvoriladi.

Shunday ham bo‘ldi.

MS: Og‘g‘on tarapina qorop eshalang. Nishatip o‘lsa shundatib go‘ming. Qo‘ying indi. Ko‘na hirmonni sovurmong. Tozoliqlodon guring ating.

Rossiyaning Rosatom davlat korporatsiyasi Germaniyaning Siemens kompaniyasi Turkiyada qurilayotgan Akkuyu AESga uskunalar yetkazib bermaganligi sababli sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Vengriya hukumati Germaniya Rosatom qurayotgan Paks-2 AYeS uchun Siemens uskunalarini yetkazib berishni to‘sib qo‘yganini aytgan edi.  

Rosatom O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurishni boshladi. Ma'lum bo‘lishicha, Rossiyada o‘z texnologik uskunalari yo‘q va xorijiy kompaniyalar uni unga sotishni xohlamaydilar. Ammo nega O‘zbekiston bu muammolar unga ta'sir qilmaydi deya mum tishlagan?

MS: Atom oxir bombaku. Moshinni go‘ttindaki goz bolon har guni po‘rtlidon yurtda atom oposniy. Qoysi jilli o‘riso ishonodi? 

Ëzuvchi G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasida «Toshkentda jinni ko‘p» deb yozgandi. Amolekin gapdi to‘g‘risi jinnilar anjandayam bor. 

Jinniga jinni desang arpa bo‘yi o‘sadi.

5 yanvar kuni Andijon shahridagi Ishchilar mahallasidagi xotin ammasining 24 yashar  o‘g‘liga «buvingnikiga kirib ket» dedi.

«Buvisinikiga kirib ketish» amma o‘g‘lining planida yo‘q edi. 

Jaxli chiqqan erkak bu xotinni  bu yerda yozib bo‘lmaydigan anjancha so‘kishlar bilan ashiincha so‘kdi.

Keyin tisarilib turib birdan sakrab bu xotinning yuziga tepdi.  

Ashag‘da turgan gulday  Spark moshndi boshini tosh bilan yordi, ko‘zini chig‘ordi, aynaklarini chil parchin qilib sindirdi. 

Bu xujum paytida keb qolgan yana bir qarindosh xotinni tagiga bosib urib mayib qib tashadi. 

Ashiincha gapdan keyin kegan milisalar bu zo‘ravonni baylab jinnixonaga topshirvorishdi. 

Jinni jinnixonada. Anjan yengil napas oldi. 

Sergeli sudi uchoqdagi 23 yashar styuardessa emchagini g‘ijimlab, seksual tegajog‘lik qilgan 40 yashar o‘zbekni besh sutkaga qamadi. 

MS: Og‘o bu amjak g‘ijimlosh osmondo bo‘ldimi yo yerdami? 

Voqea osmonda NY 686-sonli “Sochi-Toshkent” yo‘nalishi bilan uchib kelgan havo kemasida yuz bergan.  

Tekshiruv davomida Toshkent viloyatida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Ye.J. havo kemasi bortida bo‘lgan vaqtida “Uzbekistan Airways” AJ bortkuzatuvchisi bo‘lgan, 2002 yilda tug‘ilgan S.A. ga nisbatan shilqimlik va tegajog‘lik qilganligi aniqlangan.  

Holat yuzasidan Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB inspektorlari tomonidan MJtKning 187 moddasi 1-qismi va 411- modda 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

MS: O‘l choship. Bu jolotoyloni dastinnan osmondom poroxotchilik yo‘q. 

Namanganlik aprs xojaka bitta lox va onasini Hajga yuvoraman deb 10 ming dollar oganida ushlandi. 

MS: Loxlo xirrik. Apirisla och qomidi. Mo‘llo buvo og‘zinnon totrob loxloni upakopka atip durso bo‘lg‘oni. 

Prezidentning qamag‘dagi to‘ng‘ich qizi 52 yashar Gulnora Karimova manzil koloniyaga o‘tkazildi. 

