Asosiy mavzular
27 oktyabr 2016

Raqamsiz byudjetlar muhokamasi

«Milliy tiklanish» gazetasi (26.10) shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi yig‘ilishida 2017 yilga mo‘ljallangan byudjetnoma – davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilganini bildirdi.

E'tiborlisi shundaki, bu haqdagi kattagina hajmli maqoladan byudjetga oid birorta summani topa olmaysiz. Unda faqat quruq foizlar keltirilgan.

«Keyingi yil uchun … YaIMning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,9, qishloq xo‘jaligi 6,2, kapital qo‘yilmalar hajmi 9,6 foizga o‘sishi asos qilib olingan», deyiladi maqolada.

Shuningdek, davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga qariyb 60 foiz mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani uning ijtimoiy yo‘naltirilganidan dalolat ekani ta'kidlanadi.

Eng muhimi, bu foizlarning hech biridan byudjet loyihasida aynan qaysi sohaga qancha miqdordagi mablag‘ ajratilishi nazarda tutilganini bilish imkonsiz.

Aslida davlat byudjetining summalari ko‘p yillardan beri xalqdan sir tutib kelinadi. Milliy xavfsizlik, mudofaa, ichki ishlar sohalariga ajratiladigan mablag‘ miqdori esa yetti parda ortida maxfiy saqlanayotganini aytmasa ham bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, bechora deputatlar o‘zlari bilmagan narsalarni muhokama qilish bilan ovora. Nima qilsin, axir ular ham o‘zlarini ishlayotgandek ko‘rsatishi kerak-da!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 oktyabr 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
15 dekabr 2024
2023 yil oktyabridan 2024 yil aprel oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida sababsiz va maqsadsiz, faqatgina uchastkavoylarga ...
26 mart 2018
Namanganning Pop tumanida 25 mart kuni mobil telefonni hojatxona chuquridan olmoqchi bo‘lgan ikki kishi o‘ldi. Voqea kechqurun soat 22.00 ...
7 mart 2020
O‘tgan yil oxirrog‘ida Moskvaga yo‘lim tushdi. Chumchuqtepada, universitetga yaqin Mosfilm ko‘chasida turdim. Eyr bin bin qilib. Yo‘llarda aku bilan ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...