Asosiy mavzular
25 avgust 2016

Olimpiadadagi g‘alabalarning asl egasi aytildi

O‘zbekistondagi barcha nashrlarda sportchilarimizning Riodagi Olimpiadadan Vatanga qaytib kelishiga bag‘ishlangan maqolalar e'lon qilindi.

Albatta, O‘zbekiston sportchilarining Olimpiadadagi g‘alabalari xalqimizni quvontirmasdan qolmadi. Lekini shuki, ommaviy axborot vositalari g‘oliblardan-da oshirib-toshirib boshqalar sha'niga madhiya aytishga tushib ketdi. Ya'ni bu g‘alabalarning bosh sababchisi, demakki egasi boshqa odam bo‘lib chiqdi.

Xususan, «Milliy tiklanish» gazetasi (24.08.2016) Olimpiadadagi g‘alabadan keyingi ko‘z yoshlari bilan barchaning mehriga sazovor bo‘lgan bokschi Fazliddin G‘oibnazarov tilidan u avvaldanoq oltin medal olishni maqsad qilgani, «chunki «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!» shiori qalbidan mustahkam joy olgani»ni ma'lum qildi.

Buning ustiga, bokschimiz «ming-minglab yigit-qizlarning boshini silab, barchaga otalarcha g‘amxo‘rlik qilgan prezidentimizga minnatdorlik bildirdi».

Og‘ir atletika bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘lgan Ruslan Nuriddinov esa «bugun jahon arenalarida erishayotgan har bir g‘alabamiz prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e'tibor samaralari» ekanini bildirdi.

Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga birinchi bronza medalini olib bergan dzyudochi Diyorbek O‘rozboev ham bu yutuqlari bilan «xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlaganidan xursandligi»ni yashirmadi.

Achinarlisi shundaki, sportchilarimizning tinimsiz mashg‘ulotlar, ota-onalar va murabbiylar yordamida erishgan bu g‘alabalari xalq manfaatidan yiroq bo‘lgan mafkura mag‘zavasiga qorishtirib tashlandi.

Nima bo‘lganda ham sportchilarimiz g‘alabasi qanchalik mafkuraga o‘ralmasin, aslida yutuqlar shu xalqniki, shu Vatannikidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 mart 2017
Prezident Mirziyoev 2016 yilning 5 oktyabrida chiqargan farmoni joriy yilning 1 yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan rejadan tashqari har qanday ...
19 noyabr 2019
«Toshkent savdo markazi»ga  (sobiq «Abu Saxiy» MChJ) qarashli bozordagi do‘konlari buzilishidan norozi bo‘lgan 700 dan ortiq fuqaro 16 noyabr ...
8 mart 2017
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinning O‘zbekistonga sirli tashrifi na mahalliy matbuotda, na biz kuzatishga muvaffaq bo‘lgan rus ...
28 fevral 2019
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...