MS: Og‘o, yodingizdomi, O‘zbekistondaki yoshullini xotininnon tortib, Alisher akayado‘ng Gunnoraapka bilan o‘ynavadila. «Dengi yest? Yest! yest!!!» dap…

Bekobod IIBsida bir kishini urib o‘ldirgan ichki ishlar xodimi Firdavs Muradullaev 9 yilga qamaldi. Ment qamag‘da. Mazlum go‘rda.

MS Qorildop uchib gursildap singoy. Insop yo‘q. Novvi davadi Navoiy otes…

Teatr haqida

Frankfurtdagi bankda bir nemis do‘stim katta lavozimda ishlaydi. Kasbi teatrshunos bo‘lgan va moliya sohasini umuman bilmaydigan bu «art kritik» bonkada maqladi?

Buni o‘zidan so‘radim. Lavozimi «analiz qilib konsultatsiya bergich» ekan.
Nimani analiz qilasan? Karra jadvaliniyam bilmaysanku desam, javob mana bunday bo‘ldi.

«Xitoyda kino san'ati rivojlangani uchun mandarin tilini o‘rganuvdim, buning yonida rus va ispan tilini yoshlikdan bilaman. Ingliz ikkinchi ona tilim. Shu tillardagi kontentlarni o‘qib o‘tiraman. Kim nimani muhokama qilyapti. Kichik davlatlardagi siyosiy o‘yinlarni xuddi teatr tomoshasi kabi kuzataman. Oxiri shunga amin bo‘ldimki bu intrigalar xuddi spektakl kabi bir xil tizimga ega. Prolog. Tugun. Kulminatsiya va yechim. Chexov aytgan kabi birinchi pardada miltiq ko‘rinsa, u oxirgi pardada otilarkan.

Agar qaysidir bir mamlakat sahnasining birinchi pardasida miltiq ko‘rib qolsam keyingi pardada bu miltiq otilishi haqida 99 foizlik prognoz bera olaman. Xuddi art kritik, teatrshunos yoki shou analitik kabi. Bu prognozim moliya dunyosi uchun qiziq. Shu ishimga oylik olaman.»

Bu «konsultatsiya bergich» bilan suhbatdan keyin men ham art kritik ko‘zoynagini kiyib O‘zbekiston degan sahnada nima kechayotganiga nazar tashladim.

(Ag‘i lonrid Zerikkanlar o‘qimasa ham mayli)

Ishvalak chalish uchun sakkiz o‘q

Yangi O‘zbekiston sahnasida miltiq o‘tkan yil oxirida paydo bo‘ldi. Ammo tepkisi zaklinit qilib otilmay qoldi. Churvaqa makarov pistoletdagi sakkizta o‘qni parovozdagi bug‘ning g‘ildirakni aylantirish uchun emas, gudok ya'ni ishvalak chalish uchun ishlatildi deb hisoblaymiz.
Miltiq hali otilmadi. Miltiq ko‘taruvchining Ramzan ekani o‘rtaga chiqdi. U kamida ikki marta tahdid bilan ham chiqdi.

Tugun

Dramaturgiyada «tugun» degan narsa bor. Aynan tugun spektaklni harakatga solgan maqsad nimadan iboratligini aniqlab beradi.

Nega Komil nishonga olindi?

Bu savolga o‘nlab javoblar bor¸ lekin bu javoblar hech kimni qoniqtirgani yo‘q.

«Uchrashuv» komediyasida aytilgani kabi «Tilga kirib qolsalar, o‘zlari aytib beradilar»

Ammo Komiljon hali mansabda turgan va tilini tishlab olmagan paytda ba'zi ishoralarni bergandi menga.
Bu ishora «o‘ris taxdidi» haqida edi. Yana ham to‘g‘risi O‘zbekiston matbuoti va blogosferasi kun tartibidan rossiyaga qarshi mavzuni butkul qirtishlab yo‘q qilish taxdidi.
Rossiya FSBsidagi unchayam chuqur bilimi bo‘lmaganlar o‘zbek segmentidagi aksil o‘ris kontentlarni «Komil Allamjonov yaratmoqda» deb «ishanivarishgan».

