Video
10 aprel 2015

Nima uchun men paxta terishim kerak?

Ular o‘qituvchilar, mediklar, madaniyat arboblari, artistlar. Menimcha O‘zbekistonda paxtakorlikdan fermerlarning ham hech bir manfaati yo‘q. 

Bu qaramlikni his qilish uchun men bugun paxta terimchisi terisida bo‘lishga urinib ko‘rdim. Savol – nima uchun men paxta terishim kerak?

Paxtaga bormaslik uchun, sabablar ancha ko‘p: avvalo mamlakat konstitutsiyasining 37 moddasiga muvofiq, majburiy mehnat taqiqlanadi. Va bu taqiq O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining yettinchi moddasi bilan mustahkamlangan.

Demak, boshqa bir odamning yoki boshliqning buyrug‘i bilan indamasdan qullikka bosh egish ham jinoyatning bir qismidir. Biroq u shunchaki oddiy odam emas, aynan bosh vazir, yoki hatto prezidentning o‘zi bo‘lsa-yu, ko‘p millionli aholi bunga majbur qilinayotgan bo‘lsachi? 

Agar o‘sha qonunlarni yozganlarning o‘zlari, prokuror, militsiya, maxsus xizmatlar va armiya sening paxta terishing uchun safarbar qilingan bo‘lsa – qo‘lingdan nima keladi?

Paxta termasligimiz uchun boshqa sabab – bu haq to‘lanmaydigan mehnat. Bundan tashqari terimchilar yo‘lkira, ish kiyimi, yashash harajatlarini yonlaridan to‘lashlari kerak. Agar kimdir paxtaga borishni istamasa buning uchun ham u ozmuncha pul to‘lamaydi, hatto agar u kasal bo‘lsa ham.

Uchinchidan, bu mehnat elementar havfsizlik choralari ko‘rilmasligidan odamlar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xatar tug‘diradi.

Biz har mavsumda odamlarning o‘lgani yoki mayib bo‘lganiga oid o‘nlab holatlarni bilamiz. Masalan, so‘nggi shunday hodisa 20 oktyabr kuni Oltinko‘l tumanida sodir bo‘ldi.

«Ozodlik» radiosining bildirishicha, tunda uchta arava ortgan traktorga Neksiya kelib urilgan. Bir odam halok bo‘lgan ikkitasi og‘ir tan jarohati olgan. Avtomobil egasi qorong‘i bo‘lgani uchun traktorni ko‘rmagan, chunki shunchaki traktorning chiroqlari ishlamagan. 

Bu boshlanib ulgurmagan mavsumdagi to‘rtinchi shunday holatdir. 17 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida ZIL avtomobili bilan avtohalokat yuz bergan, u paxtaga kollej talabalarini eltayotgan bo‘lgan. 39 o‘quvchining 29 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Shunchaki ularni paxtaga yuk mashinalarida olib borishadi.

Uchinchi avariya holati 14 sentyabr kuni Sirdaryo tumanining Mirzaobod tumanidagi terimchilar mingan avtokolonna bilan sodir bo‘lgan. Bir qancha terimchilar, jumladan haydovchi turli tan jarohatlari olishgan.

O‘sha kuni boshqa bir avtokolonna militsiyadan qochayotgan odamni urib yuborgan. U oddiy mardikor bo‘lgan, bu vaqtda uning nima uchun militsiyadan qochgani bizga noma'lum. 

Va bu faqatgina paxta terimi mavsumida yo‘llarda sodir bo‘lgan voqealar.

Hali zaharli dorilar bilan defoliatsiya qilinayotgan, odamlar antisanitariya sharoitlarida suv ichayotgan, ovqatlanayotgan dalalarda nima ahvol, ular og‘ir mehnatdan keyin uhlaydigan joylaridachi?

13-sentyabr tuni ikki qavatli krovatlarda hamshiralar uxlayotgan Jizzax viloyatining Zarbdor tumani barakida, krovatlarning eskiligidan ustki qavatdagilari pastkilari ustiga ag‘darilib ketgan.

12 odam shu qadar jiddiy shikastlanganki, ularni zudlik bilan Jizzax shahar shifoxonasiga olib borishgan. Ayollardan biri, Soxiba Ismoilova, ayniqsa jiddiy jarohatlangan – uning umurtqasi singan, o‘sha kuniyoq unga jarrohlik amaliyoti qo‘llangan.

O‘zbekiston hukumati bunday fojealarga e'tibor bermaydi. Darvoqe, bosh vazir Mirziyoev 4-sentyabr kuni selektor kengashida go‘yoki qurbonlar bo‘lishidan fol ochgan edi.

U viloyatlarga barcha vazirlarni jo‘natarkan, izidan hazil aralash kim ruhsatsiz qaytadigan bo‘lsa hayotdan mahrum bo‘lishini aytib tahdid qildi.

“Menga paxtada qahramonlarcha halok bo‘lganlar sharafi kerak emas” dedi u. Umuman, kengash ishtirokchilari bundan hafa bo‘lishmadi, tahdidni hazilga yo‘yib, inoqlik bilan kulishdi. 

Aftidan ular, paxtada vazir emas, balki ularga qaram terimchilar yoki o‘sha 14 oktyabr kuni militsiyadan qochayotib avtokolonna tagida halok bo‘lgan mardikor sharafsiz halok bo‘lishini bilishgan.

Yaxshi tilaklar bilan!

Tag‘in o‘qing
18 sentyabr 2018
O‘zbek interneti qahramoni, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi va Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jaev rus ayoliga qo‘pollik qilib, undan ...
25 mart 2022
Mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik tuyg‘usi ozgina bo‘lsa ham ichida borlar bilan suhbat qurayotganimga ishonaman. Ular balki ming, balki ...
22 noyabr 2018
Shu yilning 23 noyabrida Urganch tumani ma'muriy ishlar sudi jurnalistlar uyi musodara qilingani yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib chiqadi. Mahkama ...
21 fevral 2019
Oliy sud raisining o‘rinbosari – ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 21 fevral kuni o‘z ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...