Asosiy mavzular
10 iyun 2023

10 iyun – O‘shda o‘zbeklarga qarshi etnik qirg‘in bo‘lgan edi

2010 yilning 9 iyunidan 10 iyuniga o‘tar kechasi Qirg‘iziston janubida ommaviy qotilliklar boshlandi va uning qurbonlari asosan mahalliy o‘zbeklar bo‘ldi.

Rasmiy ma'lumotlarda O‘sh shahrida boshlangan va keyinchalik Qirg‘iziston janubidagi boshqa hududlarga yoyilgan etnik nizolar chog‘ida 470 kishi o‘lgani, 42 kishi bedarak ketgani aytiladi.

Qirg‘iziston janubida 2010 yilning iyunida sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha Xalqaro mustaqil komissiya hisobotiga ko‘ra, «voqealar ko‘plab insoniy qurbonlar va vayrongarchiliklar keltirdi, aksariyat qurbonlar mahalliy o‘zbeklar bo‘ldi».

Hisobotda, jumladan, 470 nafar atrofida odam halok bo‘lgani va bu raqamning yanada o‘sishi mumkinligi bildiriladi.

«1900 odamga shifoxonalarda turli tibbiy yordamlar ko‘rsatildi. Minglab odamlar joylarini tark etishdi. 111 000 odam O‘zbekistonga ko‘chdi va tag‘in 300 000 nafar odam mamlakat ichida boshqa hududlarga ko‘chirildi. Aksariyati mahalliy o‘zbeklarga tegishli bo‘lgan katta miqdorda mulklarga zarar yetkazildi.  Jami 2800 shaxsiy mulkka ziyon yetkazildi», deyiladi Xalqaro mustaqil komissiya xisobotida.

Tog‘lik qirg‘izlar bosqini chog‘ida O‘sh va Jalolobod viloyatlarida uyi yondirilgan o‘zbeklarning ayrimlari bugungi kunda shahar chekkasida qurilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chirilgan, biroq voqealar chog‘ida mahalliy o‘zbek qochqinlari O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga ko‘chishga majbur bo‘lishgan, bugungi kunga qadar ko‘plarining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Mamlakat janubida yashayotgan o‘zbeklarga qarshi eng qonli xunrezliklar tepasida o‘sha paytdagi davlat to‘ntarishidan manfaatdor kuchlar turgani ham mudom aytib kelinadi.

2005 yili Akaev hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng uning o‘rnini egallagan Qurmanbek Baqiev qismati ham 5 yil o‘tib ayni shunday yakun topadi. 2010 yil aprel inqilobi uning rejimini ag‘daradi. Baqiev mamlakatni tashlab qochishga va Belarusdan boshpana olishga majbur bo‘ladi.

Qirg‘izistonning undan keyingi prezidenti Almazbek Atambaev Rossiya siyosatiga sha'ma qilib, 2010 yilgi O‘sh qirg‘inini xorijiy maxsus xizmatlar generallari uyushtirgani haqida bayonot bergan edi.

Voqealar qanday boshlandi?
rasm1121

7 aprel – Baqiev hokimiyatdan ag‘darildi.

8 aprel – Baqiev Jalolobod viloyatidagi ona qishlog‘iga ketdi. Ayni shu kuni Bishkekda millatlararo nafratga asoslangan birinchi shiorlar paydo bo‘ldi.

9 apreldan to shu kungacha yahudiy, koreys va boshqa millat vakillaridan iborat ishbilarmonlarning mol-mulklarini qayta taqsimlash siyosati nishoni bo‘lib qolmoqda. Bunga Rossiya ishbilarmonlariga tegishli ekani iddao qilinayotgan «Alfa telekom» shirkati atrofidagi janjallarni misol qilish mumkin.

15 aprel – Jalolobodda baqievchilar faollashdi.

20 aprel – Maevka qishlog‘ida tartibsizliklar ro‘y berdi. Etnik turklarga tegishli 7 uy yoqib yuborildi, besh odam o‘ldirildi. Maevka voqeasida ayblanib sudlangan 5 kishidan 4 nafari shartli jazoga hukm qilindi.

13-14 may – Jalolobodda hokimiyatni egallash maqsadida baqievchilar tartibsizliklar uyushtirdilar. Bu tartibsizliklar rahbari sifatida prezident maslahatchisi Usen Sidiqov qamoqqa olindi.

15 may – muvaqqat hukumat tarafdorlari, jumladan, jalolobodlik o‘zbeklar baqievchilarga qarshi kurashga chiqdilar. Jalolobod hokimligi yana muvaqqat hukumat nazoratiga olindi. Baqievning Jalolobod yaqinidagi Teyit qishlog‘idagi uyiga o‘t qo‘yildi. Qurmanbek Baqiev Qirg‘izistonni tark etdi.

May oyining keyingi kunlarida Jalolobodda qirg‘iz millatchilari tomonidan millatlararo nafratga asoslangan mitinglar o‘ta boshladi. Bu mitinglar ortidan 2010 yilning 10 iyun kuni O‘sh qirg‘ini boshlandi.

Voqealar yuzasidan bugunga qadar uch mingdan ziyod jinoyat ishi ochilgan, 545 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 400 nafari o‘zbek, 133 nafari qirg‘iz va sakkiz nafari boshqa millat vakillaridir.

Xalqaro kuzatuvchilar tomonidan qirg‘iz mahkamalari faqat o‘zbeklarni ayblash yo‘lida adolatsiz tergov olib borgani, hukmlar chiqarganini aytib kelishadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 iyun 2016
Rasmiylar «ulkan yutuqlar, mislsiz muvaffaqiyatlar, buning natijasida tobora farovonlashib borayotgan hayotimiz» haqida ertak to‘qiyotgan bir paytda oddiy o‘zbek ayolining ...
12 noyabr 2015
Bugun 12 noyabr kuni ertalab 21 yil qamoqda bo‘lgan, 4 marta raskrutka qilingan taniqli muxolifatdagi siyosatchi Murod Jo‘raev ozod ...
19 yanvar 2017
Eltuz nashri jurnalist Shamsiddin To‘laganovning Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov iste'fosi haqidagi maqolani chop etishi ortidan Respublika telekanali ...
17 fevral 2020
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga fevral oyi boshida bo‘lishi rejalashtirilgan, ancha ovoza qilingan davlat tashrifi joriy yil iyun oyining ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...