Qora botir va Oq botir

Yana dramaturgiyaga qaytamiz. Spektaklda bir biriga qarshi ikki obraz bo‘ladi. Spektaklni kim yozganiga qarab kimdir salbiy yana kimdir ijobiy bo‘ladi. Qora botir va Oq botir desak.

O‘rislar yozgan dramada Komil salbiy obraz qilib tanlandi. Salbiy qaxramon esa spektaklda jazolanishi yoki o‘ldirilishi kerak.

Dramaturgiya talabi bu. Bo‘masa tomoshabin uxlab qoladi.
Ayni paytda tomoshabin «nega salbiy qaxramon qatl qilinishi kerak» degan savoliga javob topishi lozim.

Mana javob

Spektakl sinopsisini Rossiya FSBsi yozgan deb ishonsak manovunaqa monolog yangraydi.
«Allamjonov qo‘lida omma fikrini shakllantiradigan samarali tizim va O‘zbekiston siyosiy boshqaruvini kontrol qilishning cheklanmagan mexanizmi bo‘lgan»

Kreml o‘ziga vassal deb biladigan O‘zbekistonda «omma fikri qandaydir «xitrojopiy prozapadniy delets Allamjonov» tarafidan emas, balki kremlning o‘zi tarafidan shakllantirilishi kerak.
O‘zbek jamiyati fikrini xamir deb olsak, bu xamirni mushtlab zuvala qilib non yopish kreml vazifasi.
Buni boshqalar bilan bo‘lishish kabi «lyuks» bosqinchi maqomida urishayotgan Rossiyada yo‘q.
Problema faqat blogosferadagi «antio‘ris» kontent yaratishda emas edi.
O‘zbek boshqaruv rejimining Kreml iznidan chiqib «Aliev va Erdo‘g‘onlar bilan» ashir nashir bo‘lgani va «gapga kirmay quloqsizlik qilgani» haqida ham gap chiqdi.
O‘zbekistonning YeAESga kirmayotgani va atom AES qurilishiini xalta qilayotgani ham «kremlni tirishtirdi»
Kreml bu «asabiylik xamirturushi» Komil deb «ishanvordi.»

MS 

Deyirmonnan galyotirman unim bo 

O‘ngishqidin bir qorong‘i  gunim bo 

Oxshom chiqib galdim yorni qo‘yninnon  

Oxir og‘o qo‘ltiqimdo yungim bo… 

«Problemani yo‘qotishning yo‘li problema chiqaruvchi odamni yo‘qotish»  Bu KGBdan chiqqan Putin doktrinasi.

Prolog esingizdami? 

Spektaklda «Prolog» degan qismi bo‘ladi. Bu boshlanish degani.

Bu boshlanishda bo‘lajak spektakl yo‘nalishiga hissiy ishora beriladi.

Masalan, Pushkin ertagida  hali oltin baliq chiqmagan «Dengiz qattiq to‘lg‘angani» shunday ishora bo‘la oladi.

O‘tkan yil yozda «Komil ishdan ketdi» degan gaplar tarmoqning o‘zbek segmenti degan dengizni qattiq to‘lqinlantirdi.

Yaxshi dramaturgiya «inkorni inkor» qonuni bilan tomoshabinni avraydi. 

Xuddi ashnaqa bo‘ldi. Aaashincha gapdan keyin Komiljon ko‘rinish berib «blogerlarni urishibam berdi».

Lekin tomoshabin zexniga yo‘naltirilgan hissiy signal hali «xamma tomosha oldinda» degan ma'noni berardi.

Yaxshi dramaturgiyada «spektakl ichidagi spektakl» degan priyom bor.

(Kelinlar qo‘zg‘olonida erkaklar xotin kiyim kiyib teatr qo‘yganini eslang)

Bu go‘zal priyom  o‘zini kuttirmadi.

Prezident qizi Saida Mirziyoeva o‘ta teatral tarzda Komiljonning «javobini berdi», Komiljon ham o‘ta teatral tarzda «xursand bo‘lib tabassum ato qildi» (sal zaif chiqdi lekin. Ayniqsa poshshoqiz yaxshi rol o‘ynolmadi).

Bu dramaturgiyada «favqullodalik» deb aytiladigan usul indallosi edi. 

Postda «Na cheku» turgan soldat uchun bombaning po‘rtillagan sasi shunchaki shovqin. 

Ammo bemalol buloq bo‘yida ashla hirgoy qilib o‘tirgan odamni  po‘rtillash sasi ontarib tashashi mumkin. 

Kino ko‘rayotib, «Men bunday bo‘lishini kutmovdim. Nahotki» deysizku. 

Xuddi shunday bo‘ldi. Komilning «shirin joniga qasd qilindi».

Miltiq tepkisi zaklinit qilib ivirsib ishlamay qoldi. Makarov o‘qdonidagi sakkizta o‘q tomoshabin hayolini yovvoyi kaptarlar kabi faromush qildi.  

Teatr tilida bu «kulminatsiya» deyiladi.  

Keyin tomoshabinga qarata bu «teatr ichidagi teatr» deb uqtirmoqchi bo‘lishdi. Ammo bir spektakl ichida ikkita teatr bo‘lmaydi. Janr talabi bu. 

Teatral jimlikdan keyin. Qaxramonlar tiynati o‘zgardi. Oq botir qoraga, Qora botir oqqa aylandi. Ammo negadir haqiqiy qora botir qolib boshqalar jazolandi. Qora botirni bosh roldan olib massovkaga tashashdi. 

Shu yerda parda yopilishi kerak edi. Ammo qadim Afina teatridagi kabi tepadan arava bilan tushgan urush xudosi Zevs kabi daxshat sochib Ramzan paydo bo‘ldi.

Tomoshabinni o‘takasi yorilmasligi uchun pardani yopib, o‘rtaga kardobalet guruxi tashlandi. Tragediyani komediyaga aylantirish deyiladi bu. Sahnaga chiqqan komediant shut qo‘lida yirtiq krossovka bor edi. Yupun kiyingan erkak va xotinlarning talotumli raqsi. Garmoshka chalayotgan skomoroxlar qahqaxasi zalni titratdi.

Ag‘ini bilasizlar. Tomosha davom etmoqda.  

Dramaturgiyada, «echim» va «epilog» degan ikkita unsur bor. 

Ko‘rayotganimiz tomosha hali bu nuqtaga yetib bormadi.  

Aql va tafakkur ziyosi bilan u yog‘i nima bo‘lishi haqida prognoz qila olamiz xolos.

Eng yaxshi dramaga xos xususiyat bu «kutilmagan yakun» 

Xo‘sh bu » kutilmagan yakun» qanday bo‘larkan? 

MS: Novvi bo‘lso bo‘lor. Oching alni, uring potyani…

RT: Assalom O‘zbekiston Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
17 yanvar 2017
17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch ayol ham qo‘lga olingan. Shu ...
18 may 2023
1914 yilning 18 mayi deya tarix yozilgan bu surat markazida turgan Abdullabekning evarasi, shu kunlarda Toshkentda yashayotgan Umida Haqnazar ...
25 iyun 2019
“Hamidning ko‘zlariga yosh qalqdi. Boshini chayqab: “Chiqarmikanmiz? Ishonish qiyin, aka”, dedi va og‘ir xo‘rsinib, baland ovozda: – Eh, Guantanamo, ...
22 fevral 2018
Jizzaxlik olti nafar faol 21 fevral kuni itlarga qarshi terrorni to‘xtatishni talab qilib, jamoatchilikka va hukumatga murojaat qildi. Jonivorlar ...
Bloglar
